Ginekologik muolajalar.
YO’RIQLI-TEXNOLOGIK XARITA
Tavaqali qin ko’zgusi yordamida tekshirish
Ko’rsatma: Homilador va ginekologik bemorlarni tekshirish.
Kerakli jihozlar:
Ginekologik kreslo, qoshiqsimon yoki tavaqali ko’zgular, tug’ruq tarixi,
paxta shariklar,
iliq suv, sovun,
steril salfetkalar,
quruq sochiqlar, steril rezinali qo’lqop, 0,5% li xlorli eritma.
Bajarilish tartibi:
1. Tekshiruvchi qo’llari iliq suvda sovunlab yuviladi.
2. Steril sochiq yoki salfetkada artib quritiladi.
3. Steril rezina qo’lqoplar kiyiladi.
4. Chap qo’lning ko’rsatkich va bosh barmoqlari bilan jinsiy lablar keriladi.
5. Tavaqali ko’zgular-yumilgan xolda jinsiy yoriq orqali qinga kirgiziladi.
6. Ko’zgular qinning o’rtasigacha kirgizilib, ko’ndalangiga buriladi.
7. Ko’zgular qin gumbazlarigacha suriladi va tavaqalari ochiladi.