Malhamlar Unguentum


Download 18.64 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.64 Kb.
#241332
Bog'liq
surtmalar haqida


Malhamlar - Unguentum, ya’ni surtma dorilar asosan sirtga ishlatiladigan yumshoqdori shakllaridir. Malhamlar 2 turda bo'ladi: ofitsinal va magistral. Magistral malhamlar shifokor ko'rsatmasi bilan dorixonalarda tayyorlanadi, ofitsinal malhamlar esa farmatsevtika zavodlarida ishlab chiqariladi. Malhamlar tarkibiga dori moddalaridan tashqari, yopishqoqlik xususiyatini beradigan asoslar kiradi. Asoslar sifatida vazelin, lanolin, cho'chqa yog'i va boshqalar ishlatiladi. Davolashda qo'llanadigan malhamlardan tashqari, terini oziqlantiruvchi, himoya qiluvchi vakosmetik malhamlar mavjud. Malhamlar surtiladigan va shikastlangan joyning kattakichikligiga qarab, 20-100 g, ko'zga surtiladigan malhamlar 5-10 g dan yozib beriladi. Agar malham tarkibi bitta moddadan iborat bo'lsa - oddiy,

bir necha moddalardan iborat bo'lsa - murakkab malham deyiladi.


Surtma – asos va asosda bir xil tarqalgan biofaol moddadan iborat. Surtmalar tarkibiga – turg‘unlashtiruvchilar, YUSM, konservantlar va boshqa yordamchi moddalar kiradi.

Surtmalarni qadimiy dori turiga kiritish mumkin, ular haqida Gippokrat, Galen hamda Ibn Sino o‘z asarlarida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tgan. Surtmalar tibbiyotda turli sohalarda jumladan dermotalogiya, otolorin gologiya, jarohlik, ginekologiya va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Hozirgi vaqtda ularni alohida ichki a’zolarga ta’sir ettirib davolash, kasallikni oldini olish va tashxis qo‘shish maqsadida ham ishlatilmoqda. Bundan tashqari turli farmakologik ta’sirga ega bo‘lgan guruhdagi moddalardan ham surtmalar tayyorlanmoqda. Yumshoq dori turlari konsistensiyasi, qovushqoqligi va tarangligi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi; surtma, pasta, krem, gel va linimentlar.

Surtmalar quyidagicha tasniflanadi: ishlatilishi bo‘yicha, ta’sir mexanizmi hamda dispers muhiti bo‘yicha.

1.Ishlatilishi bo‘yicha – dermatologik, burun uchun, stomatologiyada ishlatish uchun, rektal, vaginal va uretral surtmalarga bo‘linadi.

2. ta’sir mexanizmi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi.

a) maxalliy ta’sir – terining epidermis yuqori qavatiga ta’sir etadi masalan, dermatol, sink, kseroform va xakozo.

b) rezorbtiv ta’sirli – terining chuqurroq qismiga yoki shilliq qavat orqali qon aylanish sistemasiga, limfaga o‘tib tanaga yoki tananing ma’lum qismiga ta’sir etadi. masalan, “nitrong” va hakozolar.

3.Dispers muhit (sistema) bo‘yicha gomogen va getrogen guruhlarga bo‘linadi.

Gomogen surtmalar – bularda dori modda asosda eritma holida tarqalgan bo‘lib, ular surtma – qotishma, surtma eritma va ekstraksion surtmalar bo‘ladi. Getrogen surtmalarga suspenzion, emulsion va aralash turdagi surtmalar kiradi. Suspenzion surtmalar: a) ikki fazali sistemalar, b) uch va ko‘p fazali sistemalarga bo‘linsa, emulsion surtmalar esa: suv/yog‘ tipidagi emulsion surtmalar, yog‘/suv tapidagi emulsion surtmalar kiradi.

Surtma dorini tayyorlashda ishlatilgan asosga qarab ular quyidagicha tasniflanadi: gidrofob asosli surtmalar; gidrofil asosli surtmalar; emulsion (difil) — asosli surtmalar a) suv/yog‘ tipidagi emulsion asosli surtmalar; b) yog‘/suv tipidagi emulsion asosli surtmalar.

Gomogen surtmalarga biofaol moddalarni asosda eritish bilan tayyorlangan yog‘li surtmalar, hamda moddalarni surtma asoslari tarkibiga ekstraksiya yo‘li bilan kiritilgan surtma turlari kiradi, Surtmalarning bu guruhi dori moddalar va surtma asoslari o‘rtasidagi oraliq fazasining yo‘qligi bilan ifodalanadi. Biroq bunday surtmalarni to‘liq gomogen sistema deb qarash xatolikka olib kelishi mumkin, chunki surtma asoslarning o‘zi turli xil mikro-va ultramikrokristallik qo‘shimchalardan iborat bo‘lishi mumkin. Surtma suspenziyalar tarkibiga esa suv hamda yog‘da erimaydigan biofaol moddalar kiradi. Ba’zan suvda yaxshi eriydigan biofaol moddalar jumladan, rux sulfat, rezorsin, simob dixlorid kabi moddalar surtma tarkibiga suspenziya yo‘li bilan kiritiladi, chunki, bunday moddalar suvda a eritib kiritilsa, teriga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan biofaol moddani erishi uchun ko‘p miqdorda suv talab qilinganda (bor kislotasi va natriy tetraborat) surtma tarkibiga suspenziya yo‘li bilan kiritiladi.Suspenzion surtmalar tarkibida bitta va undan ortiq dori moddalar bo‘lishi mumkin, lekin ularning har biri o‘z oraliq faza chegarasiga egadir. SHunday holatlarda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko‘p fazali sistemalarga bo‘linadi.

Emulsion surtmalar texnologiyasida tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida eruvchi dori moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi natijada hosil bo‘lgan surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo‘lib, undagi dispers muhit moyli asos hisoblanadi.Emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular etarli darajada yuqori dispers va turg‘un bo‘ladi. SHunday surtmalar ham borki, ular dispers muhitning yuqori qovushqoqligi sababli turg‘undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat bo‘ladi.

Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan eritma va suspenziya yoki eritma,suspenziya va emulsiya muhitlardan iborat bo‘ladi.

Surtmalar dori moddaning qo‘shilishi, dispersligi va asosda tarqalishi bo‘yicha qo‘yidagicha tasniflanadi gomogen va geterogen suspenzion, emulsion va aralashma. Gologen surtmalarga – qotishma xolidagi surtma, eritma holidagi surtma.

Qotishma holidagi surtma 2 yoki undan ko‘p suyuladigan hamda o‘zaro eriydigan aralashmadan iborat.

Eritma holidagi surtma – dori modda asosda erigan bo‘ladi. (uchuvchan moddalar) maz tarkibiga kirgan bo‘lsa oxirida qo‘yiladi. Rp Unguenti Camphocae 30,0

Geterogen surtmalar. Suspenziya hamda – qattiq dori turi asosda va suvda erimaydi, surtma tarkibida suspenziya holida tarqalgan bo‘ladi. bunda dori modda dispergirlash orqali kiritiladi. Dori moddaning miqdori 1 – 50 % bo‘lishi mumkin. Dori modda miqdori 5 % kam bo‘lsa, dori moddani yordamchi suyuqlik yordamida disperlanadi, bunda dori moddaning yarmi miqdorida solib disperlanadi. (B.V.Deryagin) yordamchi suyuqlik sifatida o‘simlik moylari, vazelin moyi (uglevodorodli asos uchun), glitserin yoki suv (gidrofil asos uchun).

Dori modda miqdori 5–25 % (ot massi maza) bo‘lsa dori moda oz miqdordagi eritilgan asos yordamida maydalanadi. YOrdamchi suyuqliklar ishlatilmaydi, surtmaning konsepsiyasi suyulishi mumkin.

Suspenziya holdagi maz tarkibida dori modda miqdori 25% ko‘p bo‘lsa u holda pasta deb namlanadi. Emulsion surtma – tarkibida ortiqcha suyuq dispers faza bo‘lib, u asosda erimaydi va emulsiya holatida tarqalgan bo‘ladi. turg‘un surtma tayyorlash uchun tarkibiga emulgator ishlatiladi.

Emulsiya holidagi surtmalarga kremlarni kiritsh mumkin.

Aralash holdagi surtma –murakkab ko‘p komponentli turkum bo‘lib, bir vaqtning o‘zida turli fizik– kimyoviy xususiyatga ega bo‘lgan dorilardan tashkil topgan bo‘ladi.

Surtmalarning umumiy texnologiyasi quyidagicha: asos va dori moddani tayyorlash; dori moddani asosga qo‘shish, surtmada dori moddani bir tarqalishini ta’minlash (gomogenlash), baholash, qadoqlash va saqlash.

Asos va dori moddani tayyorlash. Asosni suyultiriladi va filtrlab isitilgan truba orqali aralashtirgichga yoki reaktorga yuboriladi. Dori modda maydalanadi va elanadi.

Dori moddani asosga kiritish. Doimiy ravishda asosni aralashtirgan holda dori modda qo‘shiladi. Aralashtirish jarayonida reaktor bug‘ kuylagi yordamida yoki elektr isitgich yordamida isitilib, baquvvat aralashtirgich; yakorli, planetar, ramali aralashtirgich yordamida turli haroratda aralashtiriladi.

Gomogenlash – Korxonada dori moddaning kerakli darajada disperligini ta’minlash oddiy aralashtirish orqali ta’minlash qiyin. SHuning uchun tegirmon toshli tegrimonda yoki valli maz aralashtirgichdan foydalaniladi. Undan tashqari emulsion, suspenzion va aralash turdagi surtmalar uchun RPA qo‘rilmasi ishlatilmoqda. Sank–Peterburg va Moskva farmatsevtika fabrika sida, Borisovskiy kimyo farmatsevtika.korxonasida ixtiiol, skipidar, sink kabi surtmalar tayyorlanmoqda kabi surtmalar tayyorlanmoqda.



Surtmani sifatini baholash tashqi ko‘rinish,chinligi, biafaol modda miqdori, RN ko‘rsatkichi, mikroblardan holiligi,dispersligi, (suspenziya), qadoq turi.

Dispersligi aniqlashda namuna olinadi, agar dori modda miqdori 10 % bo‘lsa uni suyultiriladi asos bilan metodika 0,05 g namuna olish va mikroskoni buyum oynachasiga qo‘yiladi. Orqa tomoniga olmas yordamida 15 mm kattalikda to‘g‘ri to‘rtburchak chiziladi. Liniyani orqa tomoni oyna qalami bilan chiziladi. Buyum oynachasi suv hajmida asos eriguncha isitiladi so‘ngra 0,1% sudan 3 eritmasi surma moyli uglevodorodli va emulsion surtmani suv/moy tipida asosda tayyorlangan bo‘lsa, yoki 0,05% metil ko‘ki eritmasi gidrofil va emulsion asosning moy/suv tipida bo‘lganda, aralashtiriladi ustidan oynacha bilan yopiladi so‘ngra mikroskobda ko‘riladi. Bu jarayon 5 marotaba tekshiriladi. Bunda belgilangan joyda zarrachalarni MTXda ko‘rsatilgan me’yordan oshmasligi kuzatilmasligi kerak.
Download 18.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling