Bemorlarni sharqona tabobat uslubida parvarish qilish. Hammom, tuz, kum ta`siri: ko`rsatma va monyelik


Download 14.38 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi14.38 Kb.
#1335133
Bog'liq
7. Bemorlarni sharqona


Bemorlarni sharqona tabobat uslubida parvarish qilish. Hammom, tuz, kum ta`siri: ko`rsatma va monyelik.

Hammomning tabiiy ishi odamni o`z havosi bilan qizdirishi va o`z suvi bilan ho`llashidir. Hammomning birinchi xonasi sovituvchi va ho`llovchi bo`ladi, ikkinchisi qizdiruvchi va ho`llovchi, uchinchisi qizdiruvchi va qurituvchi bo`ladi. Agar hammomning suvi juda issiq bo`lsa, teri teshiklarini toraytiradi va natijada namlik badanga o`t maydi, bunda ularning tarqalishi ham yaxshi bo`lmaydi. Hammomning suvi ba`zan qizdiradi, ba`zan esa sovutadi.


Agar suvning issiqligi qaynoqlikka yaqin bo`lsa, bunday suv o`z issiqligi bilan qizdiradi. Agar suv kam isigan bo`lsa, sovo`tadi va ho`llaydi. Bu holat sovuq suv bilan xuqna qilinganda ham bo`ladi. Chunki xuqna gavdaga sovuq holda kirsa, Hammom havosidan olinadigan issiqlikni kamaytiradi va uni ichki a`zolarga to`playdi. Hammom ba`zan xiltlarni yeritib tarqatish bilan qizdiradi. Agar Hammomga tushgan kishida ovqat hazm bo`lmagan bo`lsa va unda birorta sovuq va etilmagan xilt bo`lsa, Hammom buni hazm qilib etiltiradii.
Ba`zan quruq Hammom qabul qilinadi, chunki u quritadi va istisqoli, bo`sh badanli kishilarga foyda qiladi, ba`zida esa ho`l Hammom qabul qilinadi, u tanani ho`llaydi. Ba`zida Hammom nahorda va bo`sh me`daga qabul qilinadi, shunda u gavdani juda quritib, ozdiradi va zaiflashtirib yuboradi.
Ba`zan esa Hammom to`yishdan sal o`t gandan keyin qabul qilinadi. Shunda u moddani gavdaning sirtiga tortish bilan semirtiradi, lekin u a`zolarga me`da va jigardan hali etilmagan ovqatni tortish bilan tiqilmalar paydo qiladi. Ba`zi vaqtda birinchi hazmning oxiri va me`da bo`shashidan oldin iste`mol qilinadi. Bu foydali bo`lib, mo``tadil darajada semirtiradi.
Hammomning ko`p foydali tomonlari bilan birga zararli tomonlari ham mavjud.
U zaiflashgan a`zolarga chiqindilarning quyilishini osonlashtiradi. Badanni bo`shashtiradi, asabga zarar etkazadi, tug`ma issiqlikni tarqatadi, ishtahani pasaytiradi va jinsiy aloqa quvvatini zaiflashtiradi.
Hammom o`zidagi suvlarga qarab turli fazilatlarga ega bo`ladi. Agar suvga tabiiy ravishda soda aralashgan bo`lsa yoki u dengiz suvi bo`lsa, yoki unda qo`l moddasi bo`lsa, yoki u sho`r bo`lsa, bunday suv moddalarni yeritib tarqatadi va yumshatadi. Tana g`ovakligini va semizlikni yo`qotadi. Moddalarning yaralarga quyilishiga yo`l qo`ymaydi va rishta kasalligiga duchor bo`lganlarga foyda qiladi.
Misli, temirli va sho`r suvlar sovuq va ho`l kasalliklarga, bo`g`im og`riqlariga, bo`shashishga, buyrak kasalliklariga foyda qiladi. Singan joylarning bitishini kuchaytiradi. Yiringli shishlar va turli yaralarga ham foyda qiladi. Misli suvlar og`iz yaralariga, tilchadagi chiqiqlarga, ko`z qovog`ining tushishiga, quloqdan yiring oqishiga foyda qiladi. Temirli suv esa me`da va taloqqa foyda qiladi.
Achchiq toshli suvlar isitib cho`milganda qon tupurish, bavosir, hayzdagi qon ketishi, sababsiz bola tashlash va haddan tashqari ko`p terlashga foyda qiladi. Oltingugurtli suv esa asablarni tozalaydi, tortishish va tirishishdagi og`riqlarni bosadi, gavda sirtini yomon va uzoqqa cho`ziladigan yaralar va toshmalardan, yomon dog`lardan, sepqildan tozalaydi.
Bo`g`im xastaliklarida, taloq va jigarga quyiladigan chiqindilarni tarqatadi, bachadon qattiqligiga foyda qiladi, lekin me`dani bushashtirib, ishtaxani kamaytiradi. Issiq quyoshda badanni qizdirish xususan u tez yurish va chopish kabi kuchli Harakat lar vaqtida bo`lsa, chiqindilarni kuchli ravishda yeritib tarqatadi, tyerlatadi, qorin ko`pchishini yo`qotadi, gavda bo`shashgandagi va istisqodagi shishlarni tarqatadi.
Agar tana kuyoshdan ta`sirlansa, dag`allashadi, qurib yoriladi va qorayadi, shunda tana teshiklarining og`zi go`yo kuyadi va tarqalishiga yo`l qo`ymaydi. Quyoshda bir joyda o`t irib toblanish, ko`chib yurishga qaraganda terini kuchliroq kuydiradi.Bunda moddalarning tarqalishiga qarshilik ko`proq bo`ladi.
Teri atrofidagi namliklarni ko`proq quritadigan qumlar dengiz qumlaridir. Ba`zan u issiq bo`lsa, unda o`t irish, ba`zan esa badanni ko`mish mumkin bo`ladi. Zaytun yog`i uzoq cho`ziladigan sovuq isitmalarga foyda qiladi.

Xalq tabobati kasallikni yo'qotishga qaratilgan. Bu davrda tabiblar nazariy bilimga ega bo'lmagan va kasallikni sababi hamda uning kechishi jarayoni bilan qiziqishmagan. Ular ba'zi kasalliklarning belgilarini aniqlashgan (yara, qorinda og'rik, tomoqda og'riq, va b.) va ularni mumkin bo'lgan yo'llar bilan davolashgan.


Kasallik belgilari orqali tabiblar quyidagi kasalliklarni aniqlashgan: qizamiq, bosqi, tepki, angina (miyakak), noma (el) difteriya (bo'g'ma), stomatit (og'iz og'rig'i), dispepsiya (chillashir), malyariya (bezgak), flegmona (xo'ppoz), furunkul (chipqon), lishay (temiratki), ekzema (go'sht yara), drakunkulez (rishta), pendinskaya yazva (yomon jaroxat) va boshqalar [3].
Belgilariga qarab ba'zi ichki kasalliklar va jarrohlik kasalliklarini ham aniqlashgan: gastrit (me'da kasalligi), o'pka yallig'lanishi (zotiljam), grija (churra), gemorroy (bovosil) va boshqalar. Bunday kasalliklarni davolashda quyidagi usullardan foydalanishgan. Ulardan bir nechtasini keltirib o'tamiz: qorin og'rig'I uchun opiy, reven, anor po'stining damlamasi, achchiq choy, yengil ovqat davo sifatida ishlatilgan. Nafas yo'li kasalliklari uchun esa lavlagi sharbati, dushitsa damlamasi va asaldan foydalanishgan; bezgak xastaligini davolashda esa anor po'stining damlamasi ishlatilgan.
Yana bir qancha kasalliklarning davosi xaqida gapirib o'tamiz. Masalan: chipqon chiqqan joyga qo'y yog'i so'rkab yara pishib yorilgunga qadar bog'lab qo'yishgan. Odamlarda toza va iflos yaralar haqida tushuncha bo'lgan. Yangi kesilgan va teshilgan yaralarga kul sepishgan. Kul birinchidan qonni to'xtatgan, ikkinchidan steril bo'lganligi sababli yarani yiringlamasdan bitishida yordam bergan.
Xonlik davrida xalq tabiblari ichida o'ziga xos ixtisoslashtirish bo'lgan. Masalan: uqalovchilar, teri bilan shug'ullanuvchilar, qon oluvchilar, rishtani davolovchilar, tish doktorlari va boshqalar. Shuni aytib o'tish kerakki, xalq tabiblari bir necha asrlik orttirilgan tajribaga asoslanib, sog'liqni asrash va kasalliklarni oldini olish maqsadida bir qator gigiyenik qoidalarni ishlab chiqishgan.
Ular orasida asosiy rol hammomga qaratilgan. Hammomda cho'milish sog'liqni saqlash va kuchaytirishda kerakli yo'l deb hisoblangan[4]. Gigenik qoidalardan yana biri ovqatlanishdan oldin va ovqatlangandan keyin, badanni sochli qismlarini tozalash, tishlarni tozalash va qo'l yuvishdir. Bu ba'zibir kasalliklarni oldini olgan. Bu kasalliklar zamonaviy tibbiyotda femoz va parafemoz deb nomlanadi.
Shu vaqtda yirik shaharlardagi madrasa va bozorlarda qobiliyatli tabiblar bemorlarni o'z kulbasida qabul qilganlar, o'zlari tayyorlagan va sinalgan dori vositalari bilan shifo berishga harakat qilganlar. Ularning ayrimlari tibbiy qo'lyozmalarning qadrini bilgan va ulardan foydalanganlar ham. O'ta qobiliyatli va nomi chiqqan tabiblar Xivaga xon saroyiga chaqirilgan yoki xizmatidan badavlat odamlar foydalangan. Asksariyat fuqarolar deyarli tibbiy xizmatni olishga imkon topmaganlar. Nochorlikda odamlar umrini yolg'iz yaratgandan iltijo qilib, salomatlik va kasallik orasida o'tkazganlar. Mazkur holat XIX-asrning ikkinchi yarmigacha saqlanib turgan.
Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin. Xar bir davda har bir xalqning tabiblari bo'lib, ular kasalni davolash usuliga qarab: siniqchi, cho'pchi, tepguvchi, isbandchi va shu kabi turli nomlar bilan atalishgan. Bunday tabiblar kasallikni belgilariga qarab aniqlashgan va turli xil dorivor giyohlar yordamida surtiladigan, ichiladigan dorilarni tayyorlashgan. Bunday davolash usullari qadimgi davrdan to xozirgi kungacha etib kelgan.
Download 14.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling