Bazasi boshqarish


Ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari 
Ma’lumotlar bazasini (MB) ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy 
maqsadi uning mantiqiy tuzilishini aniqlashdan iboratdir. MBni ishlab 
chiqish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu 
tavsiflash MBga kiruvchi hamma ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi 
hujjatlar majmuini va predmet sohasini ifodalovchi obyekt va 
jarayonlar haqidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
MBni yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash 
natijasida relyasion bazaning tuzilishi, ya’ni relyasion jadvallar 
tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. 
Relyasion jadvalning tuzilishi esa uning ustunlari tarkibi, ularning 
ketma-ketligi, ustun ma’lumotlarining turi va o‘lchami, shuningdek 
jadval kaliti bilan aniqlanadi. 
Ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari. Ma’lumotlar 
bazasini loyihalash jarayoni, odatda quyidagi asosiy bosqichlardan 
tashkil topadi: 
1. Predmet sohasini tahlil qilish va ma’lumotlar bazasining axborot 
iste’moli talablarini aniqlash. 
2. Ma’lumotlar 
bazasida 
modellashtirilishi 
lozim 
bo‘lgan 
obyektlarni tahlil qilish. Ushbu obyektlardan mohiyatlar va ularning 
xususiyatlarini hosil qilish hamda ularning ro‘yxatini tuzish. Masalan, 
«nomi», «rangi», «og‘irligi» va boshqa xususiyatlar «detal» 
mohiyatining xususiyatlari sifatida keltirilishi mumkin. 
3. Tanlab olingan MBBT (Paradox, dBase, FoxPro, Clipper, 
Access, InterBase, SyBase, Informix, Oracle va hokazo) talqinida 
mohiyatlar va xususiyatlar uchun mos keluvchi axborot obyektlarini 
(masalan, jadvallar va ustunlarni) belgilash. 
4. Har bir obyektni qaytarilmas tarzda belgilaydigan atributlarni 
aniqlash. 


25 
5. Ma’lumotlar butunligini belgilaydigan va uni saqlab turishga 
qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish. 
6. Obyektlar (masalan, jadvallar va ustunlar) orasidagi aloqalarni 
o‘rnatish. 
7. Ma’lumotlarning 
ishonchliligi 
hamda 
zarur 
hollarda 
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash masalalarini rejalashtirish. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling