Berdaq nomidagi qdu tarix fakulteti Tarix mutaxassisligi 3 b guruh talabasi


Download 17.72 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.72 Kb.
#1013363
Bog'liq
Shoyimov Shahrizod


Berdaq nomidagi QDU Tarix fakulteti
Tarix mutaxassisligi 3 B guruh talabasi
Shoyimov Shahrizodning 01.12.2022
Sanasi 3 B guruhga o’tgan ochiq darsiga tahlil
BAYONNOMA
01.12.2022 Nukus shahri


Fan o’qituvchisi: Karamanova G
Amaliyotchi: Shoyimov Sh


Kun tartibidagi masala : Tarix fani amaliyotchisi Shoyimov Shahrizodning 8-sinf jahon tarixi fanidan “ Ma`rifat asri “ mavzusida o`tgan darsini tahlil qilish.


Kun tartibidagi masala tinglandi : Bugungi darsda biz Yevropada qachondan ma`rifat asri bo`lishini bilib va unda Yevropada nima o`zgarishlar bo`lishligini aytib o`tiladi. Bu davrda yana “marifatparlar” haqida ham ma`lumot beriladi. Ya`ni eng mashhur yozuvchilar Daniel Defo, Jonatan Svift, Gyote va boshqa olimlar haqida ma`lumotlar aytib o`tiladi. Bu davrda yana eng buyuk tasviriy san`at va musiqa insonlarini aytib o`tiladi. Ma`rifat asri insonlar hayotiga qandat ta`sir o`tkazishi haqida ma`lumotlar berib yakunlanadi.
Tarix fani amaliyotchisi tinglandi : Men Shoyimov Shahrizod 3-“B” guruh talabalariga bugungi mavzu yuzasidan o`tgan darsimdan asosiy maqsadimga erishdim deb hisoblayman. Dars o`tish jarayonida har xil ta`lim texnologiyalaridan foydalandim. Dars qiziqarli bo`lishi uchun bir nechta intraktiv metodlardan foydalanib o`quvchilarni qiziqtira oldim deb hisoblayman. Bugungi dars qiziqarli bo`ldi deb hisoblayman.
Chiqib gapirdi :
Fan o`qituvchisi : Karamonova G. Amaliyotchi Shoyimov Shahrizodning ochiq darsi yaxshi o`tdi. Ayniqsa dars davomida qo`llaagn intraktiv metodlari juda qoniqarli bo`ldi. Lekin dars davomida ba`zi bir kamchiliklar ko`zga tashlandi. Chunonchi o`quvchilar bilan ishlashda ularni darsga tortib savollar bera ololmadi. Lekin umumiy olganda dars yaxshi o`tkazib berdi.


Amaliyotchi: Amirniyozov Rahimjon. Shoyimov Shahrizodning bugungi dars o`tish jarayoni yaxshi o`tdi. Yangi va takrorlanmas intraktiv metodlardan foydalandi. Birinchilardan mavzuni yaxshi tushuntirib hammaga yetkazib bera oldi. Kamchiliklarga kelsak biroz o`quvchililarga qattiq gapirib agressivlik bilan ularni qo`qitib qo`ydi. Bir so`z bilan aytganda dars yaxshi va mazmunli o`tdi.
Amaliyotchi: Kazakov Davron. Shoyimov Shahrizod o`tgan bugungi dars mazmunli o`tdi ayniqsa u qo`llagan metodlari yaxshi bo`ldi.


QAROR:
Amaliyotchi Shoyimov Shahrizodning bugungi 8- sinf Jaxon tarix fanidan “Ma`rifat asri “mavzusidagi ochiq darsi qoniqarli deb topilsin.
Fan o’qituvchisi: Karamonova .G
Kotib: Husanov S
Download 17.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling