Bazasi boshqarish


Jadvallar ma’lumotlarini tahrirlash va o‘zgartirish vositalari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Jadvallar ma’lumotlarini tahrirlash va o‘zgartirish vositalari 
SQL tilida jadvalga ma’lumotlar kiritish uchun, ular o‘zgartirish 
va olib tashlash uchun ma’lumotlar bilan manipulyasiya qilish
(DML) tilining uchta komandasi mo‘ljallangan. Bular INSERT 
(qo‘shish), UPDATE (tiklash yangilash), DELETE(olib tashlash
yo‘qotish) komandalaridir.
INSERT komandasi (buyruqi) jadvalga yangi satr qo‘shishni 
amalga oshiradi. Sodda holda uning ko‘rininshi quyidagicha: 
Insert into values (,,); 


117 
Bunday yozuvda VALUES kalit so‘zidan keyin qavs ichida 
ko‘rsatilgan 
qiymatlar 
jadvaldagi 
yangi 
qo‘shilgan 
satrning 
maydonlariga kiritiladi. Kiritish jadvalini CREATE TABLE operatori 
bilan yaratilish paytidagi ustunlarni ko‘rsatish tartibida amalga 
oshiriladi. Masalan, STUDENT jadvalida yangi satrni qo‘shish 
quyidagicha amalga oshirish mumkin. 
Insert into Student 
Values (101, ‘Ivanov’, ‘Aleksandr’, 200,3, ‘Moskva’,
‘6/10/1979’ , 15); 
Agar birorta maydonga NULL qiymati qo‘shish zarur bo‘lsa u 
oddiy qiymat kabi kiritiladi.
Insert into Student 
Values (101, ‘Ivanov’, Null, 200,3, ‘Moskva’, ‘6/10/1979’ , 
15); 
Ba’zi hollarda maydonlarning qiymatini CREATE TABLE 
komandasida berilgan tartibdan boshqa tartibda kiritish zaruriyati 
paydo bo‘lsa yoki qiymatlarni ba’zi bir ustunlarga kiritish talab 
etilmasa, INSERT komandasining quyidagi ko‘rinishi ishlatiladi.
Insert into Student (Student_ID, CITY, SURNAME, NAME) 
Values (101, ‘Moskva’, ‘Ivanov’, ‘Casha’ ); 
Qavs ichidagi ro‘yxatda nomi keltirilmagan ustunlarga 
avtomatik ravishda sukut bilan jadval tavsiflashda (CREATE 
TABLE komandasida) tayinlangan qiymat yoki NULL qiymat 
tayinlanadi.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling