Belgilash olmoshi termini va yakkalikni, alohidalikni belgilashi reja: I bob. O‘zbek tilida olmosh so‘z turkumini o‘rganish asoslari


Download 139.5 Kb.
bet1/13
Sana02.11.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1740996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
01 Belgilash olmoshi termini va yakkalikni, alohidalikni belgilashi (Автосохраненный)




Belgilash olmoshi termini va yakkalikni, alohidalikni belgilashi


REJA:


I bob. O‘zbek tilida olmosh so‘z turkumini o‘rganish asoslari
1.1. Olmosh so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot va uning o‘zbek tilshunosligida o‘rni;
1.2. Olmosh so‘z turkumining ilmiy – metodik adabiyotlarda yoritilishi;
1.3. Olmoshlarda leksemalar turkumi va leksemashakllar tizimi.
II bob. Tilshunoslikda olmosh so‘z turkumi va uning yasalishi
2.1. Olmosh so‘z turkumi va uning derivatsiyasi
2.2. Olmoshning yasalishi
2.3. Boshqa turkumga oid so‘zlarning olmoshlarga ko‘chishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Olmosh – ot, sifat, son o‘rnida almashinib qo‘llanuvchi mustaqil so‘z turkumidir. Shuning uchun ham u olmosh. Ya’ni, almashmoq , boshqa so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanuvchi degan ma’nolarni bildiradi. Olmoshning asosiy ma’nosi shundaki, uning qaysi so‘z turkumi o‘rnida qo‘llanishi matnda oydinlashadi. Shundan kelib chiqadiki, o‘quvchi o‘z nutqida qay o‘rinda olmosh qo‘llanishini ajratib olishi kerak bo‘ladi. Bu esa bolaga olmoshni boshqa so‘z turkumlaridan bemalol ajratib olishni o‘ragatdi. Ularning ma’nosi noaniq va umumiy bo‘ladi. Olmoshlar ma’no va Grammatik xususiyatlariga ko‘ra, umumlashgan predmet, umumlashgan belgi, umumlashgan miqdorni bildiruvchi olmoshlarga bo‘linadi.
Olmoshlarning yana bitta muhim xususiyati shundaki, ularda boshqa so‘z turkumlariga o‘xshab yasalish xususiyati yo‘q, ular yasalmaydi. Olmoshlar ba’zi so‘zlarga qo‘shilib, boshqa so‘z turkumini hosil qilishi mumkin. Ularda otlarga xos xususiyat bor. Ya’ni, ular ot kabi turlanadi.
Ular gap ichida ot , sifat, son, ravish, ba’zan so‘z birikmasi va gap o‘rnida ham qo‘llana oladi. Ular aniq bitta lug’aviy ma’noga ega emasligi bilan boshqa so‘z turkumlaridan farq qiladi.
Olmoshlar ko‘pincha gap ichida quyidagi vazifalarda keladi:

  • Ega. – Hamma keldi.

  • To‘ldiruvchi. – Bizni tabriklang.

  • Aniqlovchi . – Shu kitobni bering.


Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling