Beknazarov quvonch 0173 3 kurs
Download 327 Kb.
|
ovqat
Beknazarov quvonch 0173 3 kurs Ovqatlar bilan organizm oqsillar, yoglar va uglevodlar kabi murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan osish jarayonida va atrofiyaga uchragan hujayralarni orniga yangilarini hosil bolishida qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Toyimli moddalar organizmdagi energiya moddalar manbai hisoblanadi. Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar, madanli tuzlar va suv ham kam ahamiyatga ega emas. Ular organizmda kechadigan turli tuman kimyoviy reaksiyalarning bajarilishi uchun sharoit yaratib bersa, kopchiligi koplab reaksiyalarda tog ridan-tog ri ishtirok etadi. Suv, madanli tuzlar va darmon dorilar organizm tomonidan toligicha ozgarmagan holda ozlashtiriladi. Ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yoglar va uglevodlar borasida gap yuritadigan bolsak, ular organizm tomonidan togridan-togri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazmi tizimi devorlaridan otaolmaydigan yirik-yirik molekulalardan tashkil topgandir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratkim, ularning hammasi organizm uchun begona va har qanday begona moddalar uchun organizmda ularga qarshi himoya moddalari ishlab chiqiladi (antitana). Ana endi tushunarli bolsa kerak, nima uchun asosiy toyimli moddalar organizmni ichki muhitiga tushishidan oldin hazmlanadi. Ovqat hazmi jarayoni deb -oziq moddalarni fizik va kimyoviy qayta ishlanishi va ularni oshqozon-ichaklar tizimidan surilishi, qon bilan tashilishi, organizm tomonidan ozlashtirilishi mumkin bolgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi. Odamlar organizmida hazm shiralari tasirida, ovqat hazmi tizimida oqsillar aminokislotalargacha, yoglar-gliserin va yog kislotalarigacha, murakkab uglevodlar esa oddiy qandlargacha (glyukoza va boshqalar) parchalanadi. Oziq moddalarning bunday kimyoviy qayta ishlanishida hazm shiralari tarkibiga kiruvchi fermentlar bosh rolni oynaydi. Fermentlar tabiati jihatidan oqsilli moddalar bolib, organizm tomonidan ishlab chiqiladigan biologik katalizatorlardir. Fermentlarga xos bolgan xususiyatlardan biri ularning spesifikligidir: yani har bir ferment malum fizik tarkib va tuzilishga, molekulasida kimyoviy boglar malum- -aniq tipga ega bolgan moddalarga va moddalar guruhiga tasir korsatadi. Fermentlar tasiri ostida erimaydigan va surilishi mumkin bolmagan murakkab moddalar, eriydigan va yengil ozlashtiriladigan ancha oddiy moddalarga aylanadi. Hazm shiralari ajratuvchi bezlar faoliyatini organish usullari. Hazm jarayonida ishtirok etuvchi bezlar, hazm shiralari ishlab chiqarishlari aniq bolganidan buyon, olimlar tahlil ishlarini bajarish uchun shiralardan toza yoki aralashma holida olish uchun uringanlar. XVII-asrdayoq Gollandiyalik olim Graafga solak bezi va medaosti bezlarining tashqariga chiquvchi yollariga qoyilgan naychalar yordamida unchalik kop bolmagan miqdorda hazm shiralari yigib olish imkoniga ega boldi. Olim govak rezina yordamida meda shirasidan olish uchun harakat qilib kordi, qaysiki govak rezina yutilgach, u meda ichidagi suyuqlikga toyinganidan keyin unga boglangan ip orqali medadan chiqarib olindi. Shotlandiyalik hakam Stivens odam meda shirasining hazmlovchi tasirini kozbog lagich (fokusnik) yordamidan foydalangan holda organdi. Koz boglagich medasiga tushgan turli predmetlarni (narsalarni) qayd qilish yoli bilan chiqarib tashlash kabi noyob hunar egasi ekanligini namoyon qildi. Koz boglagich maxsus tayyorlangan, oziq moddalar bilan toldirilgan teshikchalari orqali hazm shiralari kiradigan teshikli qorgoshin «bugursoq» larni avval yutib, songra qusish harakatlari bilan medadan chiqargan. Tabiiyki, bunday usullar yordamida hazm shiralarining tarkibi va xususiyatlarini organish juda qiyin bolgan. 45-rasm. 2 - 4 soat oraligidagi odam medasida ovqat hazmining rentgen korinishi 46-rasm. Haroratni (1) bosimni (2) va pH olchamini (3) organish uchun foydalaniladigan radiopilyulalarining tashqi korinishi. Ong tomonda solishtirish uchun bir tiyinlik tanga Keyinchalik hayvonlarni narkozlash yoli bilan qorin boshligi ochilib hazm shiralari ajratuvchi bezlar yollaridan hazm shiralaridan olish imkoniga ega bolindi. Ammo, qandaydir bir xulosa qilish uchun, yani hazm bezlari faoliyati qonuniyatlari haqida gap yuritish juda qiyin, chunki hayvon narkoz ostida jarrohning stolida yotgan bolsa, bu sharoit tabiiy sharoitdan tubdan farq qiladi. Fistula usuli yordamida hazm bezlari faoliyati haqida juda katta miqdorda malumotlar olish mumkin. Fistula bu hazm bezlari yoli bilan yoki ovqat hazmi trakti boshligini organizmni tashqi muhit bilan aloqasini suniy boglanishini taminlovchi naycha asbobdir. Bunday usulni yuzaga kelishi qiziq, lekin favqulodda kasal yoki meda jarohatlanishi natijasida meda yoki ichaklarda yuzaga kelgan teshiklar orqali olib borilgan kuzatishlar sabab bolgan. 1842 yilda Moskvalik jarroh Basov itlarni medasiga qoyilgan fistula orqali meda sekretsiyasini kuzatishni taklif qildi. Lekin bu holatda organish uchun toza meda shirasi olish mumkin emas edi, chunki bu holatda olingan shira oziqalar qoldiqlari, solak va doimiy ravishda medada boladigan shilimshiq moddalar bilan aralashgan holda boladi. Faqatgina I.P.Pavlovning ishlari boyicha fistula usuli tan olindi va keng qollanildi. I.P.Pavlov jarrohlik operatsiyalarini bajarish davomida, hayvonlarning u yoki bu hazm bezlari faoliyati orqasidan uzoq muddat davomida kuzatish olib borish uchun doimiy fistulalar qoydi. I.P.Pavlov ozidan oldingi tadqiqotchilardan farqli olaroq, operatsiyadan keyin hayvon sogaygach organiladigan organ uchun ham, butun organizm uchun ham ularni faoliyat korsatishi uchun motadil sharoitni saqlab qoluvchi turlarini izlab topishga harakat qildi va fanga tadbiq qildi. Fistulali usuldan foydalanish tufayli har qanday vaqtda operatsiya qilingan organ funksiyasini kuzatish mumkin boldi. Fistula yordamida oziqalar qoldiqlari qoshilmagan toza holdagi hazm shiralaridan yigib olish, ularning miqdorini aniq olchash va ovqat hazmining turli fazalarida shiralarning kimyoviy tarkibini, hazmlash faolligini aniqlash imkoniyatiga ega bolindi. I.P.Pavlov tomonidan tavsiya qilingan fistula usulining bosh yutugi shundan iboratkim, ovqat hazmi jarayonlari soglom hayvonlarda va organizm faoliyat korsatayotgan tabiiy sharoitlarda organiladi va ovqat hazmi organlarining faoliyati tabiiy oziqaviy qozg atuvchilar bilan qozgatiladi. Hazm bezlari faoliyatini organishda I.P.Pavlovni roli shunchalik buyukki, hatto fiziologiyaning ushbu bobini kopchilik hollarda «rus fiziologiyasi bobi» deb yuritiladi, I.P.Pavlov esa Nobel mukofotiga sazovor bolgan. Lekin, shuni qayd qilish kerakki fistula usulini barcha yutuqlari va foydali tomonlarini tariflagan bilan bu usul yordamida odamlarning ovqat hazmi funksiyalarini organish mumkin emas. Tushunarli sabablarga kora, odamlarda tekshirish ishlarini olib borish uchun fistulalar hosil qilish ishi bajarilmaydi. Odamlarda solakni maxsus metall kapsulalar yopishgichlar yordamida yigib olish mumkin. Kapsula ogiz boshligining shilliq pardasiga shunday yopishtiriladiki, uning markazida solak bezining chiqaruv yoli qoladi, qaysiki fistula bilan solak endi ogizga tushmay, balki kapsulaga va rezina naycha orqali tashqariga chiqariladi va stakanchaga yoki probirkaga qoyiladi. Meda shirasi va on ikki barmoqli ichakning ximusidan olish uchun zonddan foydalaniladi, qaysiki organilayotgan odam zondni yutadi. Bunday zondning tashqi teshiklari orqali tadqiqot ishlari uchun shira olish mumkin. Medalarning va ichaklarning holati haqidagi ayrim malumotlarni, ular joylashgan hududning rentgen nurlari bilan yoritish hisobiga olish mumkin. Rentgenli tekshirishlardan oldin tekshiriluvchiga Rentgen nurlarini yomon otkazuvchi va ekranda yaxshi soya hosil qiluvchi eritma yoki olchamli modda ichiriladi. Meda muskullari qisqarganida va ovqat hazmi traktida sekretsiya paytida juda kam miqdorda bolsa ham qayd qilish mumkin bolgan elektr hodisalari yuzaga keladi. Medalardagi elektr hodisalarini qayd qilish elektrogastrografiya medaning qisqarish faoliyatining organish uchun qollaniladi. Radiotelemetrik usulning kelajagi buyuk. Odamlarga yutish uchun juda mayda radiouzatgich- radiopilyuli beriladi, ularning diametri 8 mm va uzunligi 15-20 mm.ni tashkil etadi. Radiopilyulida uzatgich joylashtirilgan bolib u meda va ichaklar ichidagi vodorod ionlarining konsentratsiyasini, ular ichidagi bosim va haroratni qabul qiladi. Uzatgich qabul qilinuvchi korsatkichlarni malum chastotadagi ozgarishlarga aylantiradi, qaysiki ularni radio qabul qiluvchi apparat yordamida ushlash va qayd qilish hazm tarkti boylab erkin otadi va uning turli qismlaridagi u yerdagi harorat, bosim va muhit reaksiyasi haqidagi axborotlarni beradi. 11.2. Ovqat hazmi organlari tizimi. Ovqat hazmi organlari tizimi haqida tushuncha. Ovqat hazmi organlari tizimiga uch juft katta solak bezlari bilan ogiz boshligi, halqum, qizil ongach, meda, ingichka ichak (uning tarkibiga on ikki barmoqli ichak kiradi unga ot suyuqligi va medaost bezlari yollari ochiladi, och ichak va yonbosh ichaklar) va kur, chambar va togri ichaklardan iborat yogon ichaklar kiradi. Chambar ichakda yuqoriga kotariluvchi, pastga tushuvchi va sigmasimon ichaklar farqlanadi. Hazm bezlari homiladalik davridayoq ona organizmidan tushayotgan moddalar va homilaoldi suvlaridan tushadigan moddalar hisobiga faoliyat korsata boshlaydilar. Lekin bola tugilguniga qadar unda ovqat hazmi funksiyalari juda zaif namoyon boladi. Bola tugilgach dastlab uvuz suti, songra yetilgan sut va aralash oziqlantirishlar bolalarning ovqat hazmi apparatlari funksiyalarini jiddiy darajada tezlashtiradi. Ogiz boshligida ovqat hazmining xususiyatlari. Ovqatlarning hazmlanishi ogiz boshligidayoq boshlanadi. Ovqatlarning mexanik bolinishi va maydalanishi ogiz boshligi organlarini spesifik funksiyasini-chaynash tashkil qiladi. Barcha hazm organlari orasida faqatgina ogiz boshligi suyakli asosga ega, ogiz boshligida til va tishlar joylashgan, til-qon tomirlari va nervlar bilan yaxshi taminlangan, shilliq parda bilan qoplangan harakatchan muskulli organdir. Chaynash jarayonida til ovqatlarni harakatlantiradi, tam sezish va nutq organi bolib xizmat qiladi. Tishlar ovqatlarni maydalaydi. Bundan tashqari ular nutq tovushlarini shakllanishida ishtirok etadi. Funksiyasi va shakli boyicha tishlar kesuvchi, qoziq, kichik va katta ildizli tishlarga farqlanadi. Voyaga yetgan odamlarda tishlarning umumiy soni 32 tani tashkil etadi. Har bir yuqorigi va pastki jag larning yarmida 2 ta kesuvchi, 1 qoziq, 2 ta mayda ildizli va 3 katta ildizli tishlar joylashgan. Bu quyidagi tish formulasi boyicha har ikkala jagning bir tomonidagi tishlarni belgilab beradi. 2 1 2 3 2 1 2 3
Har bir tish milkdan chiqib turgan koronkadan va u keyin bogizga va ildizga aylanadi. Ildiz esa jagning tish chuqurchasiga otirgan bolib, suyak usti qatlami bilan birgalikda unga tutashib ketgan. Pastki jagning katta qoziq tishlari ikkitadan, yuqorigisi esa 3 tadan ildizga ega boladi. Boshqa tishlar bir ildizlidir. Ildiz ichidan kanal otgan bolib tish boshligida kengayadi va u tish laxmi bilan yumshoq pokaksimon biriktiruvchi toqima, tomirlar va nervlar bilan tola boladi. Tishning milkdan chiqib turgan qismi, bogzi va ildizlari qattiq toqimalardan iborat boladi. Tish boshligida tishning yumshoq toqimasi pulpa joylashgan boladi. Pulpaning asosini hujayra elementlariga boy bolgan biriktiruvchi toqimalar tashkil qiladi. Ildiz kanali orqali pulpaga tomirlar va nerv tolalari kiradi. Bu yerda tishning jadal moddalar almashinuvi kechadi va bu yerda dentinning jarohati bilan bog liq bolgan ayrim tiklanish jarayonlari ham bajariladi. Koronka emal bilan bogzi va ildizida sement bilan qoplangan, tishning barcha qismlarini asosiy massasini dentin tashkil etadi. Organizmda eng qattiq toqima-koronkani qoplab turuvchi emal hisoblanadi, qattiqligi boyicha deyarlik kvarsga tengdir. Lekin u ham yemirilishi va yorilishi mumkin. Emalni tarkibidagi organik moddalar bor-yogi 2-4 % ni tashkil qiladi, qolgan qismini esa mineral moddalar tashkil qiladi. Dentin va sementlar shakli ozgargan suyak toqimasidir, yani u suyakka nisbatan katta miqdorda kalsiyning fosforli achchiq tuzini saqlaydi. Tishlar jag qatlamida yuzaga keladi va rivojlanadi. Embrional rivojlanish davridayoq doimiy tishlarning kurtaklariga asos solinadi, qaysiki keyinchalik sut tishlari bilan almashinadi. Bolalar 6-8 oylik bolganida dastlab vaqtinchalik yoki sut tishlari chiqa boshlaydilar. Rivojlanishning shaxsiy xususiyatlari va oziqlanish sifatiga qarab tishlar erta va kech ham chiqishi mumkin. Kopchilik holatlarda dastavval pastki jagning ortangi kesuvchi tishlari chiqadi: songra yuqorigi orta va yuqorigi yon tomondagilar paydo boladi, bir yoshning oxirida odatda 8 ta sut tishlari chiqib boladi. Bola hayotining ikkinchi yili davomida, ayrim hollarda esa hatto uchinchi yoshning boshida barcha 20 ta sut tishlarining chiqishi tamom boladi. Bunday holatda tishning formulasi quyidagi korinishni oladi: 0.2. yuqorigi jag (bir tomoni). 0.2. pastki jag (bir tomoni). Sut tishlar yumshoq va sinuvchan bolganligi uchun bolalarning ovqatlanishini tashkil qilishda buni hisobga olish zarur. Bolalar 6-7 yoshga yetganida ularning sut tishlari tusha boshlaydilar va ularning orniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Almashinishdan oldin sut tishlarining ildizlari surilib ketadilar va shundan keyin ular tushadilar. Mayda ildizli va uchinchi katta ildizli tishlar yoki aql tishlar sut tishlarisiz chiqadilar. Doimiy tishlarning chiqib bolishi 14-15 yoshga borib tugaydi. Bundan aql tishlarining chiqishi mustasno, chunki ularning chiqishi ayrim paytlarda 25-30 yoshgacha kechikishi mumkin; 15 % holatda ular yuqorigi jagda bolmasligi ham mumkin. arxeologik qazishlar otkazilib topilgan qadimgi odamlar qoldiqlarida (sinantroplar, neandartallar) bu tishlar juda yaxshi rivojlanganligi aniqlangan. Hozirgi paytda ular bir muncha rudimentlashgan holda korinadi. Doimiy tishlar qator yillar mobaynida sut tishlari tagida bolganligi sababli, maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarning ogiz boshligi va tishlari holatiga etibor berish kerak boladi. 14-Jadval Sut va doimiy tishlarning chiqish muddatlari (A.G.Xripkova boyicha)
Butun jahon sogliqni saqlash tashkiloti malumotlariga kora 10 ta tekshirilgan odamlardan 7-8 tasini tishlari davolashga muhtoj ekanligi aniqlangan va bu birinchi navbatda kariyes bilan aloqadordir. Uning mohiyati quyidagidan iboratdir. Emalga kimyoviy tasir korsatilganida ularning demineralazasiyasi - ovqatlarning qoldiqlarini parchalanishi natijasida hosil bolgan kislotalar tasirida emalning mineral tuzlarini erishi yuz beradi. Tish toqimalarining deminaralizasiyasi emal ostida joylashgan dentinda ham yuz beradi. Uglevodlarning achishidan yuzaga keluvchi asosiy maxsulot sut kislotasi emalga juda katta salbiy tasir korsatadi. Keyinchalik esa togridan-togri mikroblarning deminerallashgan emalga va dentinga tasiri yuz beradi. natijada tishning organik moddalarining parchalanishi kuzatiladi. Tashqi (ekzogen) omillar ham kariyes jarayoniga oz tasirini korsatadi. Bular qatoriga vitaminlarning (asosan B guruhi va D) yetishmasligi, kalsiy, fosfor, va ftorlarni ovqat va suv tarkibida taqchil bolishi, ultrabinafsha nurlarini yetishmasligi yoki bolmasliklari kiradi. Bularning hammasi organizmda minerallar va oqsillar almashinuvining buzilishiga olib keladi, bu esa oz navbatida emallar va dentinning oziqlanishiga salbiy tasir korsatadi. Kislotalar tasiri ostida emaldagi mineral moddalarning erishi yuz beradi, emalning jarohatlangan qismida mikroorganizmlarni faoliyati uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Kislota hosil qiluvchi mikroorganizmlardan tishning maddali toshmalari yuzaga keladi. bu yerda kopchilik holatlarda kariyesning rivojlanish jarayoni boshlanadi, koz bilan korsa boladigan oq dog yuzaga keladi. Jarohatlangan joyda mineral moddalarning kamayishi kuzatiladi. Boshliqlar hosil bolishining oldini olish uchun koproq oziqlar bilan yetarli miqdorda kalsiy, fosfor va ftor tushishini taminlash uchun oziqlanish ratsionini muvozanatlashtirish zarur. Hozirgi davrda kariyesning ftorli profilaktikasi keng qollanilmoqda. Bu ichimlik suvini, ftorlashtirish va natriy ftor eritmasi bilan mahalliy sugorish, namlash, maxsus ftor saqlovchi tish talqonlari kukun, pastalari, eleksirlar va nihoyat ftorli tabletkalardan foydalanish juda foydalidir. Maktablarda bolalarning tishlarini saqlash maqsadida ogiz boshligini davolashga qaratilgan chora-tadbirlar otkaziladi: zararlangan tishlar olib tashlanadi yoki plombalanadi va shu yol bilan qolgan tishlarning ayniqsa doimiy tishlarning buzilishlarining oldi olinadi. Tishlarni salomatligini taminlash eng avvalo har bir oziqlanishdan keyin tishlar orasida qolgan ovqatlar zarrachalaridan tozalash maqsadida uncha issiq bolmagan qaynagan suv bilan chayqashni qatiy kun tartibiga kiritish zarur. Har kuni kechqurun uyqudan oldin barcha ovqatlar qoldiqlarini chiqarib tashlash uchun tish talqoni va tish щyetkasi bilan tozalash zarur. Bolalarga juda issiq va sovuq suvni, ovqatlarni bermaslik kerak, hamda ularga yong’oq yoki boshqa qattiq moddalarni tish bilan sindrishiga ruxsat bermaslik kerak. Yuqorigi kesuvchi tishlar bilan pastki kesuvchi tishlarni tutatishi tishlash deb ataladi. Tishlash togri bajarilganida yuqorigi kesuvchi tishlar pastki tishlardan oldingi holatda turadi. Qaysiki ularning kesuvchilik tasirini oshiradi. Mexanik jihatdan maydalangan ovqatlar ogiz boshligida solak bilan aralashadi. Ogiz boshligiga uch juft katta solak bezlarining yollari ochiladi: quloqoldi, pastki jag osti va tilosti bezlari. Katta solak bezlaridan tashqari mayda, shilliq solak bezlari ham mavjud, ular butun ogiz boshligi va til shilliq pardasida joylashgan. Bolalar tugilganidan boshlab ularning solak bezlari faoliyat korsata boshlaydi, lekin hayotining birinchi oylarida solak kam ajraladi. Sut tishlari chiqishi bilan solak ajralishi shunchalik ortadiki, hattoki bola uni yutib ulguraolmaydi, natijada uning og izdan chiqib turishi kuzatiladi. Solakda murakkab uglevodlarni maltozagacha parchalovchi ptialin fermenti va disaxaridlarni glyukozagacha parchalovchi maltaza fermentlari saqlanadi. Solak oqsili musin uni yopishqoq qiladi. Musin tufayli solak bilan yaxshi toyingan ovqatlar yengil yutiladi. Solakni tarkibida tabiati jihatidan oqsil bolgan lizosim moddasi bolib u zararsizlantirish baktrisidlik xsusiyatiga ega. Shular sabab bolsa kerak ogiz boshligi shilliq pardasidagi jarohatlar, yaralar, tana yuzasidagilarga qaraganda ancha tez tuzaladi. Bolalarning yoshi ulgayishi bilan ularda ajralayotgan solakning miqdori ham orta boradi: bolalarning 9 dan 12 oylikgacha va 9 dan 11 yoshgacha bolgan bolalarda solak ajralishining ancha aniq ozgarishi kuzatiladi. Bolalar bir kecha-kunduzla ortacha 800 sm3 solak ajratadi. Solak ajralishining boshqarilishi. Istemol ovqatlar, ogiz boshligiga tushganidan keyin, bir necha sekund otgach, solak ajrala boshlaydi. Ogiz boshligining tasirlanishiga solak bezlarining bunday tezlikda javob berishi solak ajralishi reflektor ravishda asab tizimi ishtirokida bajarilishini korsatib turibdi. Ogiz boshligiga tushgan ovqatlar tam sezuvchi nervlarni uchlarini qozgatadi, ularda qozgalish yuz beradi, qaysiki markazga intiluvchi nerv tolalari orqali uzunchoq miyadagi solak ajralish markaziga beriladi. Bu yerda qozgalishni markazga intiluvchi nervlardan markazdan qochuvchi nervlarga (simpatik va parasimpatik) yani solak bezlariga boruvchi nervlarga berilishi amalga oshadi. Qozg alish solak bezining sekretor hujayralarini qamrab oladi va malum miqdordagi va tarkibdagi solak ajraladi. Shartsiz solak ajratuvchi refleks shunday bajariladi. Solak faqat ogizga ovqat tushishi bilan ajralmasdan balki uni korinishiga, hidiga, hattoki ovqat tog risida gap yuritilganda ham solak ajraladi. Bu ham refleks, lekin maxsus, I.P.Pavlov tomonidan shartli refleks deb atalgan. Shartli reflektor ravishda solak ajralishi shu paytda amalga oshadiki, yani ovqatni korinishi, hidi yoki mazzali ovqat haqidagi gap-sozlar ovqat yeyish bilan bir vaqtda bajarilsa. Qizilongach. Ogiz boshligida maydalangan va solak bilan toyingan, oziqa luqmasiga aylangan oziqlar tanglay orqali avval halqumga songra qizil ongachga tushadi. Qizil ongach-muskulli nay bolib voyaga yetgan odamlarda 25 sm.ga yaqin boladi. Qizil ongachning ichki qatlami shilliq kop qatlamli epiteliy bilan qoplangan, yuqorigi qatlamida shox moddasi belgilari korinib turadi. Epiteliy uni, unda dag al oziqa luqmalari harakatlanganda qizil ongachni himoya qiladi. Shilliq parda uzunasiga joylashgan qatlar hosil qiladi, qaysiki undan oziqa luqmasi otayotganda u ancha kengayadi. Yosh bolalarda qizil ongach juda nozik, yengil jarohatlanishi mumkin, qon tomirlariga juda boy. Yangi tugilgan bolalarda qizil ongachning uzunligi 10 sm.ga yaqin, 5 yoshli bolalarda 16 sm, 15 yoshlilarda esa 19 sm.ni tashkil etadi. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling