Berdaq nomidagi qoralpoq davlat unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi
Download 35.55 Kb.
|
Shoyimov Sh. Jahon tarixi
Asosiy qism:
1. Angliyada Parlament va uning vakolatlari. 1648 va 1689 yilgi inqiloblardan so‘ng, Styuartlar dinastiyasi (1603-1714) o‘z mavqeini yuqota boshladi. Unga qarshi o‘laroq Parlamentning roli tobora kuchaya bordi. O‘sha davrdayoq Parlament yuqori - Lordlar va quyi - Jamoalar palatasidan iborat edi. Parlament xayotida yetakchi rol uynaydigan Lordlar palatasi merosxo‘rlar va qirol tomonidan tayinlanadigan zodagonlar, perlar va lavozimi bo‘yicha per bulgandardan iborat edi. Jamoalar palatasi esa katta qishlok va shaharlarning vakillari bulgan burjuaziya va kavalerlardan tashkil topib, davlat soliq siyosatiga qonunlar ishlab chiqish jarayoni orqali ishtirok etish huquqini allaqachon qulga kiritgan edilar. 1968 yildan ingliz parlamenti yangi rivojlanish pallasiga kirdi. Shu vaqtdan e`tiboran hukumat vazirlariga jamoalar palatasi tomonidan beriladigan ishonchsizlik - impichment xavfi paydo bo‘lishi bilan, yakdil iste’fo berish amaliyoti odat tusiga kira boshladi. Unga qadar vazirlar alohida tartibda Jamoalar palatasi tomonidan ayblanar. Lordlar palatasi tomonidan esa hukm qilinar edi. Endilikda Bosh vazir boshchiligidagi mahkama - Kabinet qirol oldida emas, balki jamoalar palatasi xuzurida siyosiy javobgar bo‘lib qoldilar. 1832, 1865, 1872, 1884 yillarda Parlament saylov tizimi isloh qilindi, ovoz berish kafolatlari mustahkamlandi. 1918 yil esa ayollar va erkaklar o‘rtasida teng saylov hukuki joriy etildi. 1911 va 1949 yilgi Parlament hujjatlari (Parlament akti) qonun chiqaruvchi hokimiyat hayotiga bir qator yangilik olib keladi va shu tariqa zamonaviy ingliz Parlamenti shakllandi. Hozirga kelib mamlakat siyosiy tuzumiga ko‘ra cheklangan monarxiyadir. Monarx Qirol yoki Qirolicha, qoidaga ko‘ra, siyosiy hayotda betarafdir. U davlat boshlig`i hisoblansada, ramziy hokimiyatga ega. Bosh Vazirni tayinlaydi, biro` Bosh Vazir Parlament ko‘pchiligi tomonidan saylanadi. Lordlar palatasi taxminan 1200 nafar a`zodan iborat. Ularning bir qismi dunyoviy merosxur lordlar, yana bir qismi ruhoniy lordlar bulsa, boshqa qismi esa 1958 yildan boshlab qirol tomoni tayinlanadigan umrbod perlardir. Amalda 200 nafar atrofidagilar palata ishlarida doimiy ishtirok etadilar, xolos. Palata Kabinet - hukumat ustidan xech qanday nazorat huquqiga ega emas. Buning ustiga, 1911 va 1949 yilgi parlament tug`risidagi xujjatlar uning qonunchilik vakolatlarini ham ancha cheklab tashladi. Jamoalar palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihalari Lordlar qarshiligiga uchragan holatda ham, eng kami bilan bir yildan so‘ng o‘tkaziladigan navbatdagi sessiyada qabul qilinishi mumkin. Chunonchi, Lordlar palatasi muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan qonun loyihalari bo`yicha jamoalar palatasi bilan raqobatdan uzi saqlaydi. Shuningdek, uning moliya- budjet sohasidagi vakolatlari 1911 yildan e’tiboran cheklandi. Uning munosabati qanday bulishidan qat`iy nazar, har oyning boshida qabul loyihalar daxlsiz va xal qiluvchi hisoblanadi. 1958 yil 30 aprelda qabul qilingan Umrbod per unvoni olishga vakolat beruvchi hujjatga asosan, qirol tomonidan Umrbod per unvoniga ega bulgan shaxslargina Lordlar palatasiga qatnashish, uning majlislarida ishtirok etish va ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga parlar baronlik huquqiga ham egadirlar. Jamoalar palatasi hozirgi Parlament tizimida mutloq ustivor mavqega ega. Barcha qonun loyihalari mazkur palata tomonidan ovoz berish asosida qabul qilinadi. "Ommaviy qonunlar" deb taladigan loyixalar, kelib chiqishiga ko‘ra, hukumat yoki parlamenta loyixalari bulishi mumkin. Bu degani qonunchilik tashabbusi ham Parlamentga, ham hukumatga tegishlidir. Palata moliyaviy hokimiyatga - hamyon huquqiga ham ega. Biroq moliya-budjet soxasida kredit ochish va xarajatlarni moliyalashtirishga qaratilgan qonunlar ovoz berish bilan qabul qilinsa-da, palata bu soxada tashabbus huquqiga ega emas. Budjet soxasidagi debatlar ham qat`iy chegaralangan: bor yo‘g‘i 29 Parlament seansi kreditlar ochish masalasiga bag‘ishlanadi. Nihoyat, Jamoalar palatasi xukumat ustidan nazorat qilish huquqidan foydalanadi va uni siyosiy javobgarlikka tortishi mumkin. 1924 yil sodir bulgan bunday xolat 1979 yil yana bir bor qayta takrorlangan. Palata, dastavval, o‘z raisi spikerni 5 yil muddatga saylaydi. Garchi yangi Parlament saylovlarida siyosiy tarkib o‘zgarsa-da, muayyan shaxs ikkinchi marta raislikka saylanishi mumkin. Spiker Parlamenta faoliyatining bir butunligini ta`minlaydi. Har qanday qonun Jamoalar palatasida qabul qilingach, aynan spiker tomonidan imzolangan ilova bilan birga qirolga topshiriladi. Spiker bu guvohnomani topshirishdan oldin, agar iloji bo‘lsa, palataning ikki a`zosi bilan maslahatlashib oladi. 1978 yil 20 iyulda qabul qilingan jamoalar palatasini boshqarish tug`risidagi hujjat palata faoliyatining ichki tartibini belgilaydi. Jamoalar palatasi komiteti spiker, Jamoalar palatasining yetakchi liderlari, palataning muxolifat etakchisidan iborat bo`lib, parlamentning barcha tashkiliy vazifalarini bajaradi. Chunonchi, Parlament tug`risidagi hujjatning 2- moddasiga asosan, "komitet palati xizmatlarining barcha xodimlarini tayinlaydi va ularning sonini, ularga haq to‘lash va boshqa shartlarni shuningdek, ularning xizmat makomini belgilaydi". Parlament deyarli bir yil davom etadigan sessiyalarda ish ko`radi. Bo‘lib o‘tgan va yangi sessiya noyabr oyidagi bir necha kunlik tanaffus bilangina ajralib turadi, biroq palatalar sessiyani kechiktirishlari mumkin. Shunday qilib, amalda Parlament olti oy davomidagina to‘planadi va ish ko‘radi. Har bir sessiya Bosh vazirning asosiy nutqi bilan boshlanadi. Shu orqali hukumat rahbari o`zining asosiy maqsadlari va rejalarini bayon qiladi. Shundan so`ng mazkur ma’ruzaga javob tariqasida Murojaat ovozga quyiladi va qabul qilinadi. Shu asnoda asosiy siyosiy Dastur xususida debat - baxs boshlanib ketadi. Parlament seanslariga kelsak, unda hukumatning parlament deputati tomonidan berilgan og`zaki savollarga javob berishi asosiy o‘rin egallaydi. Haftaning birinchi turt kunida bo‘lib o‘tadigan seanslar boshida roppa-rosa 45 dakika vaqt og`zaki savol- javoblarga beriladi va bu qat`iy nazorat qilinadi. "Lordlar palatasi va jamoalar palatasi vakolatlari o‘rtasida munosabatlarni aniqlash uchun hamda parlamenta vakolatlari muddatini cheklash uchun parlament tug`risida"gi 1911 yilgi hujjatda vakolatlar taqsimoti masalasi o‘z aksini topgan. Ya’ni mamlakatda yozma konstitutsiya mavjud emasligi bois, mazkur muammo ushbu qonun bilan tartibga solingan. Hujjatning 1- moddasiga asosan, Jamoalar palatasi qabul qilgan moliyaviy qonun sessiya tugamasdan bir oy oldin Lordlar palatasiga yuboriladi. Keyingi bir oy ichida Lordlar palatasining tuzatishlarisiz qabul qilinmasa ham, qirol ma’qullashi bilan u parlament hujjati bulib qoladi. 1- moddaning 2- bandi esa moliyaviy qonun tushunchasiga aniqlik kiritadi: soliqlar solishni belgilash, bekor qilish; qo‘shimcha, o‘zgartishlar kiritish yoki tartibga solish; jamg‘armalardan mablag` ajratish, o‘zgartirish va bekor qilish: kreditlar ochish va ehtiyot jamg‘armalar hosil qilish kabi soxalardagi qonunlar shu ma’noda ko‘zda tutilgan. Hujjat Lordlar palatasining nomoliyaviy (ommaviy) tarzdagi billarga (qonun loyihalariga) nisbatan vakolatlarini ham jamoalar palatasi foydasiga qiskartiradi. Endilikda, agar ommaviy qonun Jamoalar palatasi tomonidan ketma-ket uchta sessiyada ovozga quyilib, tasdiqlansa va har gal Lordlar palatasiga kami bilan sessiya tugashidan bir oy oldin yuborilgan bulsa va xar gal palata tomonidan rad etilgan bo‘lsa, shundan so‘ng Jamoalar palatasi qarori bilan qirolga taqdim etiladi. Qirollik ma’qullashi bilan, Lordlar palatasining roziligi yuk bulishiga qaramay, u parlament hujjati bo‘lib qoladi. Download 35.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling