РЕФЕРАТ - Выполнила: Кадырова Г.
- Принял: Бутаев Х.
- Группа:32-11
- REJA
- 1 Bemorni parvarish qilishning ahamiyati.
-
- 2. Tibbiy hаmshirаning vazifalari
- 3 .Bemor yotgan xonaning sanitariya-gigiyenasi.
1.Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. Parvarish davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u bemor ahvolini yengillashtirishga, sog‘ayishiga ishonch uyg‘onishiga imkon beradi. Shu bilan birga davolanish jarayonining muvaf-faqiyatli o‘tishini ta’minlaydigan tadbirlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Parvarishni uy sharoitida bemorning qarindosh-urug‘lari olib borsa, shifoxona sharoitida tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot xodimi olib boradi. - 1.Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. Parvarish davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u bemor ahvolini yengillashtirishga, sog‘ayishiga ishonch uyg‘onishiga imkon beradi. Shu bilan birga davolanish jarayonining muvaf-faqiyatli o‘tishini ta’minlaydigan tadbirlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Parvarishni uy sharoitida bemorning qarindosh-urug‘lari olib borsa, shifoxona sharoitida tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot xodimi olib boradi.
- Parvarish qilish 2 turga bo‘linadi:
- - Maxsus parvarish. Bunda muayyan kasalliklar: jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda olib boriladi.
- - Umumiy parvarish. Parvarishning bu turi kasalliklar xarakteriga aloqador bo‘lmagan hollarda o‘tkaziladigan tadbirni o‘z ichiga oladi( ichki kasalliklar, ko‘z kasalliklari va boshqa).
2. Tibbiy hаmshirаning vazifalari: - 2. Tibbiy hаmshirаning vazifalari:
- 1.Dorilarni ichirish, in’ektsiya qilish, tomizish, surtish va hokazo.
- 2.Xantal, banka, kompress qo‘yish, ingalatsiya qilish, me‘dani yuvish, klizmaning har-xil turlarini bajarish, zuluk qo‘yish va boshqalar.
- 3.Shaxsiy gigiyena tadbirlarini o‘tkazish. Bemorni yuvintirish,yotoq yaralarning oldini olish, ich kiyimlari va
- choyshablarini almashtirish, ovqatlantirish va tabiiy zaruriyatlarda og‘ir bemorga yordam ko‘rsatish.
- 4.Bemor yotgan xonada sanitariya-gigiyena sharoitini ta’minlash.
- 5.Tibbiy hujjatlarni to‘ldirish.
- 3.Bemor ruhini tetiklashtirish:
- - Bemor bilan xushmuomalada bo‘lish, uning kayfiyatini ko‘tarish.
- - Bemor iltimoslarini iloji boricha o‘z vaqtida bajarish.
- - Gazeta va jurnallar o‘qib berish.
- - Bemorning sog‘ayib ketishiga ishonch uyg‘otish.
4. Bemorning shaxsiy gigiyenasi. - 4. Bemorning shaxsiy gigiyenasi.
- 1.Bemorni yuvintirish.
- 2.Teri, soch, ko‘z, quloq, burun, og‘iz bo‘shlig‘i va tirnoqlarni parvarishlash.
- 3.Kiyimlari, choyshablarini almashtirish.
- Yotoq yaralarning oldini olish.
- 5.Yotoq yara va uning oldini olish. Bemorning uzoq vaqt qimirlamasdan yotishi tufayli badan terisida paydo bo‘ladigan yaraga yotoq yara deyiladi.
- Oldini olish:
- 1.Bemor terisini o‘z vaqtida parvarish qilish.
- 2.Iloji boricha bemor ahvoliga qarab kuniga yoki kunora o‘ng yoki chap yonga ag‘darib turish.
- 3.Ovqatlantirilganda bemor to‘shagiga ovqat qoldiqlarining tushishiga yo‘l qo‘ymaslik.
- 4.Kiyimlari va choyshablarining bukilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik
- 5.Bel-dumg‘aza sohasiga rezina chambar qo‘yish, shu sohalar terisiga vazelin, spirt surtish.
- 6.Teri qizargan yoki yara paydo bo‘lgan bo‘lsa, tibbiy muolajalar yordamida davolash.
6.Bemor yotgan xonaning sanitariya-gigiyenasi. Bemor yotgan xonaning tozaligi, harorati va havo rejimini tibbiyot hamshirasi nazorat qiladi. Xonani va undagi jihozlarni kuniga 2-3 marta dezinfeksion eritmalar: xloramin, xlorli ohak, toza suv bilan namlab artiladi. Xona harorati 20-22° da bo‘lishini ta’minlash zarur. Bundan tashqari xonaning deraza va eshiklarini ochib vaqti-vaqti bilan shamollatib turish lozim. - 6.Bemor yotgan xonaning sanitariya-gigiyenasi. Bemor yotgan xonaning tozaligi, harorati va havo rejimini tibbiyot hamshirasi nazorat qiladi. Xonani va undagi jihozlarni kuniga 2-3 marta dezinfeksion eritmalar: xloramin, xlorli ohak, toza suv bilan namlab artiladi. Xona harorati 20-22° da bo‘lishini ta’minlash zarur. Bundan tashqari xonaning deraza va eshiklarini ochib vaqti-vaqti bilan shamollatib turish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |