XVF: maqsadi, tashkil etilishi va faoliyat yo’nalishi. XVF - bu BMTning
maxsus tashkiloti. U 1977 yilda Bretton-Vudsdagi valyuta-moliya masalalari
bo’yicha bo’lib o’tgan BMT konferentsiyasida tashkil topgan va 1945 yilning 27
dekabrida ushbu kelishuv kuchga kirgan. Amalda u o’z faoliyatini 1946 yildan
boshladi. Brettonvud kelishuviga muvofiq, XVFning vazifasi unga a'zo bo’lgan
mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini
tartibga solish hamda a'zo-mamlakatlarning valyuta paritetilarining barqarorligini
ta'minlashdan iborat edi.
Ushbu kelishuvga ko’ra, a'zo-mamlakatlar o’z valyutalarini belgilangan
kurslar asosida xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha almashinuvlarini
ta'minlashlari shart edi. Shuningdek, mazkur mamlakatlar valyuta operatsiyalarini
chegaralash bo’yicha mavjud to’siqlami bekor qilishlari kerak edi (amalda 181
mamlakatdan atigi 60 mamlakat ushbu talabni bajargan).
XVFning nizom fondi a'zo mamlakatlarga o’rnatiladigan kvotalar asosida
to’lanadigan badallardan tashkil etiladi.
Kvotalar har bir a'zo-mamlakatning: moliyaviy badal hajmini aniqlash;
proportsional ravishda XVF kreditlari hajmini aniqlash; ovozlar sonini aniqlash
uchun xizmat qiladi.
Kvotalar hajmi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon
iqtisodiyoti hamda xalqaro savdodagi roliga bog’liq bo’ladi.
Kvota YAIM, import va eksport hajmi, oltin-valyuta zahiralari hajmi
ko’rsatkichlari asosida hisoblanadi.
Kvotalar hajmi har besh yilda qayta ko’rib chiqiladi.
Kvotalar hajmidan kelib chiqqan holda, XVF boshqaruv organlarida ovozlar
mamlakatlar o’rtasida taqsimlanadi. Har bir mamlakat 250 ta ovozga ega va har
bir qo’shimcha 100000 SDR uchun 1 ta ovoz qo’shib beriladi. Hozirda boshqaruv
organida ovozlarning eng ko’pi AQSHga tegishli -17,7 foiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |