Белгияда, бир марта сабабсиз сайловда иштирок этамаганлик учун
Download 192.12 Kb. Pdf ko'rish
|
oraliq 30 ballik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Белгияда, бир марта сабабсиз сайловда иштирок этамаганлик учун жарима тариқасида 50 евро жарима. Такроран бузилганда жарима € 125 га ошади. Тўртинчи "қатнашмасликдан" сўнг фуқаро ўн йил давомида овоз бериш ҳуқуқидан, шунингдек, давлат хизматида лавозим олиш имкониятидан маҳрум бўлади. Грецияда сайлов вақтида мамлакатда сайловчининг малакатда бўлмаслиги овоз бермаслик учун сабаб эмас. Сайлов вақтида чет элда бўлган фуқаролар олдиндан овоз беришлари талаб этилади. Иштирок этмаганлик учун жарималардан ташқари, жиддийроқ жазолар ҳам амал қилиши мумкин, жумладан, бир ойдан бир йилгача муддатга ҳибсга олиш ва озодликдан маҳрум қилиш, шунингдек унвонлар ва лавозимлардан маҳрум қилиш. 25 евродан 70 еврога қадар жарима солиш амалиѐти Италия, Германия, Австрия, Кипр ва Люксембургда ҳам мавжуд. Аргентинада эса, $20 дан $ 200 миқдорида сайловларда иштирок этмаганлик учун жарима, бундан ташқари жазо тариқасида уч йил давомида давлат идораларида ишлаш имкониятини маҳрум этадиди. Худди шундай амалиѐт Бразилияда ҳам мавжуд. Савол. Сизнингча, сайловларда иштирок этмаслик учун қайси давлатнинг энг “асосли” чоралари бор? Агар сайловларда мажбурий иштирок этишга қарши бўлсангиз, ўз позициянгизни асосланг.
Moraisning fikriga ko’ra, ovoz berish subyektiv jamoat huquqidir ammo baribir u vakillik demokratiyasida xalq suverentetida siyosiy va ijtimoiy funksiyasini yo’qotmaydi. Majburiy vazifa sifatida bu 18 yoshdan oshgan va 70 yoshgacha bo’lganlar uchun irodaning namoyonidir. Bizga taqdim etilgan muammoli vaziyatda saylovda qatnashmaganlik uchun turli xil davlatlarda ,,asosli’’ choralar ko’rilishi haqida fikr bildirilgan. Ayrim mamlakatlarda saylovda ishtirok etmaganlik uchun turli choralar ko’rilishi belgilangan. Avstraliyada saylovda ishtirok etmaslik uchun jarima solish nazarda tutilgan. Gretsiya va Turkiyada saylovda ishtirok etish majburiyat hisoblanib, ovoz berishda ishtirok etmagan fuqaro ozodlikdan mahrum etilishi kabi holatlar belgilab qo’yilgan. Braziliya hatto Pokistonda saylovda qatnashmaganlik uchun qamoq jazosi qo`llanishi ham mumkin. Braziliyada esa 18 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan fuqarolar saylovda ishtirok etishi majburiy hisoblanadi, saylovlarda qatnashmaganlik uchun jarima ramziy bo`lib, 1 dollar qilib belgilab qo’yilgan. Saylovlarda 16-17 yoshlilar hamfda 70 yoshdan oshganlar ham qatnashishi mumkin. Ushbu muammoli vaziyatni taxlil qilishda quyidagi savollarga javob berishni maqul deb topdik; 1. Saylov nima ? 2. Qaysi davlatlarda saylovda qatnashmaganlik uchun ,,asosli’’ choralari mavjud ekaligi haqida malumotlar mavjud? 3. Demokratik jamiyat tashkil etilayotgan bir davrda Saylovda qatnashmaganlik uchun majburlov choralarining belgilanishi qay darajada asosli? Yuqoridagi muammoli vaziyatni taxlil qilishda qanday qonun hujjatari va adabiyotlardan foydalanishimiz asosli. 1. Xalqaro davlatlar Konstitutsiyasi 2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 3. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 4. O’zbekiston Respublikasining saylov to’g’risidagi qonuni va boshqalar Avvalo biz fikrimizni saylov haqida qisqacha ma’lumot berishdan boshlasak. Fuqarolarning o`z saylov huquqini amalga oshirishi- ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylovlarda ovoz berish asosiy tadbir, saylovni ro’yobga chiqaruvchi usuli hamda xalq xohish- irodasini to’g’ridan to’g’ri namoyon qilish vositasidir. Saylov deganda odatda biror bir organni shakllantirish, mansabdor shaxsni lavozimiga kirishi uchun vakolat berishdagi ovoz berish
tushuniladi. Saylovni demokratiyasiz, demokratiyani saylovsiz tassavur etish qiyin. Bu ikki tushunchalar doimo birga yuradi. “Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov demokratiya degani demokratiya bu saylov degani. Ayrim mamlakatlarda saylov ishtirok etish majburiyat ekanligi shu mamlakatlarda “absenteizm”ning mavjudligidir. Saylov madaniyatining pastligi, saylov natijalariga qiziqmaslik, fuqarolarni saylovlarda ishtirok etmasligiga sabab bo’ladi. Absenteizm- saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig`ilishlarda va hakozoda qatnashishdan bosh tortish. Aholining o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. Absenteizm saylov tizimining nodemakratik ko`rinishiga qarshi aholi
noroziligining bir shakli, u erkin saylovlarda o`tkazilayotganda uchraydi. Absenteizmga qarsi salbiy va ijobiy sanksiyalar mavjud. Buning uchun turli davlatlarda turlicha cheklov va choralar mavjud. Ayrim mamlakatlarda saylovda ishtirok etishning majburiyligi belgilangan. Jumladan, Italiya Konstitusiyada saylovni amalga oshirish fuqarolik burchi deb belgilangan, uning qonunchiligida bunday holat yuz bersa jamoat izzasi qo’llanilishi belgilangan. Ayrim mamlakatlarda saylovda ishtirok etmaganlik uchun turli choralar ko’rilishi belgilangan. Avstraliyada saylovda ishtirok etmaslik uchun jarima solish nazarda tutilgan. Gretsiya va Turkiyada saylovda ishtirok etish majburiyat hisoblanib, ovoz berishda ishtirok etmagan fuqaro ozodlikdan mahrum etilishi ham mumkin. Saylovni burch sifatida belgilash va majburiy tus berish Belgiya, Gollandiya ayrim Lotin Amerikasi davlatlarida ham mavjud. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 147-moddasi “Saylov huquqining yoki ishonchli vakillar vakolatlarini amalga oshirishiga to’sqinlik qilish” –deb atalib, unda fuqarolarning saylash va saylanish, targ’ibot olib borish huquqlarini erkin amalga oshirilishiga zo’rlik ishlatish, qo’rqitish, aldash yoki og’dirib olish bilan to’sqinlik qilish jazolanishi belgilangan. Bu esa saylovda ixtiyoriy ishtirok etishning ta’minlashni muhim vositasidir. Endi fikrimizni bir nechta davlatlarda saylovda qatnashmaganlik uchun qanday ,,asosli’’ choralar mavjud ekanligi haqida to’xtalib o’tsak; demokratiya vatani
atalmish gretsiyada ovoz berishda qatnashmaslik uchun hatto saylovchining saylov kuni boshqa mamlakatda bo`lgani ham bahona bo`lolmaydi. Belgiyada uzrli sabablarsiz saylovda qatnashmalik uch marotaba takrorlansa 10 yilgacha saylovlarda qatnashish huquqidan mahrum etiladi. Avstriya, Kipr va Lyuksemburkda saylovlarda loqaydligi uchun saylovga qatnashmagan aholidan 25 yevroda 70 yevrogacga jarima undiriladi. Janubiy Osiyoning tanilgan mamlaatlaridan biri Pokistonda esa saylovdan bo`yin tovlaganlik uchun 60 dollarlik jarima undiriladi. Kazusda berilgan savolga etibor beradigan bo`lsak qaysi davlatning eng “ asosli” choralari bor deya tanqidiy tomondan tahlil qilish vazifasi qo’yilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlarda qo`llanilgan choralarning hech birini asosli emas ammo har davlatning o’ziga . Chunki keltililgan cheklashlar demokratik jamiyat talablariga zid hamda inson huquq va erkinliklariga qarshi qo`yilgan sanksiyalardir. Biroq ushbu sanksiya va cheklovlar qo`yilmasa, fuqarolar huquqiy ongga ega bo`lmasa, davlat boshqaruvida befarqlikka yo`l qo`yilsa ushbu davlat razolatga yo`l tutadi. Saylov demokratiyaning amaliy ifodasidir. Saylovlarning qanday tashkil qilinganligi, o’tkazilganligiga qarab, mamlakatdagi demokratiya darajasiga xalqaro miqyosida baho beriladi. Xulosa o’rnida shuni takidlashimiz joizki, Demokratiya hamma joyda bir xil. Uning umumiy tamoyillari hamma uchun tushunarli bu – demokratiyaning ajralmas qismi bo’lgan xalq hokimiyati, xalqning xohish- irodasi va ochiq, erkin saylovlardir. Bu oxir – oqibatda har qanda demokratiyaning eng yuqori pog’onasi bo’lgan fuqarolik jamiyatidir. Fuqarolik jamiyatida erkinlik mavjud bo’lishi zarur. Erkinlik deganda nafaqat tanlovda erkinlik, balki saylov jarayonlarida qatnashishda ham erkinlik ta`minlanganligini bildiradi. Saylovlardagi erkinlik va ixtiyoriylik faqat ovoz berishda, xohish- irodani bildirishda emas, saylovning barcha tadbirlarida amal qiladi. Konstitutsiyamizda esa aynan fuqarolarning burchlari keltirilgan, biroq ushbu bobda hech bir saylovda qatnashishni fuqarolik burch sifatida e`tirof etilmagan. Zeroki, O’zbekiston Prezidenti ilgari surgan Konsepsiyada saylovga to’la mazmunga ega quyidagicha tushuncha beriladi. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy normalarning nechog’lik demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo’lib, o’ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir” 1 .
1 Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirsh kоnsepsiyasi . -T.: О’zbekistоn. 2010-yil. 35-bet
Foydalanilgan adabiyotlar 1) O’zbekiston Respublikasining Konsititutsiyasi 2) O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 3) O’zbekiston Respublikasining saylov to’g’risidagi qonuni.
1) Lex.uz 2)
K arimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirsh kоnsepsiyasi . - T.: О’zbekistоn. 2010-yil. Download 192.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling