93
L /B
≤
3.0
ixtisoslashgan remont korxonalari uchun binoning uzunligi qismlarga ajratish va
yig’ish chizigi (liniyasi) ning uzunligi orqali aniqlanadi. Bunda korxonaning yillik
dasturiga qarab, uzlukli yoki uzluksiz ishlaydigan konveyerlar uzunligini
aniqlash
lozim.
Bino uzunligini uning eniga nisbati uchdan ortiq bo’lmasligi kerak. Hisoblangan
uzunligi 6 ga karrali bo’lishi lozim, balandligi 6…14 m bo’lishi mumkin. Binoni
jixozlash paytida hisoblangan maydonlarni qabul qilishda, 15% gacha farq qilishiga
ruxsat etiladi. Mashina ramasi yoki asosiy detalni harakatlanish yo’liga qarab,
mashinalarni remont qiladigan ustaxonalar texnologik jarayonlar sxemalarining
quyidagi ko’rinishda qabul qiladilar: to’g’ri oqimli,
Г – simon va П-simon. Hozirgi
vaqtda keng qo’lamda
tarqalgan sxema, bu ishlab chiqarish uchastkalarining to’g’ri
oqimli joylashish sxemasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: