Ushbu ma’lumotlardan foydalanib quyidagilardan aniqlash lozim:
Korxonaning o‘z aylanma mablag‘ini?
Joriy yil davomidagi turli to‘lovlar xajmi?
Investitsiyalashtirishning maqsadga muvofiqlik kriteriyasini?
10-Masala. “Bolalar Xolding kompaniyasi” XK ning xisobot yildagi aylanma mablag‘i-67,6 mln. s.ni tashkil etgan. Kechiktirilgan debitorlik qarzlari-8,4 mln. s.; majburiyatlar -6,0 mln.s. uzoq muddatli zayomlar va kreditlar-67,8 mln.s.
Ushbu ma’lumotlardan foydalanib Xolding kompaniyasining to‘lovga qadar qobiliyatini aniqlang.
Izoh: Agar korxona to‘lovga qadar qobiliyati 2dan kichik bo‘lsa, unda investitsiyalash mafsadga muvofiq emas.
11-Masala.”Bolalar Xolding kompaniyasi” XK ishlab chiqarish saloxiyatini oshirish maqsadida, investitsiya loyixalari asosida qayta ta’mirlash va modernizatsiyalash dasturini ishlab chiqarishni qaror qildi. Uning uchun kompaniya o‘z mablag‘lari va qarzdorlik mablag‘larini xolati o‘rganib chiqildi. Xisob-kitoblarga asosan, quyidagi natjalar olindi:
1.Kompaniya o‘z mablag‘larining miqdori-2905,3 mln.s.
2.Qisqa muddatli majburiyatlar: qarzlar, zayomlar, kreditlar-5960,3 mln.s.
3.Uzoq muddatli qarzlar: kreditlr, zayomlar-67803,1 mln.s.
Mazkur ma’lumotlar asosida quyidagilarni aniqlash lozim:
1) Jami qarzdorlik va majburiyatlar miqdorini?
2) Kompaniya o‘z mablag‘lari va qarzdorlik mablag‘larining muvofiqligini?
Izoh: Agar kompaniya o‘z mablag‘lari va qarzdorlik mablag‘larining muvofiqligi 2dan past bo‘lsa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha korxona to‘lov qobiliyatiga ega emas.
12-Masala. Korxona kelgusidagi moliyaviy tahdidlarini o‘sishini yoki kamayishini, o‘z majburiyatlarini bartaraf etish maqsadida, xisobot yilida o‘z moliyaviy barqarorligini xisob-kitob qilib chiqdi. Xisob-kitoblar uchun quyidagi ma’lumotlar asos qilib olindi:
1.Ustav kapitali, qo‘shilgan kapital miqdori-1210,3 mln.so‘m.
2.Korxonaning taqsimlanmagan daromadi (foydasi)-823,4 mln.so‘m.
3.Korxona balansining passivlari (uzoq muddatli kreditlar, majburiyatlar)-36301,7 mln.s.
Do'stlaringiz bilan baham: |