Ba’zi ikki xonali natural sonlarni oson, qulay va tez ko’paytirish


Download 15.57 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.57 Kb.
#1500635
Bog'liq
Ba’zi ikki xonali natural sonlarni oson, qulay va tez ko’paytirish


Ba’zi ikki xonali natural sonlarni oson, qulay va tez ko’paytirish
Son matematikaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Son tushunchasi ham jamiyat taraqqiyotining yuksalishi bilan rivojlanib borgan. Odamlar predmetlarni sanash tufayli sonlarning natural to’plamini hosil qildi: N={1;2;3;…;n;…}. Son tushunchasini kengaytirishning ijodkorlaridan biri L.Kroneker natural sonlar to’plamining ahamiyatini quyidagicha baholagan edi: «Natural sonlarni xudo bergan, qolganlarini insonning aql-zakovati yaratgan». Bu fikrdan oddiy tushunchalarni yaratgan inson murakkab tushuncha va bog’lanishlarni ham yaratadi, degan xulosa chiqadi.
Natural sonlar to’plamida qo’shish va ko’paytirish amallari har doim bajariladi, ikki natural sonning yig’indisi va ko’paytmasi yana natural son bo’ladi. Agar ko’p xonali natural sonlar ustida qo’shish va ko’paytirish amallarini bajarsak, bu mashaqqatli va anchagina mehnat talab qiladi. Bunda natural sonlarning xossalaridan foydalanib, qo’shish va ko’paytirishning oson va qulay usullarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bu borada ba’zi ikki xonali sonlarni oson, qulay va tez ko’paytirish usulini ko’rib chiqaylik.
Tasdiq. Ixtiyoriy (xy) va (xz) natural sonlar uchun, ushbu
[(xy) • (xz)] = (b kc)
tenglik o’rinli bo’ladi. Bu yerda xva x larning soni teng bo’lib, y,z>1 va y,z<9 bo`lgan da quyidagi tenglikni qanoatlantiradi y+z=10 teng bo`lganda y•z=(kc), va x•(x+1)=b bo’ladi.
Endi tasdiq isboti uchun matematik induksiya metodidan foydalanib xususiy holni qaraymiz:
x=9 va y=7, z=3 bunda 7+3=10 bunda 7*3=21, 9(9+1)=90
97*93=90 21 bo’lar ekan.
Demak, berilgan tenglik raqamlari soni teng va oxirgi raqamlari yig`indisi 10 ga teng bo`lganda bir xil ixtiyoriy ikkita natural sonlar uchun o’rinli ekan. Tasdiq isbotlandi.
Xulosa o’rnida, yuqorida qaralgan tasdiqdan foydalanib, raqamlari soni teng va oxirgi raqamlari bir xil ba’zi ikkita natural sonlar ko’paytirish jadvalini tuzamiz:

15•15=225 
25•25=625 
35•35=1225 
45•45=2025 
55•55=3025 
65•65=4225 
75•75=5625 
85•85=7225 95•95=9025

12•18=216 
22•28=616 
32•38=1216 
42•48=2016 
52•58=3016 
62•68=4216 
72•78=5616 
82•88=7216 
92•98=9016

13•17=221 
23•27=621 
33•37=1221 
43•47=2021 
53•57=3021 
63•67=4221 
73•77=5621 
83•87=7221 
93•97=9021

14•16=224 
24•26=624 
34•36=1224 
44•46=2024 
54•56=3024 
64•66=4224 
74•76=5624 
84•86=7224 
94•96=9024

Bunday ikki xonali son ko`paytirish 36 sonni tashkil etadi bizda esa 100 ta ikki xonali son mavjud bo`lib bularning 100-36=64 ta son bunday qoida orqali ko`paytirilmaydi.
Download 15.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling