Benjamin konstant


Download 165.15 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi165.15 Kb.
#1120508
Bog'liq
BENJAMIN KONSTANT










BENJAMIN KONSTANT

Leberalizm Otalaridan


U Lebiralizmga shunday ta’rif bergan edi.
Erkinlik - insonning shaxsiy hayoti bilan davlatga muno-sabati o’rtasidagi chegara qo’yish demagdir”.

Hukumatlar har safar bizning muommolarimizni hal qilishga urinsa, bu ko’proq muommolarga sabab bo’ladi, natijada keyinchalik uni o’zimiz hal qilgandan ko’ra yomonroq bo’ladi”


Shunday narsalar borki insonlar toqat qilib sukut saqlaydi, lekin shu narsalar bir marta aytilganda ularni uzoq vaqt og’izdan qo’yishmaydi”




B.Konstant




hayoti


Benjamin Konstant 1767-yil 25-oktabrida Shveytsariyaning Lozanna shahrida, gugenot-protestantlar oilasida dunyoga kelgan. Kelib chi-qishi fransuzlardan. Otasi va qon-qarindoshlari Gollandiya armiyasida xizmat qilgan. Onasi yoshligida olamdan o’tgan, shu sababli Benjamin xususiy gimnaziyalarda tahsil olgan, dastlab Bryusselda, keyin esa Gollandiyada talimni davom ettirdi. Keyinchalik Edinburg shahrida universitetga qabul qilindi. Buyuk Fransuz Burjua inqilobi davrida - 1794-yildan keyin siyosiy yetakchi sifatida o’z faoliyatini boshladi. Napaleon Imperator bo’lganda Konsullikda faoliyat yuritgan, ayni damda Konsullikda Liberallar yetakchisi bo’lib ham ishlay boshlagan.
Napaleon 1804-yil Imperator bo’lgandan so’ng, Shveytsariyaga, keyin Saksoniya gersogligida qo’nim topishga majbur bo’ldi. Napaleonning hukmronlikidan so’ng (1804-1814) qayta hokimyatni qo’lga olgan Burbonlar sulolasini tiklanishi tarafdor bo’ldi va bunga erishdi. Ular qo’lida ishlay boshladi, deputatlik faoliyatini 1818-yildan to vafotiga qadar yuritdi.






Benjamin Konstant ayni paytda Fransiya deputatlar Palatasi eng ko’zga ko’ringan vakillaridan hamda notiq edi, shuningdek u kengashda “Indepedants” (“Ozod”, “Hur”) nomi bilan mashhur edi. Umrining so’ngi qismlarida qayta bo’layotgan inqiloblar – Iyul monarxiyasida Lui Filipp I taxtga chiqishi tarfdori bo’ldi.


talimoti


Benjamin Konstant Klassik Leberalizm asoschisi. U despotiziyaga qarshi chiqqan. O’z davrida siyosiy erkinlik, qonuniy erkinlik va so’z erkinligi talabi bilan chiqqan. Shuningdek uning asosiy g’oyalardan biri hukumatning savdo-sotiq va tijoratga aralashmaslikni yani iqtisodiy erkinlikni talab qilgan va o’z davrida Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida va hukumatda faoliyat yuritga ikkinchi davri (1817) davrida o’z qarashlarini jamiyatda joriy etishga harakat qildi. Uning nazariyasi ko’proq Britaniya burjuaziyasida amalga oshirilayotgan tajribalar natijasida vujudga kelgan.
U harbir davlatda fuqorolik erkinliklar berilishi tarofori edi. Aynan shu davrning ikkinchi yarmida uning nazariyalari okean ortida qudratli davlatga aylangan AQSH hukumatining, monopolistlaring, iqtisodining asosiy qo’llanmasi bo’la oldi.
U bir tomondan yanglishgandi, uning nazariyasi-ga ko’ra xalq siyosat bilan ovora bo’lmaydi, o’z tijoratini yurutaveradi, ular faqat o’zlari nomidan siyosatni ham iqtisodni ham muhokama qiladigan vakillarni saylaydi halos deya e’tirof etgandi. Bu holat o’tmishda ham hozir ham va kelajakda ham amalga oshmasligini hozir hamma yaxshi tushunadi. Aynan uning shu fikrlari uning nazariyasini bir qismi utopiyaga aylanganini ko’rsatadi.
Odamlar haq bo’lmasa ham, hukumat aybdor”

U shuningdek, siyosiy hokimyat cheklanmagan bo’lsa, hokimyat taqsimoti barqarorligi, odatda, xavfga aylanadi deya ta’rif beradi. Bundan tashqari Bundan tashqari, u shunday taklif bilan ham chiqiqan insonlar o’zlariga mos ozodlikdan lazzat olish uchun o’zlari muroajat qiladigan vakilliklar ustidan faol va doimiy kuzatuv o’tkazish kerak va ularda mumkin kuchlarni yo’naltirish kerakligini ta’kidlagan, ya’ni hukumatni ham taftish qilib, maxsus komissiya bilan yoqori lavozim egalarini nazoratda tutish kerak deya o’zining ideal hukumat tuzish rejasini oldinga surgandi. Zamonaviy siyosatshunos tarixchilar shu g’oyalari sababli ham uni demokratik liberalizm otalari deb atash bilan birga cheklangan xalq suverinenti tarafdori bo’lganini aytashadi


Konstantning ushbu ta’limoti plryualizm va dinamizmga moyildir. Ular yanada fundamental konservatizm fonida ishlaydi. Shu bilan birga Benjamin Konstant XX asrda baloga aylangan Kollektivizm siyosatini dinamikasini tasvirlab bergan. U shaxsni emas xalqni, davlatni boylikdan Izolatsiya qiladi deya tarif bergan.
Benjamin Konstantning hayoti qimorbozlikka, ichkiliku, faxsh-ishratga boy bo’lgan bo’lsada, u xalq, jamiyat istiqboli uchun kurashgan, inson ozodligi uchun va faqat diniy va dunyoviy erkinlik uchun kurash shaxs sifatida nom qoldirdi.
1830 yilda Konstantning sog'lig'i jiddiy yomonlashdi. Uning oyoqlari shishib ketdi. Uning oyoqlari, tili va tanasining boshqa qismlari falaj bo'lib qolgan. U Parijning Anju ko‘chasi, 17-uydagi uy qamog’ida saqlangan joyida vafot etgan. 
U bir do'stiga o’lim oldi shunday xitob qilgan "Men bir soatlik suhbatni ham davom ettira olmadim".





Download 165.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling