Bazasi boshqarish


Ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish ingl: unauthorized access 
to information рус: несанкционированный доступ к информации 1. 
Axborotni olish qoidalarini buzgan holda olish. 2. Foydalanuvchining 
olish ruxsat etilmagan ma’lumotlarni o‘qish, yangilash yoki buzish 
maqsadida 
atayin 
murojaat 
qilishi.
3. Subyektlarning axborotni olish va ishlatish qoidalarini buzgan 
holda axborotlashtirish obyekti (ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i)ning 
asosiy vositalari yordamida axborotni olishi yoki ulardan foydalanishi.
Ma’lumotlarni buzish ingl: data distortion рус: искажение 
данных Ma’lumotlar yaxlitligining tasodifiy yoki qasddan qilingan 
buzilishi.
Ma’lumotlarni dolzarblash ingl: data actualization рус: 
актуализация данных Ma’lumotlarni dolzarb holatda saqlash, ya’ni 
ularni ma’lum sohadagi aks ettirilayotgan obyektlar holati bilan 
muvofiqlashtirish. Dolzarblash yozuvlarni qo‘shish, o‘chirish hamda 
tahrirlash amallarini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlarni 
zichlashning 
samarasizligi 
ingl: 
packing 
inefficiency рус: неэффективность уплотнения данных O‘tkazish 
qobiliyatining, ma’lumotlar guruhli oqimini marshrutlash va aloqa 
bog‘lamalaridagi turli abonentlar ma’lumotlarini ajratish uchun zarur 
bo‘lgan xizmatga oid axborot bilan to‘ldirishga bog‘liq holda 
yo‘qolishi.
Ma’lumotlarni 
keng 
polosali 
uzatish 
ingl: 
broadband 
transmission рус: широкополосная передача данных. Bitta muhit 
(sim) bir polosa bir necha kanallarga xizmat ko‘rsata oladigan 
ma’lumotlarni uzatish turi. Keng polosali uzatish, misol uchun, kabel 
teleko‘rsatuvlari xizmati tomonidan foydalaniladi.
Ma’lumotlarni muhofazalash samaradorligining me’yorlari 
ingl: efficiency norms of information protection рус: нормы 
эффективности защиты информации Me’yoriy hujjatlar tomonidan 
belgilangan axborotni muhofazalash samaradorligi ko‘rsatkichlarining 
qiymati.
Relyatsion MBBT ingl: relational database management system 
(RDBMS) рус: реляционная СУБД Ma’lumotlar jadvallar shaklida 
berilgan MBBT turi. Jadval yozuvlar bog‘lanishlarini aks ettiradi. 
MBBTlar soddaligi, muxtasarligi va aniqligi bilan ajralib turadi. 
Ularning har biri bir vaqtning o‘zida bir necha jadvallarda joylashgan 


17 
ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shu sababli relyasion ma’lumotlar bazalari 
ma’lumotlardan tezkor foydalanishni ta’minlaydi.
So‘rov ingl: query рус: запрос Ma’lumotlarni uzatishda bosh 
kompyuter tomonidan bo‘ysunuvchi kompyuterdan uning holatini (ish 
rejimini) aniqlash va oydinlashtirish maqsadida so‘rov qilish jarayoni. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling