Benzinni bevosita silindrlarga purkash tizimi


Download 27.35 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi27.35 Kb.
#1800082
  1   2   3
Bog'liq
Benzinni bevosita silindrlarga purkash tizimi


Benzinni bevosita silindrlarga purkash tizimi
GDI dvigateli oʻrnatilgan birinchi avtomobil Galant Legnum 1995 yildan ommaviy ravishda chiqarila boshlandi. Shu davrdan bu toifadagi avtomobillarning turi va soni tobora ortib bormoqda va yaqin yillarda Mitsubishi chiqarayotgan avtomobillarning barcha rusumlari yonilgʻi uzatilishining ushbu yangi turiga oʻtishini rejalashtirgan.
Shuning uchun bevosita purkash tizimini tuzilishi va ishlashini aynan Mitsubishi tizimi misolida koʻrib chiqamiz.
GDI motori yonilgʻi-havo aralashmasi oʻta suyultirilgan hollarda ham ishlashi mumkin, yani havoning ortiqlik koefitsien-ti α = 30...40:1. An’anaviy, koʻp nuqtali, taqsimlangan purkash tizimli motorlarda esa α ning qiymati 20…24:1 dan oshmaydi boʻladi. Shu oʻrinda, aralashma-
ning optimal (stexiometrik) nisbati 14,7:1 ekanligini eslatish oʻrinli boʻladi.

2.66-rasm. “Qatlamli aralashma hosil qilish va yondirish” rejimida yonilgʻini purkalishi.


GDI motorlarida purkalgan yonilgʻi cheklangan hajmda oʻt oldirish shami atrofida bulut koʻrinishida boʻladi. Shuning uchun yonish kame- rasining hajmi boʻyicha aralashma oʻta suyultirilgan boʻlishiga qaramas- dan sham atrofida stixeometrik tarkibga yaqin boʻladi va yengil oʻt oladi. Shu bilan birga yonish kamerasining qolgan qismlarida aralashma oʻta suyultirilgan boʻlganligi sababli detonatsiyaga moyilligi juda past boʻladi. Bu silindrlarda yonilgʻi-havo aralashmasining siqish darajasini koʻtarish hisobiga motorning quvvat hamda burovchi moment qiymat- larini oshirish imkoniyatini berdi.
Yonilgʻi purkash tizimlarida ishlatiladigan datchik va ijrochi mexanizmlar. Avtomobil datchiklari ancha murakkab sharoitlarda ishlaydi. Sovitish suyuqligi va silindrlarga kiritilayotgan havo harorati datchiklarining temperatura boʻyicha ishlash doirasi +150...1600S ni, chiqindi gazlarining tarkibini aniqlash datchiklariniki esa 10000S chega- rasida boʻladi.
Namlik juda keng doirada oʻzgarib, ba’zi xollarda 100% tashkil qiladi. Yuqori namlik ta’sirida oʻtkazgichlarning izolyatsiya qarshiligini kamayishi va elektr qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi mumkin.
Ishlayotgan elektr jihozlarning magnit maydoni turli xalaqitlarni vujudga keltirib, datchiklarni me’yorida ishlashini qiyinlashtiradi va zarur himoya choralari koʻrilmasa, ularni ishdan chiqarishi ham mumkin.
Agressiv muhit (yonilgʻi, moy, antifriz, tuz, ishqor, kislota eritmalari va hokazo) ta’siridan himoya choralari koʻrilmasa, datchiklarning elektr va mexanik elementlari korroziyaga uchrashi va yemirilishi mumkin.
Avtomobillarni ishlatish jarayonida hosil boʻladigan turli iflos- lanishlar datchiklarning koʻrsatkichlarini buzilishiga, ularni ishdan chiqi- shiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan barcha sharoitlarda avtomobil datchiklari zarur metrologik tavsif va yuqori ishonchlilikni ta’minlashi kerak.

Download 27.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling