Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti


I.BOB. TABIIY RESURSLARGA NISBATAN MULK HUQUQI


Download 123.5 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1478735
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abilov Oʻktam

I.BOB. TABIIY RESURSLARGA NISBATAN MULK HUQUQI.
1.1.Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari
1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasida, er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir leb qayd etilgan. O`zbekistonning asosiy qonuni tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yuli bilan hal etgan.Tabiiy rеsurslar boshqa mol-mulk kabi O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir.
O`zbekiston Respublikasi hududidagi , er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo habzasiga nisbatan mulk huquqi O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi Er kodeksida va tabiiy resurslar to`g`risidagi boshqa qonunlarda belgilangan.
Mulk huquqi tabiiy resurslarni kimga tetishliligini vf mulkdorlarning tabiiy nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulky huquq ob`ektkariga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namayon bo`ladi.
Tabiiy rеsurslarga er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Ekologiya huquqi ob`ekti bo`lib, faqat tabiiy ob`ektlar hisoblanganligi sababli ekologik qonun hujjatlari bilan faqat tabiiy holatdagi ob`ektlarga mulkchilik munosabatlari tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy rеsurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo havzasi bo`shlig`I respublika mulki hisoblanadi.
Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulrchilik masalasi Er kodeksining 16- va 18-moddalarida, er osti boyliklari to`g`risidagi, Suv va suvdan foydalanish to`g`risidagi, “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonunlarning 3- moddasida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi qonunning 19- moddasida mustahkamlangan.
O`zbekistonda faqat ayrim hollarda, ya`ni Er kodeksining 18- voddasida ko`zda tutilgan er uchastkalari jismoniy vf yuridik shaxslarning mulki bo`lishi mumkin.
Tabiiy ob`ektlar bilan mulkning bizni o`rab turgan tabiiy muhitdan ajralmaslik
xususiyatiga mos ravishda tabiiy va ijtimoiy o`rtasidagi farq belgilanadi.
Tabiiy ob`ekt bir vaqtning o`zida ham tabiiy ob`ekt, ham mulk bo`lib qolaveradi vfa uni atrof muhitdan ajratib bo`lmaydi.Ekologik bog`liqlikning bunday yuqotilishi tabiiy zahiralarga nisbatan mulkchilikning to`xtatilishiga va qonuniy asoslar bo`lganda moddiy va ashyoviy boyliklarga nisbatan mulrchilik huquqining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Ammo bunda faqat qonuniy ravishda foydalanish jarayonida tabiiy resurs atrof tabiiy muhitdan chiqarilib olinsa, u foydalanuvchining mulki hisoblanadi. Masalan, “hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi qonunning 16- moddasida foydalanuvchilar tutib olingan hayvonot dunyosi ob`ektlariga nisbatan mulk huquqiga egadirlar. Bunda, usbu qonunning 3-moddasiga asosan davlat mulki bo`lgan ob`ekt foydalanish jarayonida xususiy mulkka aylanadi.
O`zbekiston Respublikasining Er kodeksining 28-moddalarida shunday deyiladi: “O`zbekiston Respublikasida erdan foydalanganlik uchun haq to`lanadi. O`z egaligida vf foydalanishida hamda mulkida er uchastkalari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar er uchun haq to`laydilar. Er uchun haq har yili to`lanadigan er solig`I shaklida olinadi, uning miqdori er uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta`minlanish darajasiga qarab bekgilanadi.
Er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy boyliklartabiatning asosiy ob`ektlari-asosan davlat mulkini tashkil etadi.
Er, er osti boyliklari, suv va havo kengliklariga, nabobat va hayvonot dunyjsiga nisbatan yagona mulkchilik huquqi tabiiy ob`ektlarni davlatdan ajratib bo`lmasligi shart qilib qo`yiladi. Bu ob`ektlarning belgilangan narxi, bahosi yuq, shu sababli mahsulot yoki pul shaklidagi ekvivalenti mavjud emas.Qonunlarda ularni sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214 moddasi tabiiy resurslarni davlat ommaviy mulki deb tan olgan. Shu bilan birga mazkur moddada ular respublika mulki ob`ektlari sifatida ko`zda tutilgan. Shuning uchun ham tabiiy resurslarga mulk huquqining sub`ekti davlatdir.
Er uchastkalariga bo`lgan mulk huquqining sub`ektlari bo`lib, er va boshqa ko`chmas mulkdan maxsus yunalishda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining ob`ektlari tabiiy resurslar hisoblanadi.



Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling