Muxammadjonov Shoxruxbek 73-D/I 13-mavzuga topshiriq


Download 21.15 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi21.15 Kb.
#1763483
Bog'liq
Muxammadjonov Shoxruxbek 73-DI 6-mavzu


Muxammadjonov Shoxruxbek 73-D/I
13-mavzuga topshiriq
1. Parazitar va parazitar bo'lmagan jigar kistalari nima va ularning paydo bo'lishining sabablari nima bo'lishi mumkin?
2. Jigarning parazitar va parazitar bo'lmagan kistalarining tasnifi qanday va kelib chiqishi nuqtai nazaridan ushbu kista turlarining xususiyatlari qanday?
3. Jigarning parazitar va parazitar bo'lmagan kistalarini tashxislash uchun qanday klinik, laboratoriya va instrumental usullar qo'llaniladi va har bir usul qanday xususiyatlarga ega?
4. Jigarning parazitar va parazitar bo'lmagan kistalarida klinik simptomatologiya qanday namoyon bo'ladi va differentsial tashxisda qanday holatlarni istisno qilish kerak?
5. Parazitar va parazitar bo'lmagan jigar kistalari bo'lgan bemorlarni davolashda UASH va jarrohga qanday mas'uliyat yuklanadi va qanday zamonaviy davolash usullari qo'llaniladi? Reabilitatsiya qanday amalga oshiriladi va asoratlarning oldini olish uchun qanday choralar ko'riladi?
Javoblar:

  1. Jigar kistalari kelib chiqishiga ko‘ra parazitar va noparazitarlarga bo‘linadi. Klinik amaliѐtga ultrasonografiya va kompyuter tomografi kirib kelishi bu kasallik bilan kasallangan bemorlar soni oshdi. Aѐllarda noparazitar jigar kistalari (NJK) erkaklarga nisbatan 3-5 barobar ko‘proq uchraydi. 17% xolatlarda o‘t yo‘llari kasalliklari birgalikda aniqlanadi. Etiologiyasi. Kistalarning xosil bo‘lish sabablari turlicha. Ko‘p tadqiqotchilarning fikricha chin kistalar embrional rivojlanish davrida o‘t yo‘llarini noto‘g‘ri shakllanishi natijasida xosil bo‘ladi. Bu yo‘llarning involyusiyasining yo‘qligi jigarda kistani xosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday xosilalarda suyuqlik ishlab chiqariladi, u kista xosil bo‘lishiga ol-lib keladi. Chin kistalarda epitelial vistilka bo‘lib tug‘ma anomaliya xiso-blanadi. Jigarning travmatik kistalari jigarning sentiral kapsula osti ѐrilishlaridan so‘ng kelib chiqadi. Jigar to‘qimasining ichida qon va safro bilan to‘lgan bo‘shliqlar shakillanadi. Chin kistadan farqli o‘raloq trava-matik kistalar epitelial qoplangan ega emas va o‘zgarishga duch kelib fibroz qobiq xosil qilgan to‘qimasidan shakillanadi. Chin kistalarining kattaligi seziralli 1-5 mm dan jigar to‘qimasining yarmidan ko‘pini buzilishiga sa-bab bo‘ladigan gigant xosilalardir. Devorini qalinligi xam xar xil bo‘ladi, ingichka, nozik, yupqa plastinqadan tortib, qo‘pol qalin fibroz qop-chalar kuzatiladi. Ko‘p xollarda salitar kistalar bo‘laklar aro to‘siqlar ѐki o‘rta va o‘ng portal to‘siqlar bo‘ylab joylashadi. Kistaning tarkibi tiniq suyuqlikdan tortib, qo‘yiq, ivuvchi, tarkibida qon, o‘t suyuqligi mavjud yashil ѐki sarig‘imtir rangda bo‘ladi. NJK ko‘pincha jigarning o‘ng tomonida, kam xollarda chap tomonida undanam kam xollarda ikkala tomonida joylashadi.

  2. Adabiѐtlarda NJKning etiologiyasi, potogenezi, kli-nikasiga asoslanib bir qancha sinflanishi mavjud.

1. Polipistoz kasalligi ѐki jigar polipistozi:
a) Faqat jigarni zararlanishi bilan;
b) Buyrak va boshqa a’zolarni zararlanishi bilan.
2. Solitar, chin jigar kistalari:
a) Oddiy solitar;
b) Jigarni ko‘p kamerali sistadenomasi;
c) Dermoid;
d) Retension.
3. Yolg‘on jigar kistalari:
a) Travmatik;
b) Yallig‘lanishli.
4. Jigar oldi kistalari:
5. Jigar boylamlari kistalari:
Morfologik 3 tipdagi kistalar farqlanadi:
I Tip - devori qalin oddiy ѐki bir muncha qalinlashgan epiteliy bilan qoplangan kolagen tolalaridan xosil bo‘lgan va bir kamerali bo‘ladi.
II Tip - ko‘p kamerali, chuqurchasimon - xujayrali stromadan iborat, chegaralangan to‘siqli. Ular (sistadenoma) va ѐmon sifatli potensiyaliga ega.
III Tip - qalin kolagen tolali, devorlari yalig‘lanishining turli nomoѐnlangan elementi, epiteliy bilan qoplanmagan, odatda fibrin ѐki fibroz - yiringli detrit bilan to‘lgan. Kistalardagi suyuqlik ultra tovush nazorati ostida nina bilan aspiratsiya yo‘li bilan olinadi. Uning tarkibi va sekretinga reaksiyasi shundan dalolat beradiki, suyuqlik, kista bo‘shlig‘ining o‘rab turgan o‘t yo‘llarining funksialovchi epiteliasidan ajraladi.

  1. Yaxshi diagnostik usullar:

  • UTT

  • KT

  • Diagnostik laparoskopiya

  • Angiografiya

  • Umumiy qon analizi (Eozinofiliyani aniqlash).

  1. Bemorda jigar exinokokkozi kasalligi borligiga shubha qilinganda uning anamnezini yig‘ishda kasbiga, uy xayvonlari yoki iti borligiga, alohida ahamiyat beriladi. Yuqorida keltirilgan shikoyatlarning borligiga e’tibor beriladi. Ob’ektiv ko‘rikda esa, jigarning kattaligiga, chegaralarining o‘zgarganiga qaraladi. Qonning umumiy tahlilida eozinofiliya, kista yiringlaganda esa yuqori leykotsitoz topiladi. Serologik reaksiyalar (RSG, RIGA, RGA, IFA) jigarning exinokokkozga uchragani xaqida 90%ga yaqin hollarda to‘g‘ri natija beradi. Rentgen tekshiruvi o‘tkazilganda diafragmaning zararlangan tarafda yuqori turishi, gumbazning bo‘rtib chiqishi, ba’zan esa kista chegarasida kalsinatlar borligini aniqlash mumkin. Ultratovush yordamida tekshiruv va kompyuter tomografiyasini o‘tkazish, eng qulay va noinvaziv tekshirish usullariga kiradi va aniq ma’lumot beradigan usullardan hisoblanadi.

  2. Jigar exinokokki xirurgik yo‘l bilan, exinokokkektomiya amaliyotini o‘tkazish yo‘li bilan davolanadi. Kistaning o‘lchamlari unchalik katta bo‘lmay, jigarning chetida joylashgan bo‘lsa - ideal exinokokkektomiya usuli qo‘llanib (kistani xitin va fibroz pardalari bilan qo‘shib, butunligicha - bo‘shlig‘ini ochmasdan) olib tashlanadi. Ko‘pchilik hollarda buning iloji bo‘lmasdan, kista ichidagi suyuqlik, avvalo punksiya va aspiratsiya yo‘li bilan bo‘shatilib, so‘ngra kista ochilib ichidagi germinativ va xitin pardalari olib tashlanadi. Albatta, bu amaliyot bajarilayotganda disseminatsiyaning oldini oluvchi barcha chora-tadbirlar o‘qllaniladi. Fibroz pardaning ichiga glitserin bilan ishlov beriladi va tikib (kapitonaj) bo‘shliq yo‘qotiladi. Exinokokk kistasining joylashgan o‘rniga qarab, bo‘shliqni yo‘qotishning usuli tanlanadi. Qator hollarda bo‘shliqni katta charvi bilan tompanada qilib bo‘shliq yo‘qotiladi yoki bo‘shliq ochiq holda qoldiriladi (abdominiza-siya). Agarda amaliyot jaroyonida jigarda o‘t oqmalari topilsa, ular yaxshilab tikilib, bo‘shliqqa drenaj naychasi qo‘yiladi. Yiringlagan kistani operatsiyaning asosiy bosqichi tugallangandan so‘ng qo‘shimcha ravishda drenajlanadi.

Operatsiyadan keyingi davrda Ushbu kasallikning qaytalanishi (residiv) ini profilaktikasi maqsadida parazitga qarshi preparatlar (albendozol, mebendozol va b.) tavsiya etiladi.
Download 21.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling