Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
Ф
ни К уск bu yerda К уск - uskunalardan foydalanish koeffitsienti, 0,95…0,98 ga teng. 15.5. Remont ishlarini yillik kalendar rejasini tuzish. Remont korxonalarida bajariladigan remont-xizmat ko’rsatish ishlarining yillik jami mehnat hajmini aniqlangandan keyin, bu ishlarni bajarishning yillik kalendar rejasi tuziladi. Yillik kalendar rejada korxonaning ish hajmi shunday taqsimlanishi lozimki, bunda reomnt qilinadigan mashinalarning tayyorligi dala ishlarining boshlanishiga 20 kun qolgan da ta‘minlansin va mavsumiylik hamda ish bilan ta‘minlanishi hisobga olib rejalanadi. Odatda, traktorlarning 65…80% i qish davrida va 20…35% ga yaqinii yoz davrida remont qilinadi. Traktorlarga xizmat ko’rsatish yillik ehtiyojining 25..30% i qish davrida, 70…75% i esa yoz davrida bajarilishi kerak. Paxta terish, g’alla o’rish kombaynlarini remont qilishni yig’im-terim ishlari tugashi bilan darxol boshlab, bir me‘yorda rejalash maqsadga muvofiq bo’ladi. Korxonaning yillik ish hajmi, odatda kvartallar yoki oylar bo’yicha rejalanadi. Reja jadval shaklida tuziladi. Remont ishlarini yil davomida bir me‘yorda taqsimlash maqsadida remont korxonasining ish bilan ta‘minlanish (yuklanish) grafigi tuziladi. Ish bilan ta‘minlanish grafigi koordinatalar sistemasida chiziladi. Abstsissa o’qi bo’ylab-oylar (kvartallar) bo’yicha ishchining nominal vaqt fondlari (soatlar); Ordinatalar o’qi bo’ylab tegishli ish turini bajarish uchun zarur bo’lgan ishchilarning soni qo’yiladi. O’z-o’zini tekshirish savollari: 1.Remont ishlarini rejalash qanday imkonlar beradi? 2.Remont va TXK lar sonini aniqlash uchun qanday ma‘lumotlarni bilish lozim? 3.Traktorlar uchun remontlar soni qanday aniqlanadi? 4Remontga jalb etish koeffitsienti bo’yicha remontlar soni qanday aniqlanadi? 5.Remont ishlarining umumiy mehnat hajmini aniqlashning ketma- ketligini aytib bering. 6.Qo’shimcha ishlar mehnat hajmi qanday aniqlanadi? 7.Umumiy mehnat hajmi ish turlari bo’yicha qanday taqsimlanadi? 8.Vaqt fondlari qanday aniqlanadi? 9.Remont ishlarining yillik kalendar rejasini tuzish tartibini so’zlab bering? 10.Nominal va haqiqiy vaqt fondlarining farqi nimada? Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling