kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar
va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan
daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend to’laydilar hamda turli maqsadlar uchun
zahira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro
Investtsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Hamkorlik Xalqaro bankini (DTXB), ETTB,
XVFni kiritish mumkin.
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan
daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini
ko’rish mumkin.
Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro
ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va
byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi.
EIida ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, EIning
byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: