Bemorni parvarish qilish


Download 24.63 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi24.63 Kb.
#1437924
Bog'liq
1-MAVZU


Xirurgik bemor bolalarning uziga xos xususiyatlari.Bioetika va diantologiya asoslari.Xozirgi zamon tibbiyotida yadrogeniya va evtanaziya muommolari
Reja:
1.bemorlarning umumiy parvarishining mohiyati
2.tibbiyot etika asoslari
3.shifoxona qabul bo’limi.
1. Bemorni parvarish qilish - bemor (kasal)larga hertomonlama yordam berish va vrach koʻrsatmalarini bekamu kust amalga oshirishni taʼminlaydigan tadbirlar majmui; davoning muhim tarkibiy qismi. Turli kasalliklarda bemorni parvarish qilishping oʻziga xos xususiyatlari bor. Shu bilan birga barcha bemorlarga tegishli umumiy parvarish qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi, vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo keltirishi, bemor ahvolini uzluksiz kuzatib borish, shuningdek dard tufayli zaiflashib qolgan organizmni boshqa kasalliklardan himoya qilish ham Bemorni parvarish qilish q.ga kiradi Bemorni parvarish qilish q. tadbirlari bemorning umumiy ahvoliga qarab belgilanadi. Vrach lozim boʻlgan tartib (rejim)ni tavsiya etadi, yaʼni qimirlamay yotish tartibi (oʻrinda harakat qilinmaydi), yotish tartibi (oʻrinda turmasdan harakat qmlish mumkin), yotib turish tartibi (xona ichida harakat qilish mumkin), umumiy tartib (faol harakat qilishga ruxsat beriladi). Bemor oʻziga oʻzi bemalol qaray olsa ham, uning yaqinlari iloji boricha qulay sharoit tugdirishlari, kayfiyatini buzmasliklari, vrach koʻrsatmalarini amalga oshirishini kuzatib borishlari lozim. Bemor uyida davolanadigan boʻlsa, u yotgan xona alohida, ozoda, yorug , iliq (18 — 20°) boʻlishi, kupda uch mahal — ertalab, kunduzi va kechqurun — uxlashdan oldin shamollatib turilishi zarur (hatto qishda ham). Bunda bemorni issiq adyol, boshini qalin sochiq bilan oʻraladi va yuzi ochiq qoddiriladi. Bemor sovqotmaydigan qilib yaxshi oʻrab qoʻyilsa, sof havo hech zarar qilmandi. Yezda derazani kun buyi ochib qoʻygan maʼqul. Xona kuniga 2 marta: ertalab va kechqurun yotishdan oldin yigʻishtirib, tozalanadi. Bunda deraza romlari, eshik, mebellar nam latta bilan artiladi, pol yuviladi yoki latta oʻralgan chutka bilan tozalanadi. Gilamlar, qalin deraza pardalar vaqtincha yigʻib qoʻyilgani maʼqul yoki tez-tez (haftada 1 — 2 marta) chang yutgich bilan tozalanadi. Xonada pastroq tovushda gaplashish kerak, ammo pichirlab gaplashish yaramaydi. chunki bu bemorga goʻyo uning agʻvoli ogʻirligini yashirishga urinayotgandek boʻlib tuyuladi, radio va televizor ovozini pasaytirib qoʻyiladi. Bemorii biror joyga oʻtkazish kerak boʻlsa, maxsus kreslo yoki zambildan foyd&taniladi. Bu ishni bajaruvchi yolgʻiz boʻlsa, u bir qulini bemorning kuragi ostidan, ikkinchisini sonining tagidan oʻtkazib, koʻtaradi; bunda bemor kutaruvchining buyniga osilib oladi. Boshqa joyga utkazishdan oldin joyning tayyorligi kuzdan kschiriladi. Ahvoli ogir bemorlar choyshabi tagidan kleyonka solinadi. dumgʻaza ostiga rezina doira, ostga tuvak, siydikdon qoʻyiladi, ularga yechinishlarida yordam koʻrsatiladi. Bemorning koʻrpatoʻshagi uzun va keng boʻlgani maʼqul. Toʻshak ustidan oq choyshab yoziladi. Baʼzi kasalliklarda vrach tavsiyasi bilan tushak ostidan uning kattaligida taxta quyiladi. Bemorni issiq qilib, oʻrabchirmash yaramaydi. Karavot iyeltgich asboblariga yaqin qoʻyilmaydi, uni ikki tomonidan bemor oldiga bemalol kelish mumkin buladigan qilib qoʻyish kerak. Bemor choyshabini ehtiyotlik bilan almashtirish lozim. Buning uchun bemorni (agar t>ra olmasa) avaylab urin chetiga surib, choyshabning boʻshagan kismini yumaloklab oʻrab, bemor yotgan joygacha olib kelinadi, uning oʻrniga toza choyshab yozib, bemorni uning ustiga oʻtk^ziladi, oʻralgan kir choyshab esa yigʻishtirib olinadi. Ogʻir yotgan bemorning koʻylagini almashtirganda koʻylak etagini yuqoriga tomon yigʻa borib, avval boshidan, soʻngra qoʻllarida}) chiqariladi, koʻylak kiygizishda esa buning aksicha amal qilinadi. K^loyoqshikastla i ganda kiyim avval sogʻ qoʻloyoqaan, keyin kasach q>;loyoqdan yechiledi, kiygizishda esa buning akemcha qilinadi. Bemorga vrach ruxsat etgan boʻlsa, haftada 1 marta uni choʻmiltirish mumkin. Agar bunga ruxsat berilmasa. kundalik yuvibtarashdan tashqari, bemor badanini qaypagan suv yoki maxsus eritmalarga hoʻllangan latta bilan artib turiladi. Bemor qattiq terlasa, kiyimi botbot almashtirnlib, badani quruq sochiqqa artnladi (badani doim quruq va toza turishi kerak). Yuz, boʻyin va gavdaning yuqori qismini kunda yuvib turish, qulni har safar ovqatlanmshdan oldin yuvish kerak. Oʻrnidan turmaydigap bemorlar oyogʻini karavot ustiga togora q>’yib. haftada 2 — 3 marta yuviladi. Ogir yotgan bemorlarning jinsiy aʼzolari va orqa chik>)run teshigi sohasi har gal hojatdan keyin yuvib turiladi. Ich ketganda darhol kleyonka va choyshab (lozim boʻlsa kiyimlarni ham) almashtiriladi va orka peshov sovunlab yuviladi. Sochni har kuni iliq suv bilan namlab tarab, toza tutiladi. tirnoqdarpi vaqtvaqti bilan olib turiladi. Bemor tishini kuniga 2 mahal yuvib. har gal ovqatlangandan keyin ogʻzini chayib turishi lozim. Ogʻir yotgan bemorlar tishi 0,5% li soda yoki margansovkaning kuchsiz eritmasiga namlangan paxta bilan artiladi. Kuloqdar iliq suv va sovun bilan yuvib turiladi, unda chirk yigʻilib qolsa, 3% li vodorod peroksid eritmasidan bir necha tomchi tomizib. soʻngra paxta pilikcha yordamida ex?iyotlik bilan olinadi. Quloqni tozalaganda gugurt choʻpi, soch toʻgʻnogʻichi va boshqalardan foydalanish yaramaydi, aks hodda quloq pardasini teshib yuborish mumkin. Koʻzdan kiprik va qovoqlarning yopishib qolishiga sabab boʻladigan suyuqlik ajrachganda (koʻproq bolalarda) ertalab yuvintirish vaqtida kuzni ehtiyotlik bilan iliq suvda paxta boʻlakchasi bilan yuviladi. Burundan suyuklik oqqanda yoki qaloqhosil boʻlganda uni vazelin moyi yoki glitserin tomizib yumshatiladi va paxta pilik bilan asta tozalanadi. Yotgan bemorlarga tuvak va siydikdon tutiladi, u oldin tozalab yuviladi va dezinfeksiyalanadi. Bemorning haroratini ertalab va kechqurun ulchab, yozib qoʻyish juda muhim, chunki haroratning oʻzgarishiga qarab, kasallikning qanday oʻtayotganini va davolash nafini bilsa boʻladi. Bemor ovqati oqsil, uglevod, yog , mineral tuzlar, vitaminlarga boy boʻlishi kerak. Bemorni kuniga 4 mahal (maʼlum soatlarda) ovqatlantirish lozim. Ovqatlarning xilmaxil boʻlishi, dasturxonni chiroyli qilib bezash bemorning ishtahasi ochilishiga yordam beradi. Koʻpgina kasalliklarda vrachning oʻzi parhez taomlar buyuradn, oʻz bilgicha parhez qilish yaramaydi. Ayrim kasalliklar (ayniqsa, meʼdaichak kasalliklari)da ozozdan dambadam ovkatlanish tavsiya etiladi. Ogʻir yotgan bemorlarga ovqat qoshiq bilan ozozdan ichiriladi. Ichimlik va suyuq ovqatlar (qaynatma shoʻrva. kisel va boshqalar) joʻmrakli maxsus idishchada ichiriladi. Bemorning uyqusiga, kayfiyatiga, eshushi joyida ekaniga kdrab turish muhim ahamiyatga ega. Bemorni xayajonlantiradigan, uning kayfiyatini buzadigan gaplarni aytish, ezmalik qilish yaramaydi. Bemor maʼyus boʻlib, chiroyi ochilmasa, tinchlantirish, unga dalda berish maʼqul. Bemor yotgan uyda tinchlik saqlash uning tuzuk dam olishiga va tiniqsb uxlashiga yordam beradi. Terining rangiga, toshmalar boryoʻgʻiga, qichishishiga, gavda haroratiga. yuzkoʻzlar ifodasiga eʼtibor berish va oʻzgarish sezilsa, tezda vrach chaqirish lozim. Shuningdek siydik va najas rangining oʻzgarganligi, dori-darmonlar qanday taʼsir etayotganligini kuzatib borish hamda maʼlumotlarni vrachga yetkazib turish lozim. Agar doridan toshmalar toshsa, qichishsa. tilning uchi achishea, koʻngil aynisa, bu qaysi dori bilan bogʻliqligini aniqlab va uni qabul qilishni toʻxtatib, darhol vrachga xabar qilish kerak. Vrach buyurganda bemorga koʻpincha grelka, gorchichnik, kompress qoʻyiladi, dori ichiriladi va boshqa Dorini buyurilgan miqdor (doza)da va maʼlum vaqtlarda beriladi. Doridarmonlar quruq, ayrimlari qorongi va salqin joyda saqlanadi. Yukumli kasalliklar bilan ogʻriganlar, shuningdek keksa bemorlar alohida parvarishga muxtoj boʻladi. Yuqumli kasallik bemordan atrofdagilarga ‘yuqishi mumkinligini nazarda tutib, tozalikka jiddiy rioya qilish talab etiladi. Ruhiy kasallarni parvarish kdlganda baxtsiz hodisalar (oʻziga va atrofdagilarga qasd qilish, qochish va boshqalar)ning oldini olishga ahamiyat beriladi.
2. Etika (yun. ἠθική [φιλοσοφία] - "axloq falsafasi", yun. ἤθος (ētos) - "odat") shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U "toʻgʻri"-"notoʻgʻri", "yaxshi"-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat.
Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.
E.ning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, E. bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondashadi. E. huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. E.ning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. E. oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, E. psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.
E.ga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning "Me" qonunlar majmuida uchraydi. Undagi "namlul" tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, "Pxatoten oʻgitlari", "Misr mayyitlar kitobi", Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan; Hindistonning "Manuqonunlari", "Dhammapada", "Patanjali" kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yoʻlidan borish ekanini, barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini taʼkidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi boʻlishni urf-odatlarga soʻzsiz boʻysunishda koʻradilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy gʻoyalar, qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos boʻldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi taʼkidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Sitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning maʼnosi, baxt muammolari oʻrtaga tashlanadi. Oʻrta asrlar E.sida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yoʻnalishlarda Abu Lays Samarqandiy, Gʻazzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar E. taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi; Uygʻonish davri faylasuflari oʻz axloqiy qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu taʼsirni yangi davr axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, Russo kabi maʼrifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi oʻrniga, demokratik oʻzgarishlarning axloqiy ildizlariga eʼtiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega boʻddi; u bir tomondan ratsional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax), 2tomondan, noratsional qarashlarni (Kyerkegor, Shopengauer, Nitsshe) oʻrtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qatʼiy amr) gʻoyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy xattiharakatlarda hissiyotning , ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini taʼkidladilar. Noratsional yoʻnalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan gʻolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish bilan bogʻliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yoʻlida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoyevskiy, N.Berdyayev, B.Visheslavsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini oʻrtaga tashladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli taʼlimotlar vujudga kelgan (qarang gedonizm, evdemonizm, utilitarizm). Hozirgi paytda gʻayrizoʻravonlik axloqshunosligi (Gandi, King , Sharp, Guseynov) muhim ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zoʻravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya etadi — terror qilish, qon toʻkish, isyon koʻtarish bilan emas, muhabbat, kechirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va iroda vositasida ish tutish lozim. Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal E. (A.Shveyser), yangi tasavvuf E.si (M.Qutqu, M.Joʻshon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni qoʻymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — oʻsimlikka ham, hayvonlarga ham oʻz hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi kurashishning muhimligini isbotlab beradi.
Endilikda E. oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning , yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning , yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj.
Oʻzbek milliy E.si boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek E.si uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy E.da mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek E.sida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning "Mahbub ulqulub" asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma Gulxaniyshsht "Zarbulmasal" asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yoʻlini xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar Otinning "Qarolar falsafasi", Avloniyshtg "Turkiy Guliston yoxud axloq", Fitratnit "Najot yoʻli", "Oila" asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi masalalari koʻtarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan shoʻrolar davri E.si soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng , kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, E. fani ham taraqqiyot yoʻliga kirdi, E. tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida E. fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) E. tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda.
3. shifoxona va klinikalar bo’limining so’rov ma'lumoti keltirilgan sahifadan iborat. Bu katalog sizga ularning manzil va telefonlari, joylashuvi va kontaktlari, hamda bo’shqa kerakli ma’lumotlarni topishingizga yo’rdam beradi. Ma’lumotnomamizni qo’llaganizda siz doimo qisqa fursat ichida shifoxona va klinikalar bo’limiga oid bo’lgan kerakli ma’lumotlarni olishigiz mumkin, ularga yetib olish uchun yordam beruvchi mo’ljallar ham shu jumladan.
Katalog ma’lumotlari doimiy ravishda shifoxona va klinikalar bo’limiga oid yangi ma’lumotlar yoki ularning ma’lumotidagi o’zgarishlari bilan yangilanib va to’ldirilib bo’riladi. Shu qatorda Yellowpages.uz mutaxassislari olingan ma’lumotlarning aniqligini iloji bo’richa tekshirishadi. Shu sababdan katalogimiz O'zbekistondada shifoxona va klinikalar bo’limi ma’lumotlarini umumiy ro’yhatga kiritilish paytiga aniq deb kafolat beradi.
Shunga qaramasdan, agar O'zbekistonda mintaqasida «Shifoxona va klinikalar» turkumida no’tog’ri yoki eskirgan ma’lumotni uchratib qo’lib, bizning (info@yellowpages.uz) electron manzilimizga xat o’rqali axborot bersangiz sizdan bag’oyatda minnatdor bo’lamiz. Xat mavzusida «saytdagi xato» deb yozishingizni so’raymiz, xat ichida esa muammoni ta’riflashingiz mumkin. Undan tashqari, agar imkoningiz bo’lsa, +998 71 231-07-92 qaynoq telefon tarmog’iga qo’ng’iroq qilib murojaat etishingiz mumkin. Sizdan olingan ma’lumotlar shu zaxoti tekshirilib katalogning «Shifoxona va klinikalar» bo’limiga kiritiladi.
Shifoxona va klinikalar O'zbekistonda bo’limidagi kompaniyalar egalari va xizmatchilariga alohida murojaat etmoqchimiz. Agarda siz ishingiz rivojlanishini va yo’naltirilgan t’asirga ega bo’lgan bepul reklama qilishni istasangiz Yellowpages.uz ma’lumotnomasi sizni tengi yo’q yo’rdamchingizga aylanadi. Sizda reklama roliklari, banner va biznes rivojlanishida kerakli bo’lgan boshqa yordamchi vositalarni buyurtma qilishingiz uchun ko’p miqdorda mablag’ sarflashingizga zarurat qolmaydi. Katalogimizning shifoxona va klinikalar bo’limida ma’lumotlarni joylashtirish uchun shuncha-ki sizda bunga bo’lgan xohish va kerakli ma’lumotlarni yetkazish kerak bo’ladi. Biz esa o’z navbatda hamkorligimiz har bir tomonga foyda keltirishi uchun qo’limizdan keladigan barchasini qilamiz
Tayyorladi:xudoyberganov Ibrat

Download 24.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling