Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#248127
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya

to’rtinchidan,  xorijiy  sarmoyalarni  respublika iqtisodiyotiga  keng  ko’lamda 

jalb  etish  uchun  zarur  huquqiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  boshqa  sharoitlarni 

yaratish; 

beshinchidan,  xalqaro  moliyaviy  munosabatlarning  tarkibiy  majmuini 

vujudga keltirish; 



oltinchidan,  xalqaro  huquq  va  xalqaro  moliyaviy  munosabatlar  sohasida 

malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish. 

Integratsiya  munosabatlari,  manfaatlar  birikuvining  xilma-xil  mexanizmlari 

va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanadi. O’zbekiston bir 

vaqtning  o’zida  turli  darajalarda  -  dunyo  miqyosida  va  mintaqa  ko’lamida 

integratsiya  jarayonlariga  qatnashsada,  ammo  bir  muhim  qoidaga  amal  qiladi, 

ya'ni:  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  boshqa  bir  davlat  bilan  uzoqlashish  hisobiga 

bo’lmasligi lozim. 




O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega 

bo’lgan, demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos ravishda 

jahon hamjamiyatiga kirishishi mumkinligiga asoslanadi. 

Mamlakat  jahon  hamjamiyati  bilan  hamkorlik  o’rnatgan  taqdirdagina,  ya'ni 

xalqaro mehnat taqsimotida o’zining munosib o’rnini topganda, mintaqa va butun 

dunyo xavfsizlik tizimlarini barpo etishda faol ishtirok etgandagina uni iqtisodiy 

jihatdan  rivojlantirishning  yangi  sifat  bosqichga  olib  chiqish  imkoniyatlari 

kengayadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  rivojlanish  va  taraqqiyot  yo’liga  qadam  qo’yib, 

iqtisodiy  hamkorlik  sohasidagi  ko’pgina  nufuzli  xalqaro  tashkilotlarning  teng 

huquqli  a'zolari  saflga  kirib  kelmoqda.  Qisqa  vaqt  oralig’ida  respublika  XVF, 

Jahon  banki,  XMT,  Jahon  sog’liqni  saqlash  tashkiloti  (JSST),  Osiyo  va  Tinch 

okeani  ijtimoiy-iqtisodiy  komissiyasi  (OTIIK),  ETTB,  Xalqaro  Moliya 

korporatsiyasi (XMK), Hamdo’stlikning mintaqaviy iqtisodiy tashkiloti (XMIT) va 

shu kabi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi. 

Jahon  hamjamiyatidagi  integratsiyalashuv  haqida  so’z  borganda,  BMT 

faoliyatida  O’zbekistonning  ishtiroki  e'tiborga  loyiq  hodisa.  Faqat  BMTgina 

xavfsizlikni  saqlash  va  ta'minlashga  qaratilgan  diplomatiyadan  to  tinchlik 

o’rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo’lgan vositalarga ega. 

Jahon 


hamjamiyatiga 

integratsiyalashuvning 

strategik 

maqsadi 


davlatlarning  turli  mintaqaviy  birlashmalari  bilan    aloqalarni    rivojlantirishdan  

iborat.   O’zbekiston  mintaqaviy  xalqaro  tashkilotlar:  EI,  Yevropada  Xavfsizlik 

va  Hamkorlik  tashkiloti  (EHHT),  Shimoliy  Atlantika  bloki  (NATO), 

Qo’shilmaslik Harakati va boshqalar bilan samarali hamkorlik qilmoqda. 

1996 yilning iyul oyida Florentsiyada O’zbekiston bilan EI Kengashi o’rtasida 

sherikchilik  va  hamkorlik  to’g’risida  bitim  imzolandi.  Imzolangan  ushbu  bitim 

O’zbekistonning  xavfsizligi  va  taraqqiyotini  ta'minlashga  qaratilgan  yana  bir 

muhim hissa bo’lib, bu sherikchilik iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalarni va siyosiy 

sohalarni qamrab oladi. 

Jahon banki bilan birgalikda O’zbekistonda  milliy valyutani mustahkamlash, 



tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  kengaytirish  va  to’lov  balansini  qo’llab-quvvatlash, 

iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish  va korxonalar darajasidagi islohotlarni amalga 

oshirish  uchun  tiklanish  qarzi  berish  to’g’risidagi  masalalar  ko’rib  chiqildi  va 

amalga oshirilmoqda. 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  majmuasining  milliy  iqtisodiyotga  ta'sir 

ko’rsatishi muayyan miqdor va sifat ko’rsatkichlarida baholanadi. 

Eng  avvalo,  respublikaning  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlardagi  ishtiroki  va 

ularga jalb etilishining qanday ekanligini bilish muhimdir. Bu eksportning YAIMga 

nisbati  bilan  belgilanadi  hamda  u  mamlakatning  eksport  kvotasi  deb  ataladi.  U 

qancha  yuqori  bo’lsa,  mamlakat  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarga  shu  qadar 

yuqori  darajada  jalb  etilgan  bo’ladi.  Masalan,  AQSHning  eksport  kvotasi  10-15 

foizga,  Germaniya,  Frantsiya,  Italiya,  Angliyada  25-30  foiz,  Yaponiyada  18  foiz 

atrofida.  O’zbekistonda  eksportning  YAIMdagi  ulushi  10-12  foizni  tashkil 

etmoqda. 

Biroq, ushbu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini 

ko’rsatmaydi.  Shu  sababli,  mamlakatning  xalqaro  munosabatlardagi  ishtirokini 

aks  ettiruvchi  yana  bir  ko’rsatkich  -  eksportning  mamlakat  sanoat  ishlab 

chiqarishiga  nisbatidan  foydalaniladi.  Rivojlangan  mamlakatlar  uchun  mazkur 

ko’rsatkich  taxminan  40-50  foizga  teng.  Bu  esa,  ishlab  chiqarilgan  sanoat 

mahsulotlarining  yarmi  tashqi  bozorga  olib  chiqib  ketilishini  anglatadi. 

Mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  munosabatlarga  jalb  etilganligining  yana  bir 

ko’rsatkichi  -  eksportning  elastikligi  (eksport  va  YAMM  o’sish  sur’atlarining 

nisbati)  bilan  ham  belgilanadi.  EIastiklikning  birlikdan  yuqori  bo’lishi 

mamlakatning  xalqaro  iqtisodiy  operatsiyalarda  shuncha  ko’p  ishtirok  etishini 

anglatadi.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalardan  keladigan  samara  juda  ko’p  miqdordagi 

eksport, import, kredit va boshqa operatsiyalar, shuningdek, texnikaviy va boshqa 

xizmatlar  ko’rsatish  bo’yicha  barcha  ishtirokchilarning  bu  sohadagi  faoliyati 

natijalaridan tarkib topadi. 

Hozirgi  bosqichda  har  qanday  davlatning  tez  sur’atlarda  rivojlanishini 

xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etmay  turib  ta'minlab  bo’lmaydi.  Tashqi  iqtisodiy 




munosabatlar  ham  yangi  sifatlarga  ega  bo’lib  bormoqda:  ikki  mamlakatning 

xo’jalik vakillari o’rtasida savdo va xizmat ko’rsatishdan tashqari, alohida ishlab 

chiqarish, moliya va savdo-moliya aloqalari ham rivojlanmoqda. Bevosita chet el 

investitsiyalarining o’sib borishi, shuningdek, sotsialistik tizimning parchalanishi 

va bir qancha yangi mamlaqatlaming jahon bozorlariga qo’shilishi, sarmoya jalb 

qiluvchi  mamlakatlar  uchun  yangi  muhim  jarayonlarni  keltirib  chiqaradi.  Bu 

jarayonlarga quyidagilar kiradi: 

Transmilliy korporatsiyalar (TMK) o’rtasida raqobat kurashi. Tashqi iqtisodiy 

aloqalarning 

tobora 


baynalmilallashuvi 

va 


erkinlashuvi 

milliy 


kompaniyalarning  "bandargoxida"  xavfsizlikda  yashashga  tobora  kamroq 

imkoniyatlar  qoldirmoqda.  Milliy  kompaniyalarni  iste'molchi  va  mahsulot  sotish 

bozorlari  uchun  TMK  bilan  raqobat  qilishga  majbur  etmoqda.  Natijada,  TMKlar 

yanada  "sezilarli"  darajada  mahsulotni  arzonlashtirmoqda  va  uning  sifatini 

yaxshilash  sari  bormoqda.  Mazkur  tamoyil  rivojlanayotgan  va  o’tish  davri 

iqtisodiyotiga ega mamlaqatlaming (tegishli sharoitlar mavjud bo’lganda) yuqorida 

tilga  olingan  jarayonga  o’zining  ilmiy  va  intellektual  quvvatini  jalb  etish 

imkoniyatlarini oshiradi. 

Mamlakatlar  o’rtasida  investitsiyalar  uchun  raqobat  kurashi.  TMKlar 

tomonidan ajratilgan investitsiyalar hajmi o’sish sur’atlarining asosiy sabablaridan 

biri  -  ulaming  o’zi  bilan  mablag’,  menejment,  nau-xau  kabi  yaqqol  ajralib 

turadigan  va  sezilmaydigan  juda  ko’p  aktivlar,  shuningdek,  jahon  bozorlarida 

ishlash tajribalarini va ko’nikmalami olib kirishi bilan izohlanadi. Natijada, keyingi 

yillarda  nafaqat  rivojlanayotgan  mamlaqatlaming,  balki  rivojlangan  mamlakat 

hukumatlarining  ham  investorlar  uchun  qulay  muhitni  shakllantirishga  intilishi 

ortmoqda. Ushbu, birinchi navbatda, huquqiy sohaga tegishli bo’lib, birgina 1991 

yildan  1994  yilgacha  bo’lgan  vaqt  oralig’ida,  dunyoda  chet  el  investitsiyalari 

bo’yicha  mavjud  qonun hujjatlariga  373 ta  o’zgartirishlar kiritilgan.  Ulardan  368 

tasi  qonunchilikni  erkinlashtirishga  bag’ishlangan.  O’tgan  asming  90-yillari 

o’rtalarida  investitsiyalami  o’zaro  himoya  qilish  bo’yicha  900  dan  ortiq  ikki 

tomonlama bitimlar tuzilgan. 



Xorijiy sarmoyadorlar, potentsial investorlar birinchi navbatda foyda olishdan 

manfaatdor,  ammo  investitsiyalar  bilan  bog’liq  risklar  ulami  jiddiy  havotirga 

soladi.  Investorlarni  o’ziga  tortadigan  asosiy  omillar:  rivojlangan  infratuzilma, 

ishonchli  va  malakali  mehnat  resurslari,  daromad  va  kapitalni  chet  elga 

o’tkazish,  huquqiy  kafolatlar,  shuningdek,  ijtimoiy  va  siyosiy  barqarorlik 

kabilardan iborat. 

Bugungi  kunda  bevosita  investitsiya  oqimi  foyda  olishning  yangi 

imkoniyatlariga chaqqon yuz tutadi va shuning uchun ham, u ishlab chiqarish, ish 

haki potentsial mehnat unumdorligiga nisbatan past bo’lgan joylarga ko’chmoqda. 

Mamlakatga  chet  el  mablag’larini  TMKlar  quchok  ochib  foydalanishga  tayyor 

turgan  ichki  bozordagi  homiylik  hisobiga  emas,  balki  oqilona    iqtisodiy 

tamoyillar asosida jalb etish muhimdir. 

 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling