Xalqaro kreditning asosiy shakllari
Xalqaro kredit shakllarini bir necha turlarga bo’lib guruhlash mumkin.
Manbalari bo’yicha tashqi savdoni ichki, tashqi (chet) va aralash
kreditlash va moliyalashtirish bo’yicha farqlanadi.
Vazifalar qarz mablag’lari hisobidan qanday tashqi iqtisodiy bitimlar
ta'minlanishi bo’yicha farqlanadi:
• tijorat krediti (asosan, tashqi savdo va xizmatlar bilan bog’liq kreditlar);
• moliyaviy kredit (yuqoridagilardan boshqa maqsadlarga
ishlatiladigan,
shu
jumladan, kapital qo’yilmalar, investitsion ob'ektlar ko`rish, qimmatbaho
qog’ozlar
sotib olish, tashqi qarzlarni o’zish, valyutaviy interventsiyaga bog’liq kreditlar);
• «oralik» krediti (kapitalni olib kelishni aralash shakliga xizmat qilishda
belgilangan
tovar va xizmatlar, masalan, pudrat ishlarini bajarish ko’rinishida).
Xalqaro kreditlarni ko’rinishi bo’yicha 2 ta asosiy shaklga bo’lib ko’rsatish
mumkin:
1. Xalqaro bank krediti;
2. Xalqaro tijorat krediti.
Do'stlaringiz bilan baham: |