Bazasi boshqarish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
Mantiqiy loyihalash. MB yaratishning eng zaruriy va
mas’ulyatli bosqichlaridan biri - bu mantiqiy loyihalashtirishdir. Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun mo‘ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan iborat. Mantiqiy loyihalashtirish bosqichi konseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u komp’yuterning dasturiy vositasini to‘liq hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ish mazmuni bo‘yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va uni tashkil etuvchi qismlarni real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan iborat. Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Aniq bir MBBTni tanlash; 2. Konseptual sxemani mantiqiy sxemaga o‘tkazish; 3. Zarur kalitlarni tanlash; 4. So‘rov tilini tavsiflash; Aniq bir MBBTni tanlash prosedurasini batafsil qaraymiz. MB loyihasini amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda katta mas’uliyat talab qiladi. Bu bir tomondan MBBTlarning juda ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p sonli xarakteristikalar bo‘yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar talablarini to‘liq qanoatlantirishi mumkin bo‘lsin. Chunki MBda axborotdan foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to‘Qri tanlashdan boQliq bo‘ladi. MBBTni tanlashning asosiy me’yorlaridan biri-bu ma’lumotlarni ishlatadigan ichki modelining konseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador ekanligini baholashdan iborat. Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan MBBTlarning ko‘pchiligi, odatda ma’lumotlarning relyasion yoki tarmoq modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi relyasion model asosida yaratilgan. Agar relyasion tizim tanlangan bo‘lsa, u holda MBning konseptual sxemasini relyasionga akslantirish (o‘tkazish) oldinda turibdi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling