Bekmurodova Ruxsora
Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko’magida olingan tibbiy buyumlarning birinchi partiyasini O’zbekistonga yetkazib berdi
Download 39.76 Kb.
|
hamjamiyat23
Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko’magida olingan tibbiy buyumlarning birinchi partiyasini O’zbekistonga yetkazib berdi Shaxsiy himoya vositalaring birinchi partiyasi O‘zbekistonga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihasi doirasida yetkazib berildi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi. Birinchi partiya jarrohlik niqoblari, respiratorlar, qo‘lqoplar va yuz qalqonchalari kabi shaxsiy himoya vositalaridan iborat.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda COVID-19 ga samarali, tez va muvofiqlashtirilgan javob qaytarish choralariga bag‘ishlangan 34 oylik loyihani amalga oshirishga 2 200 000 yevro ajratdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mamlakatdagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha avvalambor mamlakat bo‘ylab tibbiyot muassasalarida bemorlar bilan bevosita aloqa qilayotgan tibbiyot xodimlar va birinchi bo‘g‘in xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlashga qaratilgan. JSST tavsiya qilgan shaxsiy himoya vositalari nafaqat COVID-19 ga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlar uchun, balki boshqa sog‘liqni saqlash xizmat va muassasalaridagi tibbiyot xodimlar uchun ham xarid qilish COVID-19 tarqalishini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi ishonchli vakili Yussi Narvi (Jussi Narvi) quyidagilarni qayd etdi: “Bunaqangi pandemiya, ya'ni o‘tgan yilning bahoridan beri hukm surayotgan pandemiya, paytida bizni viruslardan himoya qilgan holda eng asosiy ehtiyojlarimiz haqida qayg‘uradigan va mudofaaning birinchi chizig‘idan joy olgan tibbiyot xodimlar har kunimizning qahramonlaridir. Ularga minnatdorchiligimiz belgisi tariqasida o‘z oldimizga birinchi galdagi vazifani qo‘ydik – ular o‘z ishini xavfsiz va samarali bajara olishlari uchun ularni himoya vositalari bilan ta'minlash”. JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Doktor Lianne Kuppens (Lianne Kuppens) ta'kidladi: “ Ushbu tibbiy buyumlar COVID-19 ga javob qaytarish borasida milliy sog‘liqni saqlash organlariga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha JSST va Yevropa Ittifoqining qo‘shma rejasi doirasida yetkazib berilyapti. Shaxsiy himoya vositalari mamlakat bo‘ylab tibbiyot xodimlari o‘rtasida ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi”. Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining yaqindan hamkorligi natijasida loyiha mamlakatdagi barcha tibbiy xodimlar uchun yetarli miqdorda va yuqori sifatli shaxsiy himoya vositalarini sotib olish orqali infeksiyalar profilaktikasi va infeksion nazorat choralarini mustahkamlaydi. Download 39.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling