Bell-LaPadul modeli va mualliflik qoidalari


Download 215.51 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi215.51 Kb.
#1540170
1   2
Bog'liq
13-Ma\'ruza mashg\'uloti

Biba modeli. Ushbu model Bell-LaPadul modelining modifikatsiyasi bo‘lib, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Biba modelining bazaviy qoidalari quyidagicha ifodalanadi:


  1. Yaxlitlikning oddiy qoidasi” (Simple Integrity, SI). Ushbu qoidaga binoan subyekt o‘zining sathidan past yaxlitlik sathidan axborotni o‘qiy olmaydi. Yaxlitlikning uchta sathiga ega tizimda ushbu qoidaning amalga oshirilishiga mos axborot oqimlari sxemasi 4–rasmda keltirilgan.




4 -rasm. “Simple integrity” xususiyati uchun axborot oqimlari sxemasi.



  1. Yaxlitlik” (Property). Ushbu qoidaga binoan subyekt o‘zining sathidan yuqori yaxlitlik sathiga axborotni yoza olmaydi. Yaxlitlikning uchta sathiga ega tizimda ushbu qoidaning amalga oshirilishiga mos axborot oqimlari sxemasi 5–rasmda keltirilgan.









5-rasm. “-Property” xususiyati uchun axborot oqimlari sxemasi.



  1. Chaqiruv xususiyati” (Invocation Property). Ushbu qoidaga binoan subyekt yaxlitlikning yuqori sathidagi subyektdan servisni so‘ray olmaydi.

Ta’kidlash lozimki, Biba modelidagi yaxlitlik sathlarini ishonchlilik sathi sifatida qabul qilmoq lozim. Mos axborot oqimlarini esa axborotni ma’lumotlarning yuqori ishonchli majmuidan ishonchligi pastrog‘iga va aksincha uzatish kabi qabul qilish lozim.
Mantiqiy va fizik foydalanishlarni boshqarish. Foydalanishni boshqarishning mantiqiy vositalari infrastruktura va uning ichidagi tizimlarda mandat, tasdiqlash, avtorizatsiya va majburiyatlar uchun foydalaniladi. Ushbu komponentlar tizimlar, ilovalar, jarayonlar va axborot uchun foydalanishni boshqarish choralarini qo‘llaydi. Shuningdek, foydalanishni boshqarishning mazkur usuli dastur, operatsion tizim, ma’lumotlar bazasida ham qo‘llanilishi mumkin. Fizik foydalinishni boshqarish mexanik ko‘rinish bo‘lib, qulflanuvchi xonadan fizik foydalanishga o‘xshatish mumkin. Foydalanishni boshqarishni aslida mantiqiy va fizik turga ajratishning o‘zi noaniq hisoblanadi. Masalan, fizik nazoratlash odatda dasturlar, kartadagi chiplar va dasturiy ta’minot orqali ishlovchi elektrik qulflar orqali ishlaydi. Ya’ni, bu o‘rinda fizik foydalanishga mantiqiy deb ham qarash mumkin.
Mustahkamlsh uchun nazorat savollari.



  1. Bell-LaPadul modeli haqida ma’lumot bering.

  2. “Xavfsizlikning oddiy qoidasi” ni tavsiflab bering.

  3. “Xususiyat” qoidasini izohlab bering.

  4. “Qat’iy xususiyat” qoidasini tavsiflang.

  5. Biba modeli. Ushbu model Bell-LaPadul modelining modifikatsiyasi bo‘lib,

  6. “Yaxlitlik” qoidasini tavsiflang.

  7. “Chaqiruv xususiyati” qoidasini tavsiflang.

  8. Mantiqiy va fizik foydalanishlarni boshqarish deganda nimani tushunasiz?

Download 215.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling