Berdaq nomidagi qdu o‘zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Xo‘jaqulov Dovudning o‘zbek folklori fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 35.01 Kb.
|
5- mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doston atamasining izohi va janr tabiati.
- Dostonlar tasnifoti masalasi
- Dostonlarda pir va eran obrazlari
Berdaq nomidagi QDU o‘zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Xo‘jaqulov Dovudning o‘zbek folklori fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI5-amaliy mashg‘ulot. O‘zbek xalq dostonlarida pir va eran obrazlariReja:
Doston atamasining izohi va janr tabiati.
Dostonlar tasnifoti masalasiDostonlar 3 xil bo‘ladi.Jangnoma dostonlarKitobiy dostonlarIshqiy sarguzasht dostonlariIlk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy komediya", Firdavsiyning "Shohnoma" asarlari doston. janrining qadimgi namunalaridir. Dostonlar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("Alpomish", "Farhod va Shirin"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"), didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi. Qahramonlik D.larida xalq, jamiyat takdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik D.larda oshiq-maʼshuklarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik D.larda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, D.larda ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq D.lari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va xalq cholgʻu asboblari joʻrligida ijro etiladiDostonlarda pir va eran obrazlariPir (forscha: (پیر — keksa, qari) - so’fiylik an’anasida tariqatlarning oliy rahnamolari yoki obro‘li rahnamolar. Shuningdek, har bir murid o‘z murshidini ham Pir deb atagan. Aholi orasida Pir tushunchasi avliyo, ma’lum bir hunarning asoschisi ma’nosida ham ishlatiladi. Masalan "Alpomish" dostonida Shohimardon pir obraziEran — oʻzbek xalq dostonlarida hamda shomonlik folklorida doston qahramoniga, shomonga doimiy ravishda yordam beruvchi, ustozlik qiluvchi homiy kuch. "Eran" atamasi "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" va boshqalar dostonlarda chiltonlar, Xizr va shahrik. azizavliyolarga nisbatan umumlashma nom sifatida qoʻllanadi. Odatda, Xizr barcha eranlarning yoʻlboshchisi deb qaraladi. Turli diniy manba va manoqiblarda ham "Eran" atamasi aziz avliyo maʼnosida ishlatiladi. Eran oʻzbeklardan tashqari qozoq, turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon va Sibirdagi bir qator turkiy xalqlar folklorida ham faol obrazlardan hisoblanadiDownload 35.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling