Bekobod abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Mikrositar — eritrositlar diametri 7 mkm dan kam, temir tanqisligi ehtimolini ko’rsatadi; Normositar


Download 100.4 Kb.
bet6/6
Sana13.02.2023
Hajmi100.4 Kb.
#1192980
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
anemiya

Mikrositar — eritrositlar diametri 7 mkm dan kam, temir tanqisligi ehtimolini ko’rsatadi;

  • Normositar — eritrotsitlar hajmi 7 dan 8,2 mkm bo’lgan;

  • Makrositar — eritrotsitlar hajmi 8,2 — 11 mkm oralig’ida, odatda, vitamin B 12 yoki foliy kislotasi yetishmasligiga ishora qiladi;

  • Megalositoz — megalositar (megaloblastik) shaklida, eritrotsitlar diamteri 11 mkm dan katta, eritrositlar ishlab chiqarilishining buzilishi, ayrim jiddiy kasalliklar mavjudligidan dalolat beradi.

    SUYAK ILIGINING QAYTA TIKLANISH QOBILIYATINI BAHOLASHGA ASOSLANGAN TASNIF


    Suyak iligining qizil qismi eritrosit ishlab chiqarish qobiliyati — eritropoez darajasi qondagi retikulosit, yetilajak hujayralar va yetilmagan hujaryralar sonini aniqlash bilan baholanadi va bu suyak to’qimalarining regeneratsiya qobiliyatini baholashda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Bu tahlil natijasida bemorning holati baholanadi va davolash usullari belgilanadi. Retikulositlarning normal konsentratsiyasi qon birligidagi eritrotsitlar umumiy sonining 0.5-1.2% tashkil qiladi.
    Retikulotsitlar darajasiga qarab quyidagi shakllar ajratiladi:

    • Regenerativ — suyak iligi tiklanishining normal qobiliyatini ko’rsatmoqda. Retikulotsitlar darajasi 0,5-1,2% ni tashkil qiladi;

    • Giporegenerativ — regeneratsiyaning sustligidan dalolat beradi, retikulositlar 0,5% dan kam;

    • Giperregenerativ — retikulotsitlar ko’rsatkichi 2% dan ortiq;

    • Aplastik anemiya — yetilmagan qizil qon hujayralari massasi umumiy eritrositlar miqdorining 0,2% dan kam bo’lishi. Bu regeneratsiya qobiliyatining keskin pasayishi belgisi hisoblanadi.

    KAMQONLIKNING OLDINI OLISH USULLARI


    Kasallikning eng keng tarqalgan shakli — temir tanqisligi anemiyasini xavf mavjud bo’lgan davrlarida temir elementi mavjud mahsulotlari miqdorini oshirish bilan oldini olish mumki9n. Shuningdek ovqat ratsionida vitamin C, kobalamin (vitamin B 12), foliy kislotasi mavjudligi muhim omil hisoblanadi.
    Agar kishi kamqonlik rivojlanishi ehtimoli yuqori bo’lganlar guruhida bo’lsa (yuqorida keltirilgan), muntazam tibbiy ko’rikdan o’tib turish tavsiya etiladi.


    Test :



    1. Anemiyadagi astenik xolatlar nima bilan boglik? 

    1. sirkulyator-gipoksik buzilishlar, 

    2. stress, 

    3. MATning organik zararlanishi

    4. bosh miya o'tib ketuvchi kon aylanish buzilishlari

    5. asab ildizchalari zararlanishi . 

    1. B 12-folievodefitsit anemiyalarda nevrologik buzilishlarga xos emas: 

    1. ekzoftal`m 

    2. ildizcha sindromi 

    3. oyok-ko'llar parez-paralichi

    4. ko'rish kobiliyati pasayishi 

    5. funikulyar mieloz.

    1. Gemolitik anemiyalarda sariklik nima bilan boglik? 

    1. eritrotsitlarning yukori parchalanishi,

    2. asab ildizchalarining ezilishi, 

    3. o't yo'llarida o't dimlanishi 

    4. splenomegaliya 

    5. dorilar kabul kilish. 

    1. Gipoplastik anemiyalarda kaysi javobdan tashkari xammasi to'gri?

    1. funikulyar mieloz 

    2. anemik 

    3. gemorragik 

    4. infektsion 

    5. astenonevrotik 

    1. Adisson-Birmer anemiyada nevrologik o'zgarishlar nima bilan boglik? 

    1. orka miyaning orka yon ustunlarida yantar kislota xosil bo'lishining buzilishi

    2. lipid almashunivining buzilishi

    3. orka miya ildizchalarida buzilish 

    4. orka miya kanalining ezilishi 

    5. sirkulyator –gipoksik o'zgarishlar. 

    1. O'tkir leykoz patogenezida, xozirgi zamon fikricha, kanday mutatsiya yuz beradi? 

    1. suyak iligidagi yosh xujayralarning differentsirovkasi buzilishi bilan,

    2. limfatik bezlarda,

    3. periferik kondagi xujayralar

    4. mielotsitlar, 

    5. metamielotsitlar.

    1. Surunkali mieloleykozda kon taxlili uchun xos emas? 

    1. normotsitoz 

    2. anemiya 

    3. gipertrombotsitoz 

    4. leykotsitoz, leykoformulaning chapga siljishi 

    5. eozinofil-bazofilli assotsiatsiya 

    1. Mielom kasalligida umurtka pogonasi jaroxatlanishiga

    1. umurtka tanasida destruktiv o'zgarishlar, 

    2. umurtka tanasi o'zgarmagan,

    3. umurtkalararo yoriklarning o'zgarishi, 

    4. bo'gim yuzasida tikanlar xosil bo'lishi,

    5. eroziv o'zgarishlar. 

    1. Surunkali limfoleykozni davolash. 

    1. Leykeran yoki siklofosfan. 

    2. Vinkristin+siklofosfan. 

    3. Rubomitsin+sitozar. 

    4. Sitozar+siklofosfan. 

    5. Mielosan. 

    1. Verl`golf kasalligida kon ketish turi? 

    1. petexiyali-dogli 

    2. gematomli 

    3. aralash (petexial-gematom) 

    4. vaskulitli-purpurali

    5. angiomatoz. 

    Download 100.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling