Bazasi boshqarish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lum ustunlarga imtiyozlarni cheklanish
GRANT Komandasi. GRANT komandasining 4 formati mavjud
bo‘lib, ulardan biri konkret obyekt ustidan, konkret foydalanuvchilarga konkret imtyozlar berish bo‘lib, quyidagi ko‘rinishga ega: GRANT privilege ON [creator.]tablename TO userid, ... [WITH GRANT OPTION] Bu erda privilege – tayinlanayotgan imtiyozlar ro‘yxati, tablename - jadval nomi, userid – imtyozlar olgan foydalanuvchilar ro‘yxati. 30 Masalan: GRANT SELECT, INSERT ON Orders TO Adrian, Diane; Ma’lum foydalanuvchilarga imtiyozlarni SQL Central da ikki usul Bilan tayinlash mumkin. Birinchidan Users & Groups papkasini tanlash va ma’lum foydalanuvchi xossalarini ro‘yxatdan chaqirish (sichqoncha o‘ng klavishasini bosish va menyu Properties punktini tanlash). So‘ngra Permissions qo‘shimcha saxifasida kerakli jadvalni tanlab imtiyozni o‘rnatish. Ikkinchidan Tables yoki Views papkasida ma’lum jadval yoki tasavvur xossalar oynasini chaqirish, so‘ngra Permissions qo‘shimcha saxifasiga o‘tish va GRANT tugmasi yordamida kerakli foydalanuvchini tanlab, imtiyozni o‘rnatish. Ma’lum ustunlarga imtiyozlarni cheklanish. Bu cheklanish UPDATE va REFERENCES imtiyozlarida ishlatilishi mumkin. Bu xolda imtiyoz ko‘rsatilgandan so‘ng qavs ichida shu imtiyoz qo‘llaniluvchi ustunlar ko‘rsatiladi (agar ustunlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, imtiyoz butun jadvalga ta’sir o‘tkazadi). Masalan: GRANT UPDATE (City, Comm) ON Salespeople TO Diane; bu Diane ga Salepeople jadvalining City va Comm ustunlari qiymatlarini o‘zgartirish xuquqini beradi yoki GRANT REFERENCES (CName, CNum) ON Customers TO Stephen; bu komanda Stephen ga CNum va CName ustunlarini o‘zining jadvallaridagi ixtiyoriy tashqi kalitlarga nisbatan ajdod kalit sifatida ishlatish xuquqini beradi. Stephen (CName, CNum) yoki (CNum, CName) usutunlarni, jadvalarining ikki ustuni Bilan tashqi kalit yordamida mos kelgan ikki –ustunli ajdod kalit sifatida aniqlashi mumkin. YOki u maydonga individual murojaat qilish uchun ajratilgan tashqi kalitlar yaratishi mumkin. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling