Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti


Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqining mazmuni


Download 123.5 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1478735
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abilov Oʻktam

1.2.Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqining mazmuni.
Mulk huquqi keng ma`nodagi ashyoviy huquq bo`lib, huquq egasi, ya`ni mulkdorlarga “o`ziga tetishli mulklardan foydalanish mazmuni va yunalishini faqat o`zi belgilashi hamda ular ustidan to`liq “xo`jalik hokimiyatini” amalgam oshirish” huquqini beradi. Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlar hamda ekologik huquqiy normalarni o'ziga olgan normativ huquqiy aktlar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari (buyruqlari), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (hukumatining) qaror va farmoyishlariga ham taalluqlilidir. Shunday qilib, ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari ekologik huquqiy normalarni o'z ichiga olgan normativ-huquqiy aktlar (rasmiy hujjat) hisoblanadi. Normativ-huquqiy aktlar tegishli vakolatli organlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardan iborat bo'ladi. Huquqiy (yuridik) kuchiga ko'ra ekologik ekspertizaning barcha huquqiy talablarini qonunlar va qonunga asoslangan aktlarga bo'lish mumkin. Qonunlar qonun chiqaruvchi organ - O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tomonidan qabul qilinadigan normativ aktlar hisoblanadi. Qonunga asoslangan aktlarga shunday aktlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, vazirliklar va idoralar, respublika subyektlarining vakolati hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xarakterdagi hujjatlar kiradi.
Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalangan holda ko`zda tutilgan maqsadga erishiladi:

ma'lumotlar to`plash – ekspertizadan o`tayotgan muayyan ob’yektga tegishli bo`lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig`ish va to`plash;


  • umumlashtirish – ob’yekt haqidagi to`plangan iqtisodiy, texnologik, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma'lumotlarni o`z yo`nalishlari bo`yicha ma'lum tizimga keltirish;



  • tahlil qilish – umumlashgan ma'lumotlar bankini o`z yo`nalishi va xususiyatlari bo`yicha alohida o`rganish, tasniflash;

  • Baholash – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yekt yo`nalishlari, bo`limlari, tashkil etuvchi qismlari bo`yicha xavfli va zararlik darajasini aniqlash;

  • Xulosa berish – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida-talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, ob’yektiv xulosaga kelish.

Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida ko‘p turdagi ekologik ekspertiza shakllaridan foydalaniladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi.

  1. Davlat ekologik ekspertizasi.

  2. Jamoat ekologik ekspertizasi.

  3. Ekologik audit.

  4. Idoraviy ekologik ekspertiza.

  5. Ilmiy ekologik ekspertiza va boshqalar.

Davlat ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit sohasida vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat, notijorat tashkilotlari uyushmalari, fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdori qaroriga asosan o‘tkaziladi. Idoraviy ekologik ekspertiza tegishli idoralarning buyrug‘iga muvofiq o‘tkazilishi mumkin va u tegishli idoraviy struktura ichida amal qiladi. Ilmiy ekologik ekspertiza ilmiy tashkilotlar yoki oliy o‘quv yurtlari tashabbusi bilan o‘tkaziladi va uning xulosasi axbarot harakteriga ega bo‘ladi.
Bulardan tashqari ekologik ekspertizaning yana quyidagi maxsus turlari ham mavjud:
1) ekologik-sanitariya ekspertizasi. Ushbu yo‘nalishda ekologik ekspertizaning alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekti-insonning hayoti va salomatligi bo‘lib, bunda uning atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro aloqalari ekologik ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekologik-sanitariya ekspertizasining asosiy vazifasi antropogen faoliyat ta’sirida atrof muhitning zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan nson solomatligi holati va uning o‘zgarishlari o‘rtasidagi sababli bog‘lanishni aniqlashdan aborat. Davlat sanitariya-ekologiya ekspertizasi sog‘liqni saqlash idoralarining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayinlanadi. Bu ekspertizani o‘tkazishdan maqsad atrof muhitning noqulay ta’siridan fuqarolarning salomatligiga yetkazilgan zararni aniqlash va uning tovonini to‘lash masalalarining hal etishdan iborat bo‘lgan prinsipial muammoning yechimini topishdan iborat;
2) ekologik-normativ ekspertiza. Uning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit sifati, zararli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyasi, chiqindilar, oqavalar me’yori, radiatsiya ta’siri, shovqin, tebranish, magnit maydoni ta’sirining ruhsat etilgan me’yori darajasining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq (mos) kelishini tadqiq etishdan iborat. Bunday ekspertiza jarayonida atrof muhit sifati ko‘rsatkichlarining samaradorligi inson salomatligi, uning genetik fondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tekshiriladi;
3) ekologik-huquqiy ekspertiza. U mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, uning ob’ekti qonunlar, farmonlar, xukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirliklar, idoralar, respublika sub’ektlarining berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan normativ aktlari va buyruqlarini ekologik ekspertizadan o‘tkazish hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi — moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan ekologik ekspertiza turi boʻlib, prognoz qilinayotgan xoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish haqida qaror qabul qilishgacha boʻlgan bosqichda ushbu faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini, atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moʻljallanayotgan va amalga oshirilayotgan xoʻjalik hamda boshqa faoliyatning ekologik xavflilik darajasini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Davlat ekologik ekspertizasining maqsadi - xo`jalik korxonasining tevarak-atrof qolatiga nisbatan ekologik xavfini aniqlash, ushbu xavf darajasining me`yoriy ko`rsatgichlarga nisbatan qanchalik kattaligini baqolashdir. Davlat ekologik ekspertizadan o`tkazilishi shart bo`lgan loyixada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi chora-tadbirlar ilmiy jihatdan asoslangan bo`lishi zarur.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanib, davlat ekologik ekspertizasi qo‘mita tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu xizmat hozirgi globallashuv davrida dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo‘li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir. U xo‘jalik qarori qabul qilinishidan oldin o‘tkazilishi shart bo‘lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiri bo‘lib, uning asosiy maqsadi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish sohasida ogohlantiruvchi nazoratni amalga oishirishdan iboratdir. Davlat ekologik ekspertizasi mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik jihatdan xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish qonunlarining talablariga muvofiqligini baholash, loyihalarida nazarda tutilayotgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining yetarli yoki asosli ekanligini aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatning davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatini ro‘yobga chiqarishga, ob’ektlarni hududiy joylashtirishga ruhsat va rozilik berishi hisoblanadi.
Mulrdorning qonuniy huquqlarini uchlik sifatida, ya`ni egalik qilish foydalanish hamda idora qilishga ajratish an`anaviy hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164- moddasiga asosan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmunini mulkdorlarning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari tashkil etadi.
Tabiiy resurslar davlat mulki bo`lganligi uchun mulkdorning huquqlarini amalga ohsirish ma`lum bir xususiyatlarga ega. 1.Tabiiy resurslarga mulk huquqini mazmuni ham, fuqarolik huquqiy normalar ham ekologiyak huquqiy normalar bilan belgilanadi. 2.Barcha tabiiy resurslar, xucuciy mulk qilib ajratilgan er uchastkalarini istisno qilgan holda, yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida bo`lishidan qat`iy nazar davlat mulki fisoblanadi,ya`ni davlatning egaligi saqlanib qoladi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqaroliq kodeksining 167-moddasiga ko`ra, 
O`zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllaridadir. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasi tabiiy resurslarni davlat-ommaviy mulki deb tan olgan. Shu bilan birga mazkur moddada ular respublika mulki obyektlari sifatida ko`zda tutilgan. Yuqorida qayd etilganidek tabiiy resurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham tabiiy resurslarga mulk huquqining subyekti davlatdir. Fuqarolik kodeksining 214moddasi ikkinchi qismiga asosan respublika mulki bo`lgan molmulkni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan 
organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, tasarruf
qiladilar. Tabiiy resurslarni davlat nomidan tasarruf etishni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, hamda maxsus vakolatli davlat organlari amalga oshiradilar. Mazkur organlarning tabiiy 
resurslarni tasarruf etish bo`yicha vakolatlari Yer kodeksi va boshqa tabiiy 
resurslar to`g`risidagi qonunlarda va ular to`g`risidagi qonun hujjatlarida, masalan,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish 
bo`yicha vakolatlari "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to`g`risida"gi qonunda, 
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasini o`simlik va 
hayvonot dunyosini tasarruf etish yuzasidan vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 26 aprelda tasdiqlangan ushbu qo`mita to`g`risidagi Nizomda belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 18-moddasida yer uchastkasiga nisbatan xususiy mulk huquqi asosida berish 
hollari belgilangan. Shuni aytib o`tish lozimki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq faqat mazkur normada qayd etilgan hollardagina tabiiy resursga, aynan yer uchastkasiga nisbatan yuridik va jismoniy shaxslarning mulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Boshqa tabiiy resurslar faqat davlatning mulkidir. 
O`zbekistonda Yer uchastkasiga nisbatan xususiy mulk huquqi quyidagi 
xususiyatlarga ega: birinchiyadan, "sof ko`rinishdagi" yer uchastkasiga mulk 
huquqi tan olinmagan. Yer uchastkasiga bo`lgan mulk huquqi shu yerda 
joylashgan bino va inshootlar bilan bog`liq, masalan, savdo va xizmat ko`rsatish obyektlari bilan. Ikkinchidan, mulk egasi yer uchastkasiga nisbatan cheklanmagan huquqlarga ega emas, mulkdorning huquq doirasi yerda joylashgan obyektning maxsus yo`nalishda foydalanish bilan belgilanadi. Uchinchidan, ushbu 
mulk boshqa shaxsga o`tganda ham uning yangi egasi yerni va shu joyda joylashgan obyektning maxsus yo`nalishda foydalanishini ta'minlashi shart. 
Shundan kelib chiqqan holda, yer uchastkalariga bo`lgan mulk huquqining 
subyektlari bo`lib, yer va boshqa ko`chmas mulkdan maxsus yo`nalishda 
foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. 
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining obyektlari tabiiy resurslar 
hisoblanadi. 
O`zbekistondagi yerlar yer fondini tashkil etadi. Yer kodeksining 8-
moddasiga muvofiq barcha yerlar foydalanish maqsadlariga qarab sakkizta toifaga 
bo`linadi. Xususiy mulk huquqining obyekti bo`lib yer uchastkasi hisoblanadi. Yer kodeksining 10moddasiga binoan yer uchastkasi qayd etilgan chegaraga,
maydonga, joylashgan manziliga, huquqiy rejimiga hamda yer uchastkasiga 
bo`lgan huquqlarning davlat yer kadastr hujjatlarida aks ettirilgan boshqa 
xususiyatlarga ega bo`lgan yer fondining qismidir. 
"Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasining 
Qonunini 3 va 4moddalariga muvofiq suvga nisbatan mulk huquqning
obyekti bo`lib daryolar, ko`llar, suv omborlari, kanallar va boshqa suv obyektlaridagi suvlar hamda yer osti suvlari va muzliklar hisoblanadi. Yer osti boyliklariga nisbatan mulk huquqining obyekti bo`lib "Yer osti boyliklar to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasining Qonunini 3-moddasiga asosan yer osti va yerning yuzasida joylashgan minerallar, rudalar, suyuqlik va gazsimon foydali moddalar hisoblanadi. O`rmonga nisbatan mulk huquqining obyekti bo`lib , "O`rmon to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasining 4-6 moddalariga muvofiq o`rmonlar, ya'ni ma'lum bir hududdagi o`simlik dunyosi obyektlarining yig`indisi hisoblanadi. 
O`simlik dunyosiga nisbatan mulk huquqning obyekti bo`lib, "O`simlik 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonunning 1,3-moddalariga muvofiq tabiiy sharoitda o`sadigan o`simliklar hisoblanadi. 
Hayvonot dunyosiga nisbatan mulk huquqining obyekti bo`lib "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonunning 
1,3 va 4moddalariga muvofiq tabiiy erkinlik holatida yashaydigan yovvoyi 
hayvonlar hisoblanadi.
Tabiiy resurslarni tugaydigan va tugamaydigan, qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan turlarga bo`lish mumkin. Birinchisiga neft, ikkinchisiga
torf qatlami va boshqa cho`kindilar kiradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish uchun ulardan oqilona foydalanish, qazib olishda, ta'minlashda, qayta ishlashda va ishlatishda nobudgarchilikka qarshi kurashish lozim. Qayta tiklanish jarayonida turli resurslar uchun har xil muddat kerak. Masalan: kesilgan o`rmonlarni tiklash uchun 60-70 yil zarur. Shuning uchun tabiiy 
resurslarni sarf qilish surati ularni qayta tiklash suratiga muvofiq kelishi kerak. 
Qayta tiklanadigan tabiy resurslarning insonni noma'qul xatti-harakati tufayli 
qayta tiklanmaydigan bo`lib qolishi mumkin. Masalan, o`simlik va hayvonlarning 
bir qancha turlarini yo`q bo`lib ketishi. 

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling