Bazasi boshqarish


Mavjud jadvallarga xizmat ko‘rsatish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Mavjud jadvallarga xizmat ko‘rsatish 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish deganda, mavjud yozuvlarni 
o‘zgartirish, jadvallardan keraksiz yozuvlarni olib tashlash, MB 
jadvallariga yangi yozuvlarni qo‘shish, jadvallarga yangi ustunlar 
qo‘shish (keraksiz ustunlarni olib tashlsh), jadval nomlarini 
o‘zgartirish kabi amallar kiradi. 
SQL 
muhitida 
tashkillashtirilgan 
Ma’lumotlar 
bazasi 
jadvallaridagi 
ma’lumotlarni 
o‘zgartirish 
uchun 
UPDATE 
(o‘zgartirish) buyrug‘idan foydlaniladi. Bu buyruqda jadval nomini 
ko‘rsatishdan tashqari, SET (aniq ustun qiymatilarini bildiradi) kalit 
so‘zii ham ishlatiladi. Masalan, hamma buyutmachilarning reytingini 
200 ga o‘zgartirish uchun quyidagi buyruqni berish mumkin: 
UPDATE Customers SET rating = 200; 


116 
Bu buyruqda jadvaldagi hamma qator qiymatalrini emas, ayrim 
qatorlarni tanlab o‘zgartitish ham mumkin. Bunung uchun 
predikatlardan foydalanamiz. Masalan, sotuvchi Peel xizmat 
ko‘rsatadigan barcha buyutmachilarning reytingini 200ga o‘zgartirish 
uchun, quyidagi buyruqni beramiz: 
UPDATE Customers SET rating = 200 WHERE snum = 1001; 
Siz UPDATE buyrug‘ida ifodalardan foydalanishingiz ham 
mumkin.Masalan, barcha sotuvchilarning ustamalarini ikki baropbar 
oshirmoqchisiz. Bunung uchun quyidagicha buyruq berishungiz 
mumkin: 
UPDATE Salespeople SET comm = comm * 2; 
Bu buyruq yordamida jadvalga NULL qiymatlarni ham kiritish 
mumkin. Masalan, London shahrida yashovchi buyurtmachilarning 
reytinglari o‘rniga NULL qyimat kiritish lozim bo‘lsin. Unda quyidagi 
buyruqni beramiz: 
UPDATE customers SET rating = NULL WHERE city = 
‘London’ ; 
SQL 
muhitida 
tashkillashtirilgam 
MB 
jadvallaridan 
ma’lumotlarni olib tashlash uchun DELETE (olib tashlah) 
buyrug‘idan 
foydlaniladi. 
Masalan, 
Sotuvchilar 
jadvalidagi 
ma’lumotlarning hammasini olib tashlash uchun quyidagi buyruqdan 
foydalanishimiz mumkin: 
DELETE FROM Salespeople; 
Ana endi bo‘sh jadvalni butunlay olib tashlash mumkin: 
DROP TABLE Salespeople; 
MB jadvalliridan ko‘rsatilgan qatorlarni ham olib tashlash 
mumkin. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling