Bo`nak - shartnoma bajarilishidan voz kechish mumkin bo’lgan bitimga
nisbatan rag’batlantiradi. Voz kechish mumkin bo’lgan bitimda esa, zarar kurgan
tomonning xarajatlarini to’lash majburiyatlaridan ikkinchi tomon ozod bo’ladi.
Ba'zan xarid - sotib oluvchining avansi to’lovni kechiktirishga o’zaro moslashadi,
buning ustiga teng ulushlar bilan ma'lum intervallarga bo’linadi (oy, kvartal, 1 yil).
Tijorat krediti sotuvchi va sotib oluvchi o’rtasidagi munosabatni namoyon
kilsada, u odatda, bank krediti bilan kushilib, moslashadi. Mashina va asbob-
uskunalarni sotishda tijorat krediti uzoq muddatga beriladi (7 yilga), bu esa, o’z
navbatida, eksport qiluvchining anchagina mablag’ini jalb qilib oladi. Shu
sababdan, eksport qiluvchi qonundagidek, bank kreditiga murojaat qiladi yoki
o’z kreditini banklarda qayta moliyalashtiradi.
Tijorat krediti hajm va moliyalashtirish shartlari bo’yicha mashina va asbob-
uskunalar eksportini kreditlash muammosini to’liq echa olmaganligi sababli,
bank kreditlarining roli oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |