Begliyev dilshod
Download 1.57 Mb.
|
7-8-9-10-11 sinflarga mavzulashtirilgan testlar
ERITMALAR.
1. Zarrachalarning o’lchami bo’lgan eritma qanday turdagi sistemalarga kiradi? A) dag’al dispers sistema B) suspenziya *C) chin eritma D) nozik dispers sistema 2. Kolloid eritmalariga qanday xususiyatlar bor? 1) eritmaning shaffofligi; 2) zarrachalari o’lchamining 100 nm dan kattaligi; 3) zarrachalar o’lchamining 1-100 nm orasida bo’lishi; 4) zarrachalarining qo’shilib yiriklashishi. A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 * D) 3,4 3. Kolloid zarrachalarning o’lchami qanday? 1) 1 nm dan kichik; 2) 1-50 nm; 3) 100 nm dan katta; 4) 50-100 nm. A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 *D) 2,4 4. Quyidagilar: 1) loyqa suv; 2) sut; 3) tuman qaysi dispers sistemalariga taalluqli? A) suspenziya, aerozol, emulsiya B) emulsiya, suspenziya, aerozol C) aerozol, suspenziya, emulsiya *D) suspenziya, emulsiya, aerozol 5. Qattiq moddaning mayda zarrachalari suv molekulalari orasida bir meyorda taqsimlangan muallaq zarrachali suyuqliklar qanday nomlanadi? A) emulsiyalar *B) suspenziyalar C) gamagen eritmalar D) chin eritmalar 6. Berilgan temperaturada erigan moddadan yana erishi mumkin bo’lgan eritma qanday nomlanadi? 1) konsentrlangan; 2) suyultirilgan; 3) to’yingan eritma; 4) to’yinmagan; 5) o’ta to’yingan. A) 1,5 B) 2,3 *C) 2,4 D) 1,4 7. Temir (III) gidroksidning o’lchamlari 100 nm dan katta bo’lgan zarrachalari suvda tarqalishidan hosil bo’lgan eritma qaysi dispers sistemaga kiradi? 1) Chin eritmalar 2) Kolloid eritmalar 3) Dag’al dispers sistemalar 4) Suspenziyalar 5) Emulsiyalar A) 1 B) 2 C) 3 * D) 3 va 4 8. Quyidagi moddalar eritmalaridagi zarrachalar diametri qaysi holda 1 nm dan kichik? *A) shakar B) oqsil C) tuproq kukunlari suspenziyasi D) havodagi chang zarrachalari 9. Dag’al dispers sistemalardagi zarrachalar o’lchami quyidagi hollarning qaysi birida ko’rsatilganidek bo’ladi? A) 1 nm gacha B) 1-30 nm C) 30-90 nm *D) 100 nm dan katta 10. Quyidagi moddalarning qaysilari kolloid eritma hosil qiladi? 1) tovuq tuxumi 2) soda eritmasi 3) bariy sulfat 4) sut A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 *D) 1,4 11. Qanday turdagi dispers sistemalar aerozollar deb nomlanadi? 1) gaz muhitda suyuq holdagi modda tarqalgan sistema; 2) gaz muhitda gaz holdagi modda tarqalgan sistema; 3) gaz muhitda qattiq holdagi modda tarqalgan sistema; 4) suyuq muhitda suyuq holdagi modda tarqalgan sistema. A) 1 va 2 *B) 1 va 3 C) 1 va 4 D) 2 va 3 12. Shakarning suvdagi eritmasiga spirt qo’shilganda hosil bo’ladigan loyqa ma’lum davr orasida turg’un vaziyatda o’z holatini saqlaydi va so’ngra asta-sekin chukma hosil bo’ladi. Bu qanday sistema? A) chin eritma B) emulsiya C) suspenziya *D) kolloid eritma 13. Kolloid eritmalar chin eritmalardan qanday xususiyati bilan farq qiladi? A) loyqaligi bilan; *B) nur tushirilganda yorug’ konus hosil qilishi bilan; C) elektrolit eritmalardan elektr o’tkazuvchanligi bilan; D) issiqlik o’tkazuvchanligi bilan 14. Agar tashqi ta’sir bo’lmasa qanday dispers sistemalar barqaror bo’ladi, ya’ni eskirmaydi? 1) chin eritmalar 2) suspenziyalar 3) emulsiyalar 4) kolloid eritmalar A) 1 va 4 B) faqat 1 C) 2 va 3 *D) 3 va 4 15. Oltin suvda erimaydi. Lekin uning zarrachalarining o’lchami 50 nm bo’lgan suvdagi eritmani hosil qilish mumkin. Ushbu eritma qaysi turga kiradi? A) chin eritma B) suspenziya *C) kolloid eritma D) emulsiya 16. Ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat quyidagi jismlardan qaysi biri barqaror bo’ladi, ya’ni o’z-o’zidan eskiradi? *A) kumush yodining kolloid eritmasi B) osh tuzining suvdagi eritmasi C) sulfat angidiridning sulfat kislotasidagi eritmasi D) kaliy xlorid va kalsiy nitratlarning birgalikdagi suvli eritmasi 17. Dispersion muhiti gaz bo’lgan dispers sistemalarini ko’rsating. 1) tuman; 2) ko’pik; 3) tutun; 4) emulsiya; 5) dixlofos aerozoli; 6) penoplast. *A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,2,3 D) 4,5,6 18. Sistemalarning qaysi biri emulsiyaga xos? A) oqsil *B) sut C) havo D) ammoniy nitrat bila suv 19. Emulsiya loyqadan nima bilan farq qiladi? A) eritilgan modda zarrachasining o’lchami bilan B) erituvchining tabiati bilan *C) dispers fazaning agregat holati bilan D) eritmalarning shaffof bo’lmasligi bilan 20. Eritma isitilganda gazlarning suvda eruvchanligi qanday o’zgaradi? A) ortadi *B) kamayadi C) o’zgarmaydi D) ma’lum temperaturagacha ortadi 21. Agar eritmaga erigan moddadan qo’shganimizda, konsentratsiyasi oshmasa buning sababi nimada? A) erigan moddaning mol soni ortishi bilan eritmaning hajmi ham ortadi B) erigan moddadan kristallizasiya suvi ajralib chiqadi va erituvchi miqdori ortadi C) eritma soviydi *D) eritma to’yingan, qo’shilgan modda chukmada qoladi 22. Konsentrlangan tuz eritmasiga shu tuzning suyultirilgan eritmasi qo’shilganda, nima kamayadi? A) tuzning mol soni B) erituvchi miqdori C) eritmaning temperaturasi *D) eritmaning konsentratsiyasi 23. Harorat ortishi bilan tuz eruvchanligining ortishi qanday jarayonga bog’liq bo’ladi? 1) tuz eriganda, issiqlik chiqishi 2) tuz eriganda, issiqlik yutilishi 3) tuz eriganda, haroratning o’zgarmasligi A) 1,2 B) 1,3 C) 1,2 *D) 2 24. Erishda bo’ladigan qanday jarayon tufayli harorat ortganda, moddaning eruvchanligi kamayadi? 1) modda eriganda, issiqlik yutilishi 2) modda eriganda, issiqlik chiqishi 3) modda eriganda, haroratning o’zgarmasligi A) 1 B) 2 C) 1,2 *D) 1 25. Qanday jarayonlar tufayli qattiq modda eriganda, issiqlik ajralib chiqadi? 1) modda eriganda, kristall panjaraning buzilishi 2) erigan modda zarrachalarining gidratlanishi 3) kristall panjarani buzishga sarflanadigan energiyaga qaraganda gidritlanishda ko’proq energiya ajralishi 4) modda eriganda, energetik jarayonlar bo’lmasligi A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 *D) 3,4 26. Qanday jarayonlar tufayli qattiq modda eriganda, issiqlik yutiladi? 1) erigan modda zarrachalarining gidritlanishi 2) modda eriganda, kristall panjaraning buzilishi 3) erishning erituvchi tabiatiga bog’liq bo’lishi A) 1 B) 2 C) 3 *D) 2,3 Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling