Bazaviy Qimmatli Qog'ozlar Tayyorladi: HBA-91 guruh IV kurs talabasi Ermo'minov Ramozon Qabul qildi: o'q. Valiyeva M. Reja: Bazaviy qimmatli qog'ozlar haqida tushuncha - Bazaviy qimmatli qog'ozlar deganda qarz va ulush munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog'ozlar tushuniladi. Bazaviy qimmatli qog'ozlarning asosini Obligatsiya (qarz) va Aksiya (ulush) tashkil etadi.
- Bazaviy qimmatli qog'ozlarni (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari, veksel, nota va h.k.) muomalaga chiqarish chog'ida asosiy me’yoriy hujjat bo'lib ularni chiqarish standard hisoblanadi. Standart qimmatli qog'ozlarni hayot siklini (emissiyaoldi, chiqarish, joylashtirish, muomalasi, konvertatsiyasi va so'ndirish tartibini) me’yorlaydi.Uning asosida qimmatli qog'ozlami chiqarish va joylashtirish chog'ida to'htatish, haqiqiy emas deb topish va umumiy davlat reestriga o'zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi._x0000__x0000_
OBLIGATSIYA - Obligatsiya – uni chiqargan shaxs va egasi oʻrtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir.
- Obligatsiya uning egasiga obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy belgilangan foiz boʻyicha daromadni olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya boʻyicha daromad foiz yoki diskontda ifodalanadi.
obligatsiya – oʻz ichiga ikkita quyidagi asosiy elementni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qogʻozdir: - obligatsiya – oʻz ichiga ikkita quyidagi asosiy elementni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qogʻozdir:
- - emitent obligatsiya titulida koʻrsatilgan summani muddati kelganda uning egasiga qaytarishi;
- - emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal qiymatidan kelib chiqqan holda qatʼiy belgilangan foiz toʻlovlarini amalga oshirishi.
Aksiya va obligatsiya oʻrtasidagi prinsipial farq aksiya ulush munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon boʻladi.Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya–emitentning mulkdoriga, yaʼni ulushidan kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya emitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli oʻlaroq, obligatsiyaning muomalad boʻlish muddati qatʼiy belgilangan va muddati kelganda soʻndiriladi. - Aksiya va obligatsiya oʻrtasidagi prinsipial farq aksiya ulush munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon boʻladi.Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya–emitentning mulkdoriga, yaʼni ulushidan kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya emitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli oʻlaroq, obligatsiyaning muomalad boʻlish muddati qatʼiy belgilangan va muddati kelganda soʻndiriladi.
AKSIYA - Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisidagi qonunda belgilanishicha, aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz.
Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga boʻlinadi. - Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga boʻlinadi.
- Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyador yoki uning vakolatchisi ishtirok etishi mumkin.
- Aksiyadorlik jamiyati tashkil qilinayotganda uning aksiyalari taʼsischilar oʻrtasida taqsimlanadi. Taʼsischilar aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlib, ular yuridik va jismoniy shaxslar boʻlishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi. Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi. Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega emasliklari va buning uchun imtiyozli aksiya egalariga qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin. - Aksiyadorlar – imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas.
E'tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |