Bemorlarni diagnostik tekshiruvga tayyorlash, bemorlarni tekshirish usullari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
BEMORLARNI DIAGNOSTIK TEKSHIRUVGA TAYYORLASH, BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI
1 Hozirgi vaqtda ko’plab yangi tekshirish usullari ayniqsa asbob-uskunali tekshirishlar bo’lishiga qaramasdan, bemorni klassik tekshirish ya’ni so’rab-surishtirish va fizik usullar o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q u diagnoz qo’yishning asosi bo’lib qoladi. So’rab – surishtirish Birinchi marta bemorni tekshirish so’rab-surishtirishdan boshlanadi. 80% terapevtik bemorlarni tahminiy diagnozi so’rab bilish davomida qo’yiladi va keyingi tekshiruvlar maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Bemorni so’rab – surishtirish natijalari – anamnez hisoblanadi. Shuning uchun ko’pincha so’rab-surishtirish o’rniga “anamnez yig’ish” termini ishlatiladi. (grek. Anamnezis-eslash) anamnez yig’ish oddiy savol- 2 javobdan iborat bo’lmay, balki bemorni kasbiga, ruhiyatiga mos ravishda muloqot qilish demakdir, bu esa o’z navbatida bemorning ahvolini eyngillatishga olib keladi. Anamnez ma’lumotlarini grafik usullarida ifoda qilish maqsadga muvofiqdir. So’rab-surishtirish quyidagi qismlardan tashkil topgan: shikoyatlari, kasallik anamnezi: ( anmnezis morbi), hayot anamnezi (anamnezis vitae). Bemorni anamnezini o’rganishdan maqsad, diagnoz, qo’yish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni olish, kasallik og’irligini baholash, ular bilan o’zaro ishonchli muloqot o’rnatish, bemor shahsini va uning o’z kasalligiga bo’lgan munosabatini baholashdan iborat.
3 Ayrim bemorlar o’z kasalliklariga befarq bo’lganliklari uchun hamma shikoyatlarini aytavermaydilar, bunday bemorlarga qo’shimcha savollar berib shikoyatlarini aniqlashga to’g’ri keladi. Bemor shikoyatlarini qaysi biri asosiy va qaysi biri qo’shimcha ekanligini darhol aniqlab olish qiyin. Odatda bemor uchun eng katta ahamyatga ega bo’lgan shikoyat asosiy hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, ba’zan bunday shikoyatning asosiy kasallikga dahli bo’lmasligi mumkin. Ba’zida bemorlar umuman shikoyat qilmasliklari mumkin, ularning kasalligi tibbiy ko’rikdan o’tganda aniqlanadi. Shikoyatlar ichida og’riq eng ko’p uchraydi va u alohida o’ringa ega. Agar bemor og’riqqa shikoyat qilsa u holda quyidagilarga etibor berish kerak: 4 - og’riqning joylashishi - og’riq hurijlimi yoki hurijsizmi - paydo bo’lish vaqti va sababi - og’riq jadalligi - uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar - og’riqni tarqalishi ayniqsa og’riqni funksional yuklamaga bog’liqligini aniqlash katta ahmiyatga ega. Kasallik anamnezi 5 Hozirgi kasallik anamnezini aniqlash (anamnezis morbi), bemor shikoyatlarini o’ragnish bilan bog’liq. Bunda quyidagilarga ahamiyat berish kerak.
6
Kasallikni boshlanish vaqti. Qachondan beri o’zini kasal hisoblaydi: vrach bemor yordamida kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lishidan boshlab, hozirgi vaqtgacha bo’lgan o’zgarishlarni kuzatishi kerak. Zo’rayish vaqtlari va uning tezligi. Bemor fikri bo’yicha kasallik yoki uning zo’rayishining sabablari. Ilgari o’tkazilgan tekshiruvlar va muolajalar: invalidligi va h.k. Hayot anamnezi (anamnezis vitae) umumiy harakterga ega: tug’ilgan joyi, ma’lumoti, turmush tarzi, oilaviy sharoiti, boshdan kechirgan kasalliklar (dorilarga allergiyasi, sil kasalligi, sariq (gepatit, teri-tanosil kasalliklari). Irsiy kasalliklarni so’rash alohida o’rinni egallaydi: Ota-onasini nima 7 kasallikdan o’lganigi, masalan: qandli diabet, arterial gipertenziya, ateroskleroz, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, havfli o’smalar va h.k. Kasbiy anamnezida chang, bug’ bilan hafas olish, vibrasiya, nurlanish kabi omillarga ahamiyat berish kerak. Anamnez yig’ishda zararli odatlari ham muhim o’rin tutadi, ayniqsa alkolizm, tamaki chekish va hozirgi kunda narkotiklarni qabul qilish ko’payib bormoqda. Yuqorida keltirilgan narsalarni miqdorini aniqlash ham muhim. Masalan: bir kunda nechta dona sigaret chekadi, yoki qancha spirtli ichimlik ichadi. Jinsiy anamnezida ayollarda oy ko’rishni muntazamligini, og’riqligini,
8 homiladorlikni kechishini, nechta tuqqanligini, necha marta bola oldirganligini, qanday kontraseptiv vositalar qo'llaganligini aniqlash kerak.. Bemorni turmush sharoitini ham so’rash lozim. Uyining sovuqligi, namligi, ovqatlanish, jismoniy faolligi, oilaviy munosabati va h.k. bundan tashqari bemorning ruhiy holatini ham hisobga olish kerak.
9 Umumiy va tana soxalari bo’yicha ko’zdan kechirish Bemorni ob’ektiv tekshirish usullari.
10
Bu usullar orqali vrach o’zining sezgi a’zolari bilan kasallik diagnostikasi, uning prognozi haqida zarur malumotlarni olishi mumkin. Ob’ektiv tekshirish usullariga ko’zdan kechirish , paypaslash (palpasio), tukillatish (perkussio), eshitish (auskultasio), hamda qo’shimcha laborator-asbob uskunali aniqlashlar kiradi.Umumiy ko’zdan kechirish odatda tana qismlarini ko’rish bilan birga olib boriladi. Ko’zdan kechirish bemorni birinchi ob’ektiv tekshirish usuli bo’lib hisoblanadi. Bemorni ko’zdan kechirganda sinchkovlik ziyraklik va vrachning shahsiy tajribasi katta rol o’ynaydi. Ko’rish uchun yana bir muhim sharoitlar-dan biri bemor uchun qulay vaziyat yaratish, honalar iliq bo’lishi, u uzoq vaqt yechingan holatda bo’lmasligi, noqulay vaziyatda bo’lmasligi va h.k. Ko’zdan kechirish
11
odatda tabiiy yorug’likda o’tkaziladi, chunki ayrim vaqtlarda sun’iy elektr chirog’ida ko’rilsa teri rangini o’zgarishini aniqlay olmay qolishimiz mumkin, bu esa diagnoz qo’yishda hatolikka olib keladi. Umumiy ko’zdan kechirishda quyidagilarni aniqlash mumkin: bemorning umumiy holati, es-hushi, vaziyati, tana tuzilishi ( konstitusiya ), yuz ifodasi, mijozini (ruhiy hususiyatlari), haroratini va antropometrik ma’lumotlarini. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o’rtacha og’irlikda, og’ir, o’ta og’ir va agonal bo’lishi mumkin.
12
Es-hush markaziy nerv sistemasida bo’ladigan o’zgarishlarga bog’liq. Bu o’zgarish bosh miya kasalliklarida yoki ichki a’zolar kasalliklarining asoratlaridan kelib chiqishi mumkin. Es-hushi pasayishi mumkin yoki o’zgarishi kuzatiladi. Es-hushning pasayishi-ruhiy, intelliktual, harakat faolliklarining sekinlashishi bilan kechadi. Es-hushi pasayishi turlari: Es – hushning qorong’ulashishi (karahtlik): es-hushi qisqa muddatda kirar- chiqar bo’lib qoladi. Sopor-es-hushi qorong’ulashining chuqur darajasi, bu vaqtda faqat og’riq reflekslari saqlanib qoladi, qolgan ta’surotlarga javob bo’lmaydi.
13
Stupor – serrayib qotib qolish, bemor bu holatdan chiqqanda, savollarga fikirlamay, ytarlicha o’ylamay javob beradi.. Koma – MNS fapliyatini chuqur pasayib ketishi – bu vaqtda bemor tashqi tasirotlarga javob bermaydi, hamma reflekslar yoqoladi. Komatoz holatda ichki a]zolarning og’iz shikastlanishlari olib keladi. Eng ko’p uchraydigan komatoz holatlarga quyidagilar kiradi: uremik, jigar komasi, diabetik ( ketoasidotik, gipoglikemik), bosh suyagi va miya shikastlanishidagi hamda olkogolli komalar. Bemor koma holatida uchratilsa uni komadan chiqarish uchun tez chora tadbirlar ko’rilishi kerak. Qisqa vaqtli es-hushni yo’qotish hurujlari sinkope deyiladi. Bu holat qisqa vaqt bo’ladigan bosh miya gipoksiyasidan kelib chiqadi. Bularga vazo-
14
vazal, ortostatik, kardiogen behushliklarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Umumiy ko’zdan kechirish tartib bilan olib boriladi. 1.bemorning vaziyati (faol, passiv, majburiy) 2.tana tuzilishi (konstitiusiyasi) – normastinod, astenik, gipestenik. 3.Yuz ifodasi – har hil kasalliklarda hilma-hil yuz ko’rinishini ko’rishimiz mumkin. “jabrlangan yuz “, “Korvizar yuzi”, “mitral yuz”, “nefritdagi yuz”, “hippokrat yuzi”, “oysimon yuz”, “bazedov yuzi”, “maskasimon”, mimikasiz yuz, asimmetrik yuz va h.k.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling