Benkov nomidagi respublika rassomlik
Qadimgi Xitoyda san‘at namunalarining vujudga kelishi
Download 30.78 Kb.
|
Qadimgi Xitoy san
Qadimgi Xitoyda san‘at namunalarining vujudga kelishi.
Qadimgi Xitoy san‘ati tarixi eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillardan eramizning Sh asrigacha bo’lgan davrni o’rganadi, tahlil etadi. Eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida odamlar dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar, ayrim qabilalar esa o’troq hayot kechira boshladilar. Bu davrda odamlar yashaydigan uylar dumaloq shaklda va ko’proq yerto’la tipida bo’lgan, ular yerni 3–4metr qazib ishlangan. Asta-sekin yarim yerto’la tipida va nihoyat, yer ustida karkas uslubidagi uylar yuzaga kelgan. Ular to’rtburchak yoki kvadrat shaklida qurila boshlangan. Tepa tomi shox-shabbalar yoki loydan pishirilgan plitalar bilan yopilgan. Ustun-to’sin sistemasi ham shu davrlarda me‘morlikda keng qo’llanila boshlangan. Xitoyning eng qadimgi san‘at namunalari bizgacha kulolchilik buyumlari orqali yetib kelgan. Qo’lda, dastgohsiz yasalgan turli xum, ko’za, tovoq, vazalar rangdor naqshlar bilan bezab chiqilgan. Bu kulolchilik buyumlarining yuzasi spiralsimon, to’lqinsimon, tursimon chiziqlar bilan bezalgan, soddalashtirilgan odam, xayvon va qushlar rasmi ham ishlangan. (Bunday kulolchilik yodgorliklari Yanshao manzilidan topilgani uchun ham ular «Yanshao madaniyati yodgorligi»deb yuritiladi. Shu madaniyat keyingi Xitoy kulolchiligi rivojida ham muhim o’rinni egalladi. Xitoyning ayrim viloyatlarida kulolchilik buyumlari qora loydan dastgohda ishlangan. Bu buyumlar nafisligi va nisbatlariping qat‘iyligi bilan ajralib turadi. Bunday idishlar Lunshan manzilidan topilgani uchun «Lunshan madaniyati yodgorliklari» deb yuritiladi. Eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillarda Xitoyda loydan ishlanib, olovda toblab pishirilgan odam haykallari (terrakotalar), odam boshini eslatuvchi ko’zalar, toshdan ishlangan turli badiiy buyum va haykallar uchraydi. Bular qadimgi Xitoy madaniyatining boy va rang-barang bo’lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida Xitoyda birinchi bor davlat paydo bo’ldi. Bu davlatni Shan (yoki In, taxminan, er. av. XVI asr – er. av. 1027 yillar) dinastiyasi boshqardi. Shan davridan bizgacha saqlanib kelgan yodgorlik An‘yan rayonidan topilgan katta shahar qoldiqlari hisoblanadi. Shahar aniq planirovkaga ega bo’lib, u kvartallarga ajratilgan. Binolar sun‘iy tepalik ustiga qurilgan. Binoda ustunlar imkoniyatidan foydalanilgan. Tom esa ikki nishabli bo’lib, poxol bilan yopilgan. Shan davrida Xitoyda miflar paydo bo’lgan, turli ramziy belgilar yuzaga kelgan. Bu belgi va miflar idishlarning yuzalariga ishlangan haykallarda, rangtasvirda tasvirlangan va shularda kishilarning falsafiy qarashlari o’z ifodasini topgap. Shu vaqtda bronzadan ishlangan, diniy marosimlar o’tkazish uchun mo’ljallangan buyumlar yuksak mahorat bilan ishlangan, ularning yuzasi ramziy belgi, naqsh, fantastik va yarimfantastik obrazlarning bo’rtma tasviri bilan bezalgan. Bu belgi, naqsh va obrazlar yagona ritmga bo’ysundirilgan. Buyumlarning bandi va qopqog’iga ham turli shakllar berilgan. Shan davrida toshtaroshlik va suyak o’ymakorligi ham rivojlangan. Ustalar qattiq nefrit toshlaridan taqinchoq, ko’mish marosimi bilan bog’liq bo’lgan buyumlarni, turli xil hayvon va jonivorlar haykalchalarini yuksak mahorat bilan bajarganlar. Shan davrida oq loydan yasalib, yuzasi bo’rtma tasvirlar bilan bezatilgan turli xum va boshqa idishlar ham yuksak mahorat bilan ishlangan. Xitoyda ham ko’mish marosimi tantanali bo’lgan. Qabr, sag’analar hajm jihatidan katta to’rtburchak shaklida bo’lib, u yerga bezak va ishlatiladigan idish-tovoqlar qo’yilgan. Sag’anaga kiraverishning ikki tomonida afsonaviy odamga o’xshash sher haykali bo’lib, u og’zini katta ochgancha, orqa oyoqlarida o’tirgan holda, old oyoqda tayanib turgan payti tasvirlangan. Haykalning hamma tomoni naqsh bilan bezab chiqilgan. Bu haykallar «yomon ko’zlarni» qo’rqitish uchun kerak bo’lgan . Eramizdan avvalgi I minginchi yilning o’rtalarida shoyiga suratlar ishlash san‘ati paydo bo’ldi, tushda rasm ishlash san‘ati rivojlana boshladi. Bu keyingi davr san‘atida yanada rivojlantirildi.__ Qadimgi Xitoyning muhim yodgorligi Buyuk Xitoy devoridir. Eramizdan avvalgi IV–III asrlarda qurila boshlagan bu devor dastlabki paytda Xitoyning shimoliy chegaralarini ko’chmanchi qabilalardan saqlash uchun xizmat qilgan va 750 km ni tashkil etgan. Keyinroq uning uzunligi 3000 km ga yetgan. Devorning balandligi 5–10 metr, eni esa 5–8 metr bo’lgan. Devor tepasida yo’l mavjud bo’lib, har 100 metrda katta minoralar ishlangan. Buyuk Xitoy devori kishilarning kuch-shijoati va katta irodasini aks ettiruvchi, o’z xarakteri jihatidan Misr ehromlari bilan tenglashuvchi va odamlar birlashsa, buyuk mo’‘jizalar yarata olishini ko’rsatuvchi yodgorlik tarzida hamon kishini xayratlantiradi. Qadimgi Xitoy san‘ati va madaniyatining eng rivojlangan bosqichi eramizdan avvalgi III asrdan eraning III asrigacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Bu davrda mamlakat yagona markazlashgan yirik davlatga aylandi. Tsin (er. av. 221–206 yy). va Xan (er. av. 206–yangi eraning 220 yili) sulolasi hukmronlik qilgan paytida avvallari mustaqil bo’lgan qator davlat va qabilalar Xitoy imperiyasiga qo’shildi. Xitoy O’rta Osiyo, Eron, Suriya, Rim imperiyalari bilan savdo-sotiq ishlarini jonlantirdi. Xitoyning tasviriy, amaliy va me‘morlik san‘ati ham nihoyatda rivojlandi. Download 30.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling