Ginekologik muolajalar. Yo’riqli-texnologik xarita tavaqali qin ko’zgusi yordamida tekshirish Ko’rsatma


Download 130.5 Kb.
bet3/9
Sana05.01.2022
Hajmi130.5 Kb.
#221802
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
гинекологик муолажалар

YO’RIQLI-TEXNOLOGIK XARITA
Qoshiqsimon qin ko‘zgusi yordamida tekshiruv o‘tkazish

Kerakli jihozlar: Ginekologik kreslo,akusherlik modeli,dezinfeksi-yalovchi eritma,rezina qo’lqop,steril klyonka,qoshiqsimon ko'zgu,kornsang,steril paxta sharchalar

Amaliy ko’nikma harakat algoritmi

  1. Аyolgа tеkshiruv maqsadi vа qаndаy o`tkаzilishi tushintirilаdi, roziligi olinadi.

  2. Hamshira qo’lini yuvib zararsizlantirgach, ikkacha qo'liga rezina qo'lqop kiyadi.

  3. Ginekologik kresloga steril kleyonka to'shaladi.

  4. Homilador ayol yechingan holda ginekologik kresloga yotqiziladi.

  5. Hamshira о ng ko'liga qoshiqsimon ko'zguni oladi.

  6. Chap qo'lning ko'rsatkich va bosh barmog'i bilan jinsiy lablar ochiladi.

  7. Ko'zgu qinning orqa devoriga joylashtiriladi va oraliq salgina bosib turiladi.

  8. Orqadagi ko'zguga parallel holda qinning oldingi devoriga yassi ko'targich ko'zgu kiritiladi va qinning oldingi devori ko'tariladi.

  9. Ko'zgu kiritilgandan so’ng bachadon bo'yni va kanalining tashqi teshigi yaxshilab kozdan kechiriladi.

  10. Ko'zgularni qindan chiqarib olishda qin devori, shilliq pardaning rangi, burmalariga e'tibor beriladi.

  11. Ko'zgular qindan chiqarilib, 0,5% li xloramin eritmasida; 5 daqiqa zararsizlantirilgach, yuvib quritiladi va biksga joylanib sterilizatsiyaga jo’natiladi.


Eslatma:Qinni ko’zgular bilan tekshirishda tavaqali,qoshiqsimon va silindrik ko’zgulardan foydalaniladi.


Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling