Bekmurodova Ruxsora


Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti


Download 39.76 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi39.76 Kb.
#1155499
1   2   3   4
Bog'liq
hamjamiyat23

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — xalqaro tibbiy tashkiloti boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sogʻliqni saqlash boʻyicha New Yorkda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga aʼzo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 7-aprel 1948-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tuzildi.
7-aprel kuni butun dunyoda sihat-salomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilot oʻz oldiga "hamma xalqlarning iloji boricha sogʻ-salomat boʻlishiga erishish"ni maqsad qilib qoʻygan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kasalliklarga qarshi kurash olib boradi, ularni tugatish tadbirlarini koʻradi; atrof muhit muhofazasi, yuqumli va yuqumsiz (sil, venerik va parazitar kasalliklar, yurak tomir kasalliklari, xavfli oʻsmalar va boshqalar) ga qarshi kurash uchun xalqaro standartlar belgilash, dori moddalar sifati va qoʻshimcha taʼsiri hamda narkotik moddalar ustidan xalqaro nazorat oʻrnatish; tibbiyot fanining eng muhim masalalari (toksikologiya, farmakologiya, atrof muhit gigiyenasi va boshqalar) boʻyicha hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni koordinatsiyalash va ularni oʻtkazishga koʻmaklashish ham Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vazifasi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xalqaro karantin sohasida qator tadbirlarni amalga oshiradi: chechak, vabo va boshqa bilan kasallanish xollari toʻgʻrisida mamlakatlarga oʻz vaqtida xabar beradi.
Tashkilot tarkibiga 6 regional tashkilot kiradi. Ular har birining oʻz ijroiya organlari va regional byurolari bor. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining oliy organi — Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasini mamlakatlar saylaydi, uning sessiyasi yil sayin chaqirib turiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining markaziy maʼmuriy organi — Sekretariatga (rasmiy idorasi Shveysariyaning Jenevada joylashgan) general direktor rahbarlik qiladi. Tashkilot mablagʻining asosiy manbai unga aʼzo boʻlgan davlatlardan tushadigan badal pulidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti jurnallar, byulletenlar, nomuntazam nashrlar chop etadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi binosida faoliyat koʻrsatadi (1995-yildan)

Download 39.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling