Bek isakov kompyuter alifbosi
Download 21.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAXSIY KOMPYUTER (PC – PERSONAL COMPUTER)
- Sistema bloki (System Unit)
- Klaviatura (Keyboard)
- XOTIRA Xotira
- Tezkor xotira
- Doimiy xotira
- Kesh xotira
- Videoxotira
ULUG‘BEK ISAKOV KOMPYUTER ALIFBOSI: WINDOWS XP OPERATSION TIZIMI Toshkent «Yangi asr avlodi» 2012 Kitobxon.Com 4 SHAXSIY KOMPYUTER (PC – PERSONAL COMPUTER) Shaxsiy kompyuter odatda quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi: – Monitor (Monitor) – Kompyterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko‘rish) uchun xizmat qiladi. Monitorlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba’zi kompyuterlarda past radiatsiya (Low radiation) so‘zlarini uchratish mumkin. Lekin bugungi kunda ularning inson organizmiga ta’siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Monitorning asosiy xarakteristikalardan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan, 14 dyumli monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyumli monitorda 1024x768, 17 dyumli monitorda 1280x1024 va 21 dyumli monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o‘lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng bo‘lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 ta teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog‘liq bo‘ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasa- da, grafik rejimida u sekinroq ishlaydi. 1 – Sistema bloki (System Unit) – Sistema bloki odatda yassi va minora ko‘rinishida bo‘ladi. Yassi tarzidagi sistema bloklari ko‘pincha monitorga asos sifatida xizmat qiladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular: tezkor xotira (RAM – Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD – Floppy disk driver), 1 Informatika, Informatsion texnologiyalar. M.M. Aripov, J.O‘. Muhammadiyev. Toshkent Davlat Yuridik Instituti. 2004. 13-bet. 5 qattiq disk qurilmasi (HDD – Hard disk driver), faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM – Compact Disk Read Only Memory), o‘chirib/yoqish tugmasi, Reset (qaytdan yoqish) tugmasi, shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
2 – Klaviatura (Keyboard) – harflar va sonlarni kiritish, kursorni boshqarish va menyularni tanlash uchun klavishlar to‘plami. – Sichqoncha (Mouse) – kursorni boshqarish, menyu va boshqa birliklarni tanlash, dasturlarni boshlash, rasmlar chizish va hokazolar uchun qo‘llaniladi. 2 Informatika, Informatsion texnologiyalar. M.M. Aripov, J.O‘. Muhammadiyev. Toshkent Davlat Yuridik Instituti. 2004. 11-bet. 6 XOTIRA Xotira – kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko‘p: tezkor, doimiy, kesh, tashqi, video va boshqalar. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. 1 bit = eng kichik xotira birligi. 1 bayt = 8 bit, 0 dan 255 gacha bo‘lgan raqamlardan birini yoki bitta istalgan harfni saqlash imkoni. 1 Kilobayt (Kb) = 1024 bite, o‘rtacha 150 ta so‘z yoki 32x32 pikselga teng bo‘lgan rasmni saqlash imkoni. 1 Megabayt (Mb) = 1024 kb, o‘rtacha 300 sahifadan iborat matnni yoki bitta foto rasmni saqlash imkoni. 1 Gigabayt (Gb) = 1024 mb, o‘rtacha bitta to‘liq video filmni saqlash imkoni. – Tezkor xotira – Ingliz tilida RAM (Read Access Memory) ya’ni ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan xotira deyiladi. Kompyuterning muhim qismi bo‘lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Kompyuter o‘chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo‘q bo‘lib ketadi. – Doimiy xotira – Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS – Basic Input-Output System – kiritish chqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o‘qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory) deb ataladi. – Kesh xotira – kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko‘proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. – Videoxotira – videoxotira moninor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. 125 MUNDARIJA KIRISH .................................................................................................... 3 SHAXSIY KOMPYUTER (PC – PERSONAL COMPUTER) ............. 4 XOTIRA ................................................................................................... 6 MIKROPROTSESSOR QUVVATI ........................................................ 7 SOFTWARE – KOMPYUTERNING PROGRAMMA TA’MINOTI . 7 AMALIY PROGRAMMALAR .............................................................. 8 ISH STOLI ............................................................................................... 9 SICHQONCHA BILAN ISHLASH ...................................................... 10 KLAVIATURA ...................................................................................... 11 MENYULAR .......................................................................................... 13 BOSHQARUV PANELI ........................................................................ 87 ILOVALAR .......................................................................................... 120 Download 21.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling