Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti


POLUSHNIKNAMOLAR-ISOETALES QABILASI


Download 1.62 Mb.
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1635949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aybek Abdiganiyev (1)

2.5. POLUSHNIKNAMOLAR-ISOETALES QABILASI.

Bu qabilaga bitta polushnikdoshlar (Isoetaceae) oilasi va bitta turkum (Isoetes) mansub bo'lib, ular 70 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Ularga ko'p yillik o‘t o'simliklar kiradi. Qabila turlari Markaziy Yevropada va Amerikada tarqalgan.

Polushniklarning poyasi piyozsimon, balandligi 8-25 sm. Pastki qismida ildizlari

yuqori qismida esa barglari joylashgan. Eng tashqi barglarida megosporofill, undan so'ng mikrosporofill o'rnashgan. Poyaning eng uchida vegetativ barglar joylashgan. Sporafilli barglari qishda quriydi, vegetativ barglari esa saqlanib keladi. Ular yezda yana sporofillarga aylanib, poyaning uchki qismida yana yangi vetativ barglar taraqqiy etadi. Sporofillda qisqa bandchalar yordamida mikro va makro sperangiyalar joylashgan. Bularda ham mikrosporadan erkaklik gametofit,
makrosporadan urg'ochi gametofit taraqqiy etadi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak taraqqiy etadi. U tuproqqa yopishib ildiz otib yangi o'simlikka aylanadi.

Polushniklarning poyasi kambiy qavati xisobiga yoniga yo‘g'onlashadi. Kambiydan tashqarida po‘stloq parenximasi, ichkari tomonga esa floema va ksilema elementlari taraqqiy etadi. Marshansiya kabilar - Marchantidae sinfcha (ajdodcha)si

Bu sinfchaga yer bagʻirlab o'sib, dixotomik ravishda shoxlana- digan va dorzovental tuzilishga ega boʻlgan, ya'ni ustki tomoni pastki tomonidan farq qiladigan yo'sinlar kiradi. Tallomlarining yuqori tomonida bir qancha havo kameralari bor, pastki tomoni esa
154

qorin tangachalari (amfigastriyalar) va ikki xil: oddiy hamda tilsi- mon rizoidlar bilan qoplangan boʻladi. Anteridiy bilan arxegoniylar bir-biridan alohida bo'lib, to'g'ridan-to'g'n tallom ustida yoki alohida bandlar (tagliklar)da turadi. Floramizda ko'p uchraydigan oddiy marshansiya (Marchantia polymorpha) asosan zax va soya yerlarda oʻsadi. Marshansiya yer bag'irlab o'sadigan oddiy, tilsimon va lentasimon tallomlar hosil qiladi. Tallomlar dixotomik ravishda shoxlanadi, to'q yashil rangli shoxlarining uchidagi kichkina chu- qurchalarida tallomning o'sish nuqtasi bo'ladi. Tallom shu yerdan o'sadi va shu yerdan shoxlanadi. Tallomning pastki tomonidan ingichka rizoidlar chiqadi va ustki tomonida yaxshi taraqqiy etmagan barglari -amfigastriyalar joylashadi. Rizoidlar bir hujayrali, rangsiz iplardan iborat boʻlib, yerga chuqur kiradi. Rizoidlar marshansiya tallomini tuproqda ushlab turadi, shuningdek, unga suv va suvda erigan tuzlarni yetkazib beradi. Tallomning ichki tuzilishi ancha murakkab, yuqori tomondan ustki epidermis bilan qoplangan, epidermis tagida bir qavat havo kameralari bor. Otalik jinsiy organlari -anteridiylar tallomning otalik tirgovuchlarida (tirgak) hosil boʻladi. Marshansiya vegetativ, jinsiy va jinssiz yo'llar bilan ko'payadi. Anteridiy bir qavat po'st bilan o'ralgan boʻlib, ichi mayda-mayda spermogen hujayralari bilan to'lgan, har bir
spermogen hujayradan ikkita xivchinli ikkita spermatazoid yuzaga keladi. Spermatazoidlar xivchinlar yordamida suvda harakat qiladi. Onalik jinsiy organlari - arxegoniylar alohida tallomlardagi onalik tirgovichlari (tirgak)da joylashgan. Marshansiya ikki uyli oʻsimlik. Bir tomonda anteriydiy, ikkinchi tallomda arxegoniy yetiladi. Arxegoniy pishib yetilgandan so'ng, yomg'ir yoqqanda yoki shudring tushganda ochiladi. Anteridiy ham shu paytda ochiladi. Ular ichidan yorilib spermatazoidlar suv tomchilari bilan arxegoniylarga o'tadi. Spermatazoidlarning biri tuxum hujayrasi bilan qo'shiladi va shu tariqa uni otalantiradi. Otalangan tuxum hujayrasi po'st bilan o'ralib, shu ondayoq bo'lina boshlaydi jinssiz nasl-sporangiy yoki marshansiyaning sporafitiga aylag
Sporangiy pishganda qalpoqcha yirtiladi. Sporangiy koʻsak va qisqa banddan iborat bo'ladi. Ko'sakda sporalar prujinachalar yoki elateralar hosil bo'ladi. Koʻsak tepasidan yorilib, ichidagi spora va prujinachalar sochiladi. Ayni vaqtda sporalarning

Xulosa

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Yo‘sintoifa o‘simliklar yuksak o‘simliklar orasida turlarga boyligi jihatidan Yopiq urug‘li o‘simliklardan keyin ikkinchi o‘rinda tursa ham lekin ko‘pchilik turlari odamlar hayotida unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmagan, Yuksak sporali o‘simliklardan gametofit nasli ustun bo‘lgan yagona bo‘limdir. Ular hayot shakli ko‘pincha ko‘p yillik va bir yillik o‘simliklardir. Ular zax va nam yerlarda ko‘p uchraydigan o‘simliklardir.
Yo‘sintoifa o‘simliklarni klassifikatsiyasi bilan tanishish chog‘imda ular 3ta ajdodga bo‘linishi eng ko‘p turga ega ajdodi bu poyabargli yo‘sinlar va ular butun dunyo bo‘ylab keng tarqalganligini o‘rganib oldik. Ularning mamlakatimiz uchraydigan eng ko‘p vakillaridan biri funaria turkumi vakillari bo‘lib ular ariq bo‘ylarida va soya yerlarda asosan nam joylarda o‘sadi.
Yo‘sintoifa o‘simliklar asosan Sharqiy va Shimoliy yarimsharlarda hamda Janubiy yarimsharlarning nam mintaqalarida ham tarqalganligini ham o‘rganib oldik. Bizning mamlakatimizda ham bu bo‘lim vakillari uchraydi.
Kelib chiqishi ancha uzoq davrga borib taqalishi va suvo‘tlardan kelib chiqishi haqida ham o‘rganib oldik. Ular foydali jihatidan unchalik kata ahamiyatga ega bo‘lmasa ham lekin bug‘ular uchun ozuqa bo‘ladigan turlari ham mavjud hamda fotosintez natijasida kislorod ishlab chiqarib atmosferani ham tozalashda alohida ahmiyatga ega.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling