Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab va taklif narxini shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniqlab beradi.
Talab — tovarning narxini va talab miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, xaridorlarning muayyan vaqt davomida tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish imkoniyatlarini aniqlaydi
Talab miqdori — xaridorlarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotib olishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
Talab qonuni
Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holatda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha kam bo‘ladi. Talab qonuni talab miqdorining narxga teskari bog‘langanligini ko‘rsatadi. Bu xususiyatni quyidagi ikkita omilga ko‘ra izohlash mumkin:
1. Daromad omili. Odamlar tovarni arzon narxda qimmat narxdagiga qaraganda ko‘proq sotib olishga ishtiyoqmand bo‘lishadi, chunki tovar narxining pasayishi is te ’molchilarning xarid qobiliya tini oshiradi. Masalan, bozorda go‘sht narxi tushsa, odamlar oldin xarid qilayotgan oilaning isteʼmol savatidagi narsalarni kamroq pul sarflab sotib olishadi. Natijada, qanchadir pul ortib qoladi. Bu pulga qo‘shimcha miqdorda yana go‘sht yoki boshqa tovarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
2. Almashtirish omili. Xaridorlar narxi qimmat bo‘lgan tovarni, uning o‘rnini bosadigan boshqa arzon tovarga almashtirishadi. Masalan, yoz kunlarida olma narxining pasayishi bois isteʼmolchilar mevaga bo‘lgan ehtiyojlarini olma sotib olib isteʼmol qilish bilan qondirishadi. Chunki, bu davrga kelib olma narxi apelsin yoki banan narxiga nisbatan ancha arzon bo‘lib qoladi. Shuning uchun qimmat apelsin va banan o‘rnini olma egallaydi.
Taklif va taklif qonuni
Taklif — Tovar narxi va taklif miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, sotuvchilarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini aniqlaydi
Taklif miqdori — sotuvchilarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori
Taklif qonuni
Taklifning faqatgina narxga bog‘liq xususiyati taklif qonunida o‘z ifodasini topgan: Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha kam bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha koʻp boʻladi. Taklif qonuni taklif miqdorining narxga nisbatan to‘g‘ri bog‘liqligini ko‘rsatadi, yaʼni narx oshganda taklif miqdori ham oshadi. Talab tushunchasi bilan tanishganimizdek, taklif miqdorining o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarning turli maʼlumotlardan xabardorliklariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud chеklangan iqtisodiy rеsurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish mumkin, dеgan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy rеsurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini bеradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar nisbatan chеklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kеchish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday tanlash orqali, rеsurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun, iqtisodiy rеsurslarning to’la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |