Bbadl yo’nalishi 109-guruh talabasi Shavqiyev Jaloliddinning
Internet tarmoqlaridan foydalanish madaniyati
Download 42.16 Kb.
|
jalol
1. Internet tarmoqlaridan foydalanish madaniyatiBugun dunyo aholisining 90 % dan ortig’ida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Foydalanayotganlar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan minimal vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech narsa yo’qdek. Inson bu 3 soat mobaynida turli hududlarda yashaydigan yaqinlari, tanishlari, qarindoshlari bilan muloqot qilmoqda, bunda nima notabiylik bor deb o’ylash mumkin. Albatta, ushbu muloqot jarayonlarining ijobiy tomonlarini inkor etib bo’lmaydi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda faqat ezgu niyatni ko’zlagan insonlar o’tirmasligini o’nlab misollar bilan asoslash mumkin. Muammoni umumiy ma‘noda bayon qilish va uning muhim ilmiy va amaliy muammolar bilan bog‘lanishi. Insoniyatning axborot asriga kirib borishi axborot muhitining odamlar hayotidagi rolining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Axborot-kommunikatsiya muhitlari insonning kasbiy va kundalik hayotining barcha sohalarida vositachi sifatida harakat qila boshladi. Hozirgi yoshlar uchun global axborot-kommunikatsiya muhiti kundalik hayotning elementiga aylanib ulgirgan. Yoshlar internetda nafaqat faol muloqot qiladi, balki ko’plab xizmatlarni ham o’zlashtirmoqda, ular boshqa internet foydalanuvchilariga qaraganda faolroq, tarmoq aloqasining turli vositalarini tezroq o’zlashtirmoqda. Zamonamiz yoshlarining ayrimlari turmush tarzi ko'p jihatdan haqiqiy emas, balki virtual dunyo ta'siri ostida shakllanmoqda. Bugungi kunda global tarmoqlar orqali yoshlar jamiyatiga xulq-atvor namunalari, turmush tarzi, hayotdagi muvaffaqiyat standartlari va unga erishish yo'llari efirga uzatilmoqda. Global ijtimoiy tarmoqning ta‘lim vositasi sifatidagi ahamiyati keskin ortib bormoqda. Shu bilan birga, oila va ta‘lim kabi eng muhim ijtimoiy institutlarning an‘anaviy tarbiyaviy funksiyalari ularning ijtimoiylashuv jarayonlariga, yoshlar o’rtasida faol va ijtimoiy foydali shaxsni shakllantirishga ta‘sirini susaytirmoqda. Zamonaviy yoshlarning muloqot muhitini shakllantirishga Internetning ta'siri muammosi juda ko'p qirrali muammodir. Shu sababli, so'nggi yillarda ushbu muammoning turli jihatlariga bag'ishlangan ko'plab nashrlar paydo bo'ldi. 2 YouTube, Facebook, Instagram, WhatsApp va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning kundalik hayotida katta rol o‘ynaydi. Bu haqda Avstriyaning Der Standard nashri yozmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish borasidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada 97 foiz yoshlar smartfonga ega va deyarli shuncha foiz yoshlar har kuni internetdan foydalanadi. Aksariyat yoshlar (82 foizi) internetdan vaqtichog‘liq uchun foydalanadi I
3 Download 42.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling