Bemor sifatida quyidagi huquqlarga egasiz


Download 23.25 Kb.
bet2/5
Sana08.04.2023
Hajmi23.25 Kb.
#1342513
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bemor huquqlari. Aybsizlik prezumpsiyasi. Huquq fani

Aybsizlik prezumpsiyasi: Inson aybi isbotlanmaguncha aybdoremas!
Aybdorlik prezumpsiyasi: Inson aybdor, aksi isbotlanmagunicha!
Aybsizlik prezumpiyasi sudya, tergovchi yoki prokurorning shaxsiy fikrini bildirmaydi, xolis huquqiy xolatni anglatadi. Tergov organlari shaxsga ayb qoʻyish bilan uni ayblanuvchi) deb hisoblaydilar, lekin xali uning aybdorligini isbotlash lozim. Qonunga muvofiq, shaxsning aybdoligini belgilash ayblanuvchining qonuniy huquq va manfaatlari va ayblov dalillarining tekshirilishi samarali darajada kafolatlanadigan sud bosqichida ishni koʻrib chiqish orqali amalga oshirilishi kerak. Ayblanuvchi ayblov hukmining eʼlon qilinishi va uning qonuniy kuchga kiradigan vaqtgacha aybsiz hisoblanadi. Aybsizlik prezumpiyasi isbotlanishi mumkin boʻlmagan barcha gumonlar ayblanuvchining foydasiga xal boʻlishi kerak, yaʼni birovning jinoyat qilganlikda aybdorligi isbotlanmasligi uning aybsizligi isbotlanganligiga tengdir.

Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat huquqining muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi. Unga koʻra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Mazkur prinsipning yana bir muhim xususiyati shundaki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.


Aybsizlik prezumpsiyasi xalqaro huquq normalarida hamda milliy qonunchiligimizda oʻz aksini topgan. Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasida uning har bir shaxsga berilgan daxlsiz huquq ekanligi qatʼiy belgilab qoʻyilgan: „Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar taʼminlangan holda, ochiq sud majlisi yoʻli bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir“. Shuningdek, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi Xalqaro Paktda hamda Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Yevropa Konvensiyasida ham mazkur prinsipning alohida qoida sifatida belgilangan.


Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling