Bemorlarni diagnostik tekshiruvga tayyorlash, bemorlarni tekshirish usullari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
BEMORLARNI DIAGNOSTIK TEKSHIRUVGA TAYYORLASH, BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI
3-Rasm-Ko’krak qafasi assimetriyasi 19
13. Qorinni ko’rganda – asimmetriyasini, kattalashganligini, kindik atrofidagi venalarning kengayishi, “meduza boshi”. 14. Qo’l – oyoqlarni ko’rish. Barmoqlar “nog’ora tayoqchasiga” o’xshash bo’lishi, “o’lik barmoq” belgisi (Reyno kasalligida): venalarning varikoz kengayishi, trofik yaralar va h.k. Bemor vaziyati. Bemorning faol, passiv va majburiy holatlari farqlanadi. Faol holat kasallik hususiyatiga bog’liq emas. Passiv holat bemor o’ta ozib ketganda, o’ta holsizlikda, behushlikda kuzatiladi. Majburiy vaziyat odatda bemor o’zini ahvolini yngillatish uchun ma’lum bir holatni olish hisoblanadi. Ko’pincha bu og’riqni pasaytirish va harsillashni kamaytirish
20
uchun ma’lum holatga o’tadi. Masalan ,bronhial astma hurujida bemor stul chetiga yoki krovatga qo’li bilan tayangan holatda o’tiradi nafas chiqarishni yengillatish uchun. Yurakning chap qorincha yitishmovchiligida bemor harsillashni yengillatish uchun doimiy yarim o’tirgan ( ortopnoe) vaziyatni egallaydi. Umuman bemorni vaziyatini baholash, uning ahvolini og’irligini aniqlashda va diagnostikada ma’lum ahamiyatga ega. 21
4- Rasm- Ortopnoe vaziyati.
Tana tuzilishi. Tana tuzilishi (konstitutsiyasi) tana qismlarini bir-biriga nisbati. Tana tuzilishining quyidagi turlari ajratiladi. Astenik tur – odamning bo’y 22
o’lchamlari eniga nisbatan ustun. Qo’l – oyoqlari, ko’krak qafasi uzun. Ular ko’pincha ozg’in bo’ladilar. Ularda modda almashinuvi tezlashgan. Odatda bu odamlarda sil, me’da va 12 barmoq ichak yara kasalliklari ko’proq uchraydi deb hisoblaydilar. Giperstenik turda odamning bo’y o’lchamlariga nisbatan eni ustun turadi. Yuzi keng, bo’yni qisqa va yo’g’on, ko’krak qafasi keng, qovirg’alari deyarli gorizontal. Bu odamlarda ko’proq modda almashinuvi buziladi. O’t qopi va buyrakda tosh hosil bo’lishiga moyillik, hamda ateroskleroz, semirish va arterial gipertenziyaga moyillik bo’ladi. Normostenik turda gavda tuzilishi proporsional bo’ladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling