Ben Koen va Djerri Grinfild 1960 yillarning oxirida Bermingtonda (aqshning shimoli-harbida) maktabda birga o‘qishgan


Download 426 Kb.
bet3/26
Sana10.02.2023
Hajmi426 Kb.
#1184082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Menejment barcha fak. keyslar.

G‘alabadan so‘ng
Ben & Gerry kompaniyasi faoliyati muvaffaqiyatli rivojlandi. Distribyutorlar kanallari yanada kengaydi, firmaning muzqaymoqlari supermarketlar, baqqollar do‘konlari, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish tarmog‘i, shuningdek, kompaniyaning litsenziyaga ega yoki franchayzing do‘konlari tarmog‘i orqali sotila boshlandi. 1992 yilga kelib kompaniyaning tovar aylanmasi 130 mln. dollarga etdi va u jahon bozoriga chiqishga tayyor edi.
Bozorning oliy sifatli muzqaymoq sektoriga yangi jihatlari bilan ajralib turuvchi mahsulotlar chiqarildi. Masalan, turli qo‘shimchalar solingan muzqaymoqlarning yangi navlari bilan birga bozorda muzlatilgan shirinliklar (“kremli yangiliklar”, muzlatilgan yogurtlar) paydo bo‘ldi.
Ben & Gerry nomi va sifat bilan bog‘liq yuqori obro‘ kompaniyaga bozorda mavaffaqiyat keltirdi. Kompaniya asoschilari say’-harakati tufayli tashkiliy madaniyat va kompaniya vazifalari belgilab olindi. Kompaniyaning biznesga yondashishini belgilab beruvchi ikkita muhim hujjat ishlab chiqildi.
1988 yil kompaniya: “Biz o‘zaro barqarorliknig yangi korporativ tamoyillarini yaratib, hayotga tadbiq etmoqchimiz”,-deb e’lon qildi. Bu tamoyil kompaniyaning asosiy maqsadlarini belgilab beruvchi Filantropiya to‘g‘risida (Phylantropy Statement) va Dastur to‘g‘risida (Mission Statement) taqrizlarda qayd etilgan.


Filantropiya to‘g‘risida taqriz
Ben & Gerry kompaniyasi o‘zining 7,5 % daromadini (soliq solinishidan oldingi) quyidagicha taqsimlaydi: kompaniya jamg‘armasiga; Vermontdagi Community Action Teams xodimlariga; ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi bolig‘i t’sis etgan korporativ grantlarga. Biz ijtimoiy o‘zgarishlarga yo‘naltirilgan loyihalarni; muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvni namoyon qiluvchi loyihalarni qo‘llab quvvatlaymiz. Kompaniya jamg‘armasini 8 kishidan iborat kengash boshqaradi. Kengash kam ta’minlangan oilalardagi bolalarga tegishli, atrof muhit bilan bog‘liq masalar bilan shug‘ullanadi.


Dastur
Ben & Gerry kompaniyasi o‘zaro barqarorlikning yangi korporativ tamoyillarini ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etadi. Bizning vazifamiz uch ta o‘zaro bog‘liq maqsadga erishishdan iborat:

  • mahalliy sut mahsulotlaridan oliy sifatli muzqaymoy va ko‘proq miqdorda qo‘imchalarga boy mahsulot ishlab chiqarish, tarqatish va sotish;

  • kompaniyani birinchi darajali vazifalarimizni bajarish maqsadida boshqarish: daromadning o‘sishi uchun mustahkam moliyaviy asos yaratish, aksionerlarimizning farovonligini oshirish, kompaniya xodimlari yuqori mansablarga erishishi va ularni iqtisodiy rag‘batlantirish uchun imkoniyatlar yaratish;

  • biznesning jamiyatdagi rolini hisobga olib, jamiyatning keng tabaqalarini mahalliy va xalqaro miqiyosda hayot darajasini oshirgan holda kompaniyani boshqarish.

Ben & Gerry kompaniyasi o‘zlari mansub bo‘lgan, kompaniya ichidagi hamda undan tashqaridagi jamiyatlarga o‘zining hurmatini bildirgan holda, yuqoridagi vazifalarga amalga oshirishning yangi ijodiy yo‘llarini izlaydi.


Savollar:

  1. Muzqaymoq alohida tovar turi sifatida qanday asosiy xususiyatlarga ega?

  2. Muzqaymoqning kutilayotgan afzalliklari nimada?

  3. Ben & Gerry kompaniyasi tovarlarining qo‘shimcha xislatlari qanday?

  4. Eng qimmat muzqaymoq xayotiylik siklining qaysi bosqichida turibdi?


Download 426 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling