Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/41
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#248127
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya

Xalqaro bank krediti asosan, valyuta (pul) ko’rinishida bo’ladi. 

Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar ko’rinishiga ega. 


Ana  shu  2  ta  asosiy  kredit  shaklidan  kelib  chiqadigan  bir  qancha  kreditlar 

mavjud: 


1. Firmaning (tijorat) krediti - odatda eksport qiluvchi mamlakatning bir 

firmasi 


boshqa  mamlakatning    import  qiluvchiga  to’lovni  kechiktirish    shaklidagi  

ssuda berishiga  tushuniladi. Tashqi savdoda tijorat krediti tovarli operatsiyalarga 

bog’liq hisob-kitoblarda keng qo’llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda 

2-7  yil)  turlicha  bo’ladi  va  jahon  bozori  kon'yunkturasi  shartlariga,  tovarlar 

turlariga  va  boshqa  bir  qator  omillarga  bog’liqdir.  Mashina  va  asbob-uskunalar 

(texnologiya,  jixozlar)-ning  eksporti  kengayishi  xalqaro  kredit  muddati 

uzayishiga  olib  keladi.  Tijorat  krediti  odatda,  veksel  yoki  ochiq 

hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kreditlar orqali rasmiylashtiriladi. 

2. Vekselli  kreditda  eksport  qiluvchi  tovarni  sotish  haqida  bitim  tuzib, 

o’tkazma  veksel  (sarf-xarajatlar)ni      import      qiluvchiga    junatadi,      import   

qiluvchi   tijorat   hujjatlarini   olib aktseptlaydi, ya'ni unda ko’rsatilgan muddatda 

to’lovni amalga oshirishga rozilik beradi. 

3. Ochiq  hisobvaraqlar  bo’yicha  beriladigan  kredit.  Bu  kredit  eksport 

qiluvchi  va  import  qiluvchi  o’rtasidagi  kelishuvga  asoslanadi.  Eksport  qiluvchi 

junatilgan  har  bir  tovarlar  qiymatini  import  qiluvchining  hisobiga  qarz  sifatida 

qayd  qilib  boradi.  Import  qiluvchi  shartnomada  ko’rsatilgan  vaqtda  kredit 

summasini  tulab  boradi.  Ochiq  hisobvaraqlar  bo’yicha  beriladigan  kreditlar 

faqatgina  doimiy  aloqada  bo’lgan  firmalar  o’rtasidagina  amalga  oshirilishi 

mumkin. 

Tijorat  kreditining  yana  bir  turiga  import  qiluvchining  avans  to’lovi  (sotib 

oluvchining  avansi)ni  kiritish  mumkin.  Bunda  shartnoma  tuzilayotgan  paytda 

import qiluvchi  tomonidan  chet  ellik  mol  yetkazib  beruvchiga  odatda  mashina, 

asbob-uskunalar (texnologiya)ning qiymatidan 10-15 foizi oldindan to’lanadi. 

Xarid  bunaki  eksportni  kreditlashning  bir  shakli  bo’lib  hisoblanadi  va  shu 

vaqtning o’zidan boshlab import qiluvchining majburiyatini ta'minlovchi vositaga 

aylanadi.  Chunki,  import  qiluvchi  o’zi  buyurtma  bergan  tovarni  sotib  olishga 




majbur  bo’ladi.  Rivojlangan  mamlaqatlaming  import  bilan  shug’ullanuvchi 

firmalari  rivojlanayotgan  mamlakatlardan  farqli  o’laroq,  xarid  bunagidan  shu 

davlatlarning  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  olib  chiqib  ketishda 

foydalanmoqdalar. 

Bo`nak to’lagan tomonning aybi bilan, shartnoma bajarilmay kolsa, sarf-

xarajatlar  undirilgan  holda  mablag’  qaytariladi.  Agar  shartnoma  bunak  olgan 

tomonning  aybi  bilan  bajarilmay  kolsa,  u  sotib  oluvchiga  barcha  xarajatlarni 

to’lagan holda mablag’ni qaytarishi shart. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling