Muslim ibn hajjoj, imom muslim – muhaddis, imom. Imom buxoriydan keyingi hadis ilmining bilimdoni. Fiqhdan ham yaxshi xabardor bo’lgan. Yoshligida ko’p mamlakatlarga safar qilgan. Ulamolarning qayd etishicha, u 300mingdan ziyod hadisni o’rganib chiqib, ulardan 12mingtasini ishonchli deb topgan va o’zining “AS-sahih”(sahihi muslim) asariga kiritgan. Iso at-Termiziyning shogirdlari - O‘z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko‘pdan-ko‘p shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud, Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Muhammad an-Nasafyun, al-Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy va Abul Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni sanab o‘tish mumkin. Musofirchilikdan qaytgan at-Termiziy o‘z yurtida yirik muhaddis olim sifatida shuhrat qozondi va ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi. U 279 hijriy (milodiy 892) yilda Termizdan uzoq bo‘lmagan Bug‘ qishlog‘ida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |