Begona o'tlarga qarshi kurashish usullari Begona o’t


Begona o’tlarning biologik xususiyatlari


Download 0.51 Mb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1166070
1   2   3   4
Bog'liq
Begona o\'tlarga qarshi kurashish usullari

Begona o’tlarning biologik xususiyatlari

  • Bеgona o’tlarning urug’i qalin va qattiq po’stli bo’lib, natijada ular noqulay sharoitlarda ham unuvchanlik qobiliyatini yo’qotmaydi.
  • Olingan malumotlarga qaraganda, sеmizo’t urug’i 40 yil, tugmachagulniki 57 yil, xarxarniki 77 yildan kеyin ham unuvchanlik qobiliyatini 6-18 % saqlagan. Bеgona o’tlar madaniy o’simliklarga nisbatan noqulay sharoitga, yani sovuq va issiqqa ham ancha chidamli bo’ladi. Masalan, itqo’noq urug’i 29 0C sovuqda, yantoqniki 85-95 0C issiqda ivitilganda ham unuvchanlik qobiliyatini yo’qotmagan. Chunki ularning urug’i qattiq, suv va havo o’tkazmaydigan qobiqqa o’ralgan bo’ladi. Bundan tashqari bеgona o’tlar urug’i zararlansa, unib chiqishi tеzlashadi. Bunday xususiyat birorta ham madaniy o’simlik urug’ida namoyon bo’lmaydi.
  • Madaniy o’simliklarga qaraganda bеgona o’tlar urug’ining barvaqt yetilishi va pishishi ularga xos xususiyatdir. Hosil yig’im-tеrimi boshlanguncha bеgona o’tlar urug’i pishib, yerga to’kiladi va bir qismi hosilga qo’shilib kеtib, uni ifloslantiradi.

Begona o’tlarga qarshi kurashishning biologik yo’llari

  • Begona o’tlarga qarshi kurashishda quyodagi tavsiyalar berilishi mumki:
  • Almashlab ekish;
  • Ma’lum bir begona o’tlarga qarshi o’zining tabiiy kushandasini qo’llash (parazit o’simlik, kasallik va boshqalar)
  • Konditsion urug’larni qo’llash;
  • Yangi o’simlik navlarini yaratish.

Begona o’tlarga qarshi biologik kurash

  • QX ekinlarining almashlab ekilishi, begona o’tlarga qarshi qo’llaniladigan usul. Ya’ni bunda ma’lum turga moslash begona o’tlarni yo’qotish uchun unga xos bo’lmagan ekin bilan u parazitlik qila oladigan o’simlikni almash ekish.
  • Begona o’tlarga qarshi kurashishda konditsion urug’larni qo’llash ham mumkin. Bunda yaxshilab tayyorlab olingan va o’g’itlangan tuproqqa bir tekisda oldindan tayyorlab olingan konditsion urug’lar qo’llanisladi. Agrotexnik jarayonda bunga to’g’ri yondashilsa, urug’lar keyinchalik bir tekisda qoplam hosil qilib begona o’tlarning rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. Agarda bir tekisda emas, balki urug’lar notekis o’tqazilsa begona o’tlar tez o’sib ketib QX ekisnlarini nobud qiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling